Davolashning operativ usuli
Yangi sinishlarda operativ aralashuv anchadan beri qilinib keladi, va xozirga kelib xirurgik praktikaga antibiotiklar va sinishlarni operativ fiksatsiyasi texnik uskunalarni kirib kelishi bilan yanada takomillashdi. Maxsus quymalardan qilingan to’qimalarga nisbatan neytral bo’lgan fiksatorlar kata axamiyatga ega.
Operativ da’vo jarroxdan osteosintez usulini mukammal bilishni va maxsus asboblar bo’lishini talab qiladi.
Diafizar sinishlarni davolash tajribasi birlamchi (endostal) suyak bo’laklarini tiklanishiga imkon beradi. Periost bu holatda muhim ammo asosiy bo’lmagan o’rinni egallaydi- periost orqali suyak bo’laklarini qon bilan ta’minlanishi suyak bo’lakchalari nerv to’ri tezroq tiklanadi. Suyak to’qimasini regeneratsiyasi endostal elementlardan boradi.
Operativ da’voga ko’rsatma absolyut va nisbiy bo’lishi mumkin.
Absolyut-ochiq sinishlarda, konservativ tiklanmaydigan sinishlarda, noto’g’ri o’sganda, o’smay qolgan sinishlarda va yolg’on bo’g’imlarda.
Nisbiy-sinishlarni funksiya buzilishiga olib kelmasa. Bu holatda be’mor konservativ va operativ davoni o’zi hal qiladi. Bunday be’morlarga jarrox kerakli tajribaga ega bolmasa operatsiya qilmasligi kerak.
Ichki fiksatsiya usuli hilma-xil: metal plastinka qo’yish, xar-xil suyak ichki metal shtif qo’yish, bo’laklarni sim bilan bog’lash. Diafizar sinishlar osteosintezi uchun ipak yoki ketgutdan foydalanmaslik kerak, mustahkam bo’lmagan sinishlar bu usuldaki fiksatsiyada yaxshi qotirilmaydi. Metal fiksatsiyalar konsolidatsiyagacha bo’lgan vaqtinchalik immobilizatsiyani ta’minlaydi, lekin suyak to’qimasi regeneratsiyasida qatnashmaydi, ammo sinishni to’g’ri o’sishiga yordam beradi, ko’p holatda ichki fiksatsiya tashqi fiksatsiya bilan birga gips bog’lam bilan 1,5-2 oygacha qilinadi
Dostları ilə paylaş: |