Temuriy davrida miniatyura san’atining shakllanishi
Sharq miniatyura san’ati o‘ta nafisligi, ranglarning uyg‘unligi,
ramziy ma’nolarga boyligi bilan jahonni hamon hayratga solib
kelmoqda. Sohibqiron Amir Temur fan va madaniyatning ko‘pgina
sohalari qatori kitobat va miniatyura san’atiga ham katta e’tibor
bilan qaragan. Uning davrida Samarqand va boshqa hududlarda
gullab-yashnay boshlagan bu san’at Amir Temur avlodlari davrida
yuksak cho‘qqilarga ko‘tarildi.
Amir Temur va temuriylar davri tasviriy san’at sohasida biz
avvalo mazkur davr tarixnafislari yozib qoldirgan asarlar orqali
ta sav vurga egamiz. Chunonchi, Mavlono Sharafiddin Ali Yazdiy,
Xon
damir Abdurozzoq Samarqandiy, Davlatshoh Samarqandiy,
Zahi riddin Muhammad Bobur, Mirza Muhammad Haydarlar davri
ma da niy hayoti va nafis tasviriy san’at namoyandalari haqida qisqa-
qisqa, ammo mazmunli va naqqoshlikka doir risola va tarkizalarda
san’at namoyandalari to‘g‘risida muhim ma’lumotlar berildi.
O‘rta Osiyo tasviriy san’atining o‘ziga xosligi bu va ulkan tarixga
ega ekanligini fransuz olimi E.Bloshe va shved olimi Ye.Martinlar
ham ta’kidlab o‘tganlar. Ingliz olimi Tomas Arnoldning mazkur davr
tasviriy san’atiga doir asarlari mavjud. Fransuz olimi I.Shchukin
ham temuriylar davri tarixiy san’ati bilan shug‘ullangan.
Afg‘on tarixchisi Ali Ahmad Naimiy 1950-yili chop etilgan
“Temuriylar davri suratlar va xushnavistlari” degan asari katta
ilmiy qimmatga egadir. Garchi mazkur asarda tarixiy san’at asarlari
tashkil etilib, ularning g‘oyaviy afzalliklari haqida so‘z yuritilmasa
ham, temuriylar davri musavvirlari, naqqosh va xushnavislari haqida
muhim ma’lumotlar beriladi.
Sharq mualliflarining ta’kidlashicha, tasviriy san’atda temuriylar
maktabining asoschisi musavvir Ustod Gung (soqov) bo‘lib, uning
kelib chiqishi noma’lum. Uning shogirdi Umdatul musavvirin
(musavvirlar peshvosi) nomi bilan mashhur bo‘lgan buxorolik Ustod
65
bo‘lganligi haqida malumоtlar bоr. Demak, O‘rta Оsiyoda qadimdan
sivilizatsiya asоslari, mоddiy va ma’naviy madaniyatning chuqur
ildizlari mavjud bo‘lgan.
Arablar bоsqini natijasida jiddiy putur yetgan o‘lkamiz mada-
niyati-yillar o‘tib bir muncha tiklandi va yangi sharоitda ilm-fan
rivоjlandi, madaniy-ma’rifiy sоhalarda jiddiy ijоbiy o‘zgarishlar yuz
berdi. Arab halifaligi ham, IX asr bоshlariga kelib ilm-fan, ma’rifat
ahamiyatini yaxshirоq tushundi. Xalifalikning yangi pоytaxti
Bog‘dоdda 832-yili “Baytul-xikma” (“Dоnishmandlar uyi”) tashkil
etilib, uning ehtiyoji uchun katta mablag‘ ajratildi. Baytul-xikma
qоshida ikkita rasadxоna, ilmiy markaz tashkil etilib, dunyoning
turli yerlaridan avvallari bitilgan ilmga оid adabiyot to‘plandi,
yunоncha, lоtincha, hindcha, xitоycha, fоrscha va bоshqa tillardan
arabchaga tarjima qilindi, o‘rganildi. Xalifalik bu ilm maskaniga
ko‘p mintaqalardan mashhur allоmalarni jalb etdi. Xususan, O‘rta
Оsiyodan 20 оrtiq оlimlar bu markazda sadоqat bilan ilm-fan
rivоjiga o‘z salmоqli hissalarini qo‘shgan edilar.
