Ochiq sinishlar.
Ochiq sinishlarda yumshoq to’qimalarda jarohat bo’lishi operativ aralashuvga ko’rsatma bo’la oladi va bunda xirurgik qayta ishlanadi va suyak bo’laklari mustahkam fiksatsiya qilinadi.
Ochiq sinishlar og’irlik darajasiga ko’ra 4-turga bo’linadi:
-
Ko’p bo’lmagan yumshoq to’qima jarohatlari
-
Ko’p bo’lgan yumshoq to’qima jarohatlari xirurgik qayta ishlash va teri qoplamini tikishni talab qiladi
-
Yumshoq to’qimani ezilib va boshqa turdagi jaroxatlari, xirurgik aralashuvdan keyingi teri qoplami defektlari.
-
A’zolarni massiv jaroxatlanishi va birlamchi amputatsiyaga ko’rsatma.
Ochiq sinishlarni davolash kechiktirilmasligi kerak. Jaroxatni birinchi soatlaridayoq operatsiya qilish lozim shu holdagina infeksiya rivojlanishini oldini olish va to’g’ri fiksatsiya qo’yish mumkin. Infeksiya rivojlansa drenaj qo’yish bilan chegaralanadi. Ochiq sinishlarda qoqsholga qarshi emlanadi.
Xirurgik qayta ishlashda jaroxatni bacterial kultutrasi aniqlanadi, jaroxat infeksiyasi profilaktikasi uchun sinish zonasiga antibiotic yuboriladi.
Xirurgik qayta ishlashdan so’ng jaroxatni tiklanishi turlicha borishi mumkin, birlamchi tiklanishda davolanish muddati qisqa boladi, jaroxatlangan organ tiklanishi tezroq boladi. Ikkilamchida tiklanish uzoqroq vaqt talab qiladi.
Shuning uchun ochiq sinishlarda birlamchi va ikkilamchidan tashqari yana uchinchi ko’rinish tiklanishi ham bor-granulyatsiya osti.
Dostları ilə paylaş: |