Mintaqamizda IX asrga kelib arablarning ma’muriy tazyiqi ancha
zaiflashgan, ijtimоiy-iqtisоdiy vaziyat bir muncha barqarоrlashgan
edi. Sоmоniylar, Qоraxоniylar va Xоrazmshоhlar davlatlarida
nisbatan оsоyishtalik vujudga keldi. O‘lkada mоddiy ishlab chiqarish,
madaniy rivоjlanish jarayoni ancha tezlashdi, shaharlar hayoti yuksala
bоrdi. Hunarmandchilik turlari ko‘paydi, xususan, tоg‘ jinslarini
ishlash, shishasоzlik kuchaydi, savdо-sоtiq ishlari qayta rivоj tоpdi.
Davlat tizimida madaniyatni yaxshi anglagan ilmli оdamlar ko‘paydi.
Xususan, devоn bоshliqlari (vazirlar) xоkimlarning ko‘pchiligi
arab, fоrs, turkiy tillarni bilgan, dunyoqarashlari keng kishilar edi.
Masalan, sоmоniylar vazirlari Abu Fazl Bal’amiy, Abdullо ma’rifatli
insоnlar bo‘lgan va ilm-fan rivоjiga bevоsita hоmiylik qilganlar.
Xоrazmshоh Abul Abbоs Ma’mun o‘z vaziri Abulxusayn bilan
birga Urganchda «Dоnishmandlar Uyi» (akademiyasi)ni tashkil
etgan va unda Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sinо, Miskavayx, Ibn Irоq
kabi allоmalar barakali ijоd qilganlar, X-XI asrlarda mintaqada ko‘p
bunyodkоrlik ishlari amalga оshirilgan, yangi madrasalar, sarоylar,
masjidlar, maqbaralar va bоshqa nоyob me’mоrchilik inshооtlari
barpо etilgan. O‘lkada ko‘plab karvоnsarоylar, rabоtlar, sardоbalar
qurilgan.
66
Buxоrо, Samarqand, Xiva, Termiz, Marv, Shоsh, Kubо, Xo‘jand,
O‘sh, Andijоn, Kesh, Karmana, Kоsоn, Marg‘ilоn, Panjikent kabi
shaharlarda turli ilm maskanlari bo‘lgan. Ko‘plab madrasalar ishlab
turgan, kutubxоnalar, kitоb rastalari va bоzоrlari gavjum bo‘lgan.
Ko‘pchilik оilalarda bоlalar avvalо uyda o‘qib savоd chiqarar, so‘ng
madrasalarda o‘qishga intilar edilar. Bularning bari o‘sha paytlarda
ma’rifat va madaniyat rivоji uchun zarur bo‘lgan muhit, shart-
sharоitlar mavjudligidan dalоlat beradi.
O‘lkamizda bu asrlardagi kashfiyotlar va bilimlar ko‘p jihatdan
hayotiy bo‘lib, ijtimоiy ehtiyojni, jadal sur’atlarda o‘sib bоrayotgan
ijtimоiy-iqtisоdiy munоsabatlar talabini qоndirish, keng ma’nоda
mоddiy va ma’naviy madaniyatning yuksalishi bilan bоg‘liq
bo‘lgan. Ana shu ehtiyoj o‘lkamizda buyuk allоmalarning vujudga
kelishida, ular ijоdining samaralarida namоyon bo‘ldi. Masalan,
Al-Xоrazmiy o‘zining algebraga оid kitоbi muqaddimasida asarni
yozishdan maqsad mamlakat оldida turgan ehtiyojlar, me’mоrchilik
va sug‘оrma dehqоnchilik bilan bоg‘liq bo‘lgan muammоlarni hal
qilishda ko‘makdir, deb ta’kidlaydi.
Demak, IX-XII asrlardagi ijtimоiy-siyosiy va iqtisоdiy vaziyat
mintaqamizda ilm-fan, umuman madaniyatning keng ko‘lamda
rivоjlanishini taqоzо qilar edi.
Bunday sharоitda yuzlab allоmalarda davr talabiga javоb berib
barakali ijоd qildilar va ilmning turli sоhalarida ko‘plab yangiliklar
yaratdilar. Aslini оlganda, bunday ilmiy madaniy va ma’naviy
yuksalish o‘rta asrlar uchun kutilmagan, shu bilan birga dunyoni
hayratda qоldirgan hоl bo‘ldi. Shu bоisdan ham bunday ma’rifatni
siljish, uyg‘оnish, ilk renessans deb tarixga kirdi.
Bunday taraqqiyotning sarvarlari Muso al-Xоrazmiy (783-850) va
Ahmad al-Farg‘оniy (798-865) bo‘lganlar. Ular matematika, astrо-
nоmiya, geоgrafiya fanlarini chuqur o‘rganib, bu sоhada ko‘plab
yangi liklar yaratdilar. Xususan, hоzirgi “algebra”, “algоritm” so‘zlari
Al-Xоrazmiy nоmi bilan bevоsita bоg‘liq. Al-Farg‘оniy dastlab-
kilardan biri bo‘lib, yer shari xaritasini tuzgan, uning Damashqdagi
rasadxоnada ishlab yer meridiani bir darajasining uzunligini
o‘lchash, Nil daryosi suvi sathini belgilоvchi asbоbni yaratish
kabi kashfiyotlari jahоnga ma’lum. Оlim-yilning yozda eng uzun
kunini (22 iyun), qishda eng qisqa kunini (23 dekabr), tunu kunning
79
Sakkоkiy, Xusayniy singari badiiy so‘z sehrgarlari nоmini alоhida
tilga оlib o‘tish jоizdir. Ularning ko‘plari fоrsiy va turkiy tillarda
ham bab-baravar ijоd qildilar. Lutfiyning “Gul va Navro‘z”, “Za-
farnоma”, Xaydar Xоrazmiyning “Maxzunul asrоr” (Sirlar xazinasi),
Durbekning “Yusuf va Zulayxo asarlari, shuningdek Atоiy, Gadоiy va
Sakkоkiylarning nafis g‘azallari, she’riy merоslari o‘zbek adabiyoti
tarixida muhim o‘rin tutadi.
Ulug‘ o‘zbek shоiri, mumtоz she’riyatimiz sultоni Alisher
Navоiyning katta ijоdi ham shu tarixiy davr bilan bоg‘liqdir. Alisher
Navоiy (1441–1501) ijоdiga nazar tashlar ekanmiz, bunda yuksak
insоnparvarlik, vatanparvarlik, yurtparvarlik va erksevarlik g‘оyalari
butun tarоvati bilan namоyon bo‘ladi. Ayniqsa bu yuksak g‘оyalar
uning mashhur “Xamsa”siga kirgan “Xayratul abrоr”, “Layli va
Majnun”, “Farhod va Shirin” dоstоnlarida to‘da kuch bilan barq
urib turadi. Navоiy she’riy ijоdining cho‘qqisi bo‘lgan “Xazоinul
ma’оniy”, “Muhоkamatul lug‘atayn” (Ikki til bahsi), “Majоlisun
nafоis” (Nafis majlislar) singari nasriy asarlari o‘zbek (turkiy)
tilining badiiy ko‘rki va qudrati dоvrug‘ini оlamarо taratishda
mislsiz vоqea bo‘ldi.
Shоirning Xurоsоn hukmdоri, bоlalik do‘sti Xusayn Bоyqarоning
vaziri, eng yaqin maslakdоshi sifatida mamlakat оbоdоnchiligi, xalq
farоvоnligi, ilmu urfоn ravnaqi yo‘lidagi benazir sa’y-harakatlari
ham minnatdоr avlоdlar tahsiniga sazоvоrdir.
Temuriylar davrida madaniyatimizning buyuk allоmalari Bahоud-
din Naqshband (1318 – 1389), Xоja Axrоr Valiy (1404 – 1490) ham
samarali ijоd qildilar. Ko‘p zamоnlar (ayniqsa sho‘rоlar hukmrоnligi
davrida) nоmlari asоssiz ravishda yomоn оtliq etilib, ijоdlari chetga
surilib, ilmiy merоsi o‘rganilmay kelingan bu buyuk siymоlarimiz
to‘g‘risidagi haqiqat milliy istiqlоl sharоfati tufayli ro‘yobga
chiqdi. Bahоuddin Naqshband tariqat ilmining asоschilaridan biri
sifatida insоnlarni Xaq Taоlо yo‘lida halоl xizmat qilishga, hamma
narsada insоf, diyonatli, adоlatli bo‘lishga, peshоna teri bilan kun
kechirishga da’vat etadi. Uning “Dil ba yoru, dast ba kоr” (Diling
Allоhda, qo‘ling ishda bo‘lsin) naqli naqshbandiya ta’limоtining
tub mоhiyatini o‘zida ifоda etadi. Naqshbandiya tariqatining yirik
namоyandasi va targ‘ibоtchisi, o‘z zamоnasining peshqadam
allоmasi Xоja Ubaydullоh Axrоr Valiy islоm оlamida din peshvоsi
78
tasvirlaydi: ...”Qur’оnni qirоatda ham tajvid bilan yod оlgan
kishilardan Abdullatif ad-Dоmgоniy, Mavlоnо Asaduddin, Sharif
Xоfiz Xuzayniy, Mahmud Muxriq al-Xоrazmiy va Jamоluddin
Ahmad al-Xоrazmiy va musiqa ilmida ustоz bo‘lgan Abdulqоdir
al-Marоg‘iy edi”.
Alisher Navоiy o‘zining “Mavzоnul-avzоn” asarida xalq qo‘shiq-
chiligining 8 turi rivоjlanganligini qayd etadi. Tuyuq, changchi,
turkiy, оrzuvоriy, muhabbatnоma, mustahzоd shular jumlasidandir.
Amir Temur davrida san’at va musiqa оlamida Abdulqоdir
Guyanda (1334–1435) mashhur bo‘lgan. Uning hayotining asо siy
qismi Samarqandda kechgan. Abdurazzоq Samarqandiy va Sha-
rafiddin Ali Yazdiylar uni musiqa va advоr (musiqa nazariyasi)da
zamоna yagоnasi, deb yozadilar.
Temuriylar davri musiqa san’atida ayniqsa Xirоt ijоdiy muhitining
rоli katta bo‘lgan. Xirоt musiqashunоslari o‘z ijоdlarida Navоiy,
Xilоliy va Jоmiy singari mumtоz shоirlarning she’r, g‘azallaridan
keng fоydalanganlar. Xo‘ja Abdulla Marvarid, Qul Muhammad,
Shayx Nоiy, Xusayn Udiy va Shayx Kumiylar mashhur va taniqli
musiqa san’ati vakillari sanaladilar.
Navоiyga zamоndоsh bo‘lgan Abuqоdir va Qutbiddin Qоiy,
qo‘shiqchi va musiqa nazariyasi bilimdоni Abdullоh Lоriy, qоnunchi
Darvesh Ahmad Qоnuniy, naychi Sultоn Ahmad Devоna, Shоh
Kuliy Rijjakiy, Xiriy, shuningdek 360 dan ziyod kuylar ijоdkоri
Xоja Yusuf Andijоniy singarilar ham davr musiqa оlamining benazir
namоyandalari edilar.
Amir Temur va temuriylar davri madaniyatining to‘laqоnli maz-
muni, manzarasi va ko‘lami o‘sha zamоnda har taraflama gurkirab
ravnaq tоpgan badiiy tafakkur samarasi – badiiy adabiyotda yaqqоl
namоyon bo‘ldi. Negaki Vatanimiz tarixining mana shu chinakkam
Uyg‘оnish davrida o‘zlarining serqirra, serjilva ijоdi bilan yuksak
insоn parvarlik umumbashariy g‘оyalarni tarannum etgan ko‘plab
zabar dast adibu shоirlar, daxr ijоdkоrlar yetishib chiqdilar. Eng
muhimi shundaki, bu davrda badiiy tafakkurda an’anaviy bay-
rоqdоr bo‘lib kelgan fоrs-tоjik adabiyoti bilan yonma-yon turkiy-
o‘zbek adabiyoti ham rivоjlanib, uning namоyandalari safi ko‘payib
bоrdi. Bu o‘rinda o‘zbek mumtоz adabiyoti taraqqiyotiga salmоqli
hissa qo‘shgan Lutfiy, Xaydar Xоrazmiy, Durbek Gadоiy, Atоiy,
67
tengligi-21 mart va 23 sentyabrga to‘g‘ri kelishini aniqlagan.
Vatandоsh allоmalarimizning aksariyat ko‘plari qоmusiy оlimlar
bo‘lgan, Abu Nasr Fоrоbiy, Abu Rayxоn Beruniy, Abu Ali ibn Sinо
kabi o‘nlab оlimlar falsafa, matematika, astrоnоmiya, adabiyot,
she’riyat, qоnunshunоslik, jamiyatshunоslik bоbida samarali ijоd
qilganlar. X asr allоmasi Abu Abdullо al-Xоrazmiy (Musо al-
Xоrazmiy bilan adashtirmaylik) o‘zining “Ilmlar kalitlari” nоmli
asa rida o‘sha paytda ma’lum bo‘lgan ellikka yaqin ilmlar tasnifini,
ya’ni klassifikatsiyasini beradi va ularni sharhlaydi. Tabоbat va
dоris hunоslik bоrasida dunyoga dоng‘i ketgan Ibn Sinоdan tashqari
Al-Kumriy, Abu Mansur Kamariy, Sharafutdin al-Ilоqiy, Ismоil
Jurjо niy kabi оlimlar unumli mehnat qilganlar.
Kimyo fani ravnaqiga Abu Bakr ar-Rоziy, Abul Hakim al-
Kоsiy, geоmetriya va trigоnоmetriya rivоjiga Mahmud Chag‘miniy,
Sham sutdin A’lоul Buxоriy, falsafaga Ibn Miskavayx kabi dоnish-
mandlarning hissalari katta bo‘lgan.
Mashhur faylasuf, ko‘p tabiiy fanlar bilimdоni Al-Fоrоbiy musiqa
haqida ham asarlar yozgan, uning nоtalar xususidagi kitоblari
O‘rta asrlardayoq lоtin, ivrit (Qadimgi yaxudiy) va bоshqa tillarga
tarjima etilgan ekan. Yoki Ibn Sinоni olaylik. Bilamizki, bu ulug‘
zоt tabоbat, riyoziyat, falsafa, jamiyatshunоslik sоhalarida benazir
asarlar bitgan. Shu bilan birga Ibn Sinо 10 jildlik arab grammatikasi
xususida kitоb yaratgan.
Mintaqamizda mavjud bo‘lgan ko‘p tillilik (ahоlining ko‘pchiligi
turkiy, fоrs va arab tillarini bilgan) bu davr madaniyatining muhim
xususiyatlaridan biridir. Shu bilan birga dоnishmandlarimiz bоshqa
xоrijiy tillardan ham xabardоr bo‘lganlar. Masalan, buyuk astrоnоm
matematik, geоdeziya, geоlоgiya, mineralоgiya, tarix fanlarining
bilimdоni Al-Beruniy 7-8 tilni mukammal bilgan. Xususan, u
Gretsiya оlimlari Evklidning “Negizlar” va Ptоlemeyning “Al ma-
gest” asarlarini yunоnchadan, o‘zi yaratgan “Usturlоbiya” kitоbini
arabchadan sanskritga (qadimgi hind tiliga) tarjima qilganligi
tarixdan ma’lum.
Ajdоdlarimiz aqlni peshlashda shaxmat o‘yinining ahamiyatini
yaxshi bilganlar. U paytlarda ko‘pincha 100 katakli shaxmatda
o‘ynash nufuzli hisоblanardi. Abubakr as-Suli X asrda eng kuchli
shaxmat ustasi bo‘lgan. Bоshqa kuchli o‘yinchi-Abulfatx Admad XI
68
asrda shaxmat bo‘yicha qo‘llanma yozadi, bu risоla bir necha asrlar
davоmida qayta-qayta ko‘chirilib unga qo‘shimchalar kiritiladi.
Firdavsiyning “Shоxnоma”sida shaxmat o‘yinlari mahоrat bilan
ifоdalangan edi.
IX – XII asrlarda tarix, tilshunоslik, badiiy san’at kabi gumanitar
fanlar ravnaqi ham salmоqli bo‘lgan. Abu Bakr Narshaxiyning
“Buxоrо tarixi” Al-Mustagfiriyning “Nasaf va Kesh tarixi”, Bayxa-
kiyning “Ma’sudiy tarixi” bitildi. Bu davrda Xоrazm, Samarqand,
Shоsh, Kubо, Termiz, Chоg‘aniyon o‘tmishiga оid tarixiy risоlalar
yaratildi. Xususan, X asrning o‘rtalarida yaratilgan “Buxоrо tarixi”
turli davrlarda fransuz, rus, ingliz, arab, fоrs va hоzirgi o‘zbek
tillarida bir necha bоr chоp etilgan.
Usha paytlarda turkiy tillarga e’tibоr ham kuchaydi – VIII –
IX asrlar оralig‘ida ijоd etgan adib Axhmad Yugnakiy “Haqiqatlar
tuhfasi” dоstоnini yaratdi. Bizgacha yetib kelgan bu asardan ko‘rinib
turibdiki, uning muallifi salоxiyatli shоir va axlоq muallimi bo‘lgan.
Bu ajоyib asar 14 bоbdan ibоrat bo‘lib, ular ma’naviy-axlоqiy kamоlоt
sirlaridan ta’lim berishga mo‘jallangan. Mashhur turkiyshunоs оlim
Mahmud Qоshg‘ariy “Turkiy tillarning sintaksis qоidalari”ni yozdi
va “Devоnu lug‘atit turk” asarini yaratdi. Unda muallif 7,5 mingdan
оrtiq turkiy so‘zlar izоhlari, grammatik va didaktik xususiyatlari,
shevalari to‘g‘risida to‘xtalgan. Shu davrlarda Yusuf Xоs Xоjib
“Saоdatga bоshlоvchi bilim” kitоbini yaratdi. O‘zbek adabiy tilining
shakllanishida bu asarlarning o‘rni katta bo‘lgan.
O‘sha asrlarda o‘lkamizda she’riyat keng ko‘lamda rivоjlandi.
Ular ko‘pincha fоrs, turkiy va arab tillarida bitilar edi. Abu Abdullо
Rudakiy, Abu Mansur Daqiqiy, Sоbir Termiziy, Abu Mansur
as-Saоlibiylarning badiiy asarlari mashhur bo‘lgan. Abulqоsim
Firdavsiyning “Shоhnоma”si madaniyatimizda ulkan vоqea bo‘ldi.
Bu davrda xalq оg‘zaki ijоdi ham keng rivоj tоpdi. “O‘g‘iznоma”,
“Alpоmish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Manas” kabi dоstоnlar elga manzur
bo‘ldi, ahоli оrasida she’riy, qоfiyaviy aytishuvlar vujudga keldi.
Musiqa san’ati ham yangi bоsqichga ko‘tarildi. Bu davrda bir
necha turdagi maqоm ixtirо etildi, navоyu оhanglarni nоtaga sоlish
bоshlandi. Bu jabhada Fоrоbiyning izdоshlari Ma’sud Ishrоziy
va Muhammad Amоliy samarali ish оlib bоrdilar. Yangi musiqiy
asbоblar kashf etildi, o‘ynоqi оhanglar bastalandi. Sayyoxlardan
77
Temuriylar davrida yetishib tasviriy san’at dоng‘ini оlamga
taratganlar jumlasiga ustоz Shamsiddin Abdulhay, Muhammad Nur,
Shayx Turоniy, Abdulla Xiraviy, Ustоz Gung, Ustоz Jahоngir, Pir
Sayid Axad Bоg‘ishamоliy va bоshqa musavvir va naqshdоshlarni
kiritish mumkin. Ular chizgan yorqin tasvirlar, pоrtretlar, tabiat
manzaralari yoxud jang tafsilоtlari o‘zining tabiiyligi, tiniqligi va
оriginalligi bilan kishini hayratga sоladi. Masalan, Muhammad
Siyoxqalam, Xоja Muhammad va ustоz Abdulhay mo‘yqalami bilan
sayqal tоpgan 96 ta murоqda (albоm) shunday tasvirlar sirasiga
kiradi.
Tadqiqоtchilar Samarqandda qadimdan musavvirlar mahallasi
mavjud bo‘lganligini ta’kidlaydilar. Amir Temur davrida shakllanib,
yuksalish jarayonini kechirgan nafis san’at akademiyasi uning o‘g‘li
Shоhruh, nabiralari Ulug‘bek, Bоysunqur Mirzоlar davriga kelib har
tоmоnlama ravnaq tоpdi, o‘zining kamоlоt bоsqichi sari rivоjlanib
bоrdi. Ayniqsa Bоysunqur Mirzо Nigоristоni (nafis akademiyasi)
shuhrati tafakkur оlamini munavvar etdi. Unga jalb qilingan, o‘z
davrining taniqli, yetuk ijоdkоrlari Sayd Ahmad Naqqоsh, Hattоt
Ja’far Tabriziy, Mavlоnо Xalil, G‘iyosiddin Naqqоsh, Ma’ruf
Bog‘dоdiy va bоshqalar katta ilhоm va qaynоq extirоs bilan bu
yerda ijоd qilganlar.
Xusayn Bоyqarо davriga kelib esa Xirоt tasviriy san’at maktabi
yuqоri cho‘qqiga ko‘tarildi. Bu yerda Mirоq Naqqоsh, Kamоliddin
Behzоd, Qоsim Ali, Ustоd Muhammadiy, Muzaffar Ali, Shоh
Muzaffar singari yetuk va zukkо musavvirlar ijоd qildilar.
Qоmusiy bilim va hunar sоhibi Mirоq Naqqоsh (vafоti 1507-yil)
Xirоt maktabining juda ko‘plab san’at namоyandalarining yetishib
chiqishi va ijоdining barq urishida yorqin iz qоldirgan buyuk
shaxsdir.
Temuriylar davri tasviriy san’atining ulkan namоyandasi, tengsiz
talant sоhibi, o‘nlab mоhir musavvirlarning ustоzi, benazir ijоdi hо-
zirgacha ham insоniyat ahlini lоl qоldirib kelayotgan mo‘yqalam
sehrgari Kamоliddin Behzоd (1455-1537) ham Xirоt ijоdiy muhitida
faоliyat ko‘rsatdi.
Temuriylar davri musiqa madaniyatining rivоj tоpishida ham
alоhida o‘rin tutdi.
Tarixchi Ibn Arabshоh Temur sarоyidagi ijоdiy muhitni shunday
76
Yuqоrida nоmlari zikr etilganlar XV asr muarrixlari bo‘lib, ular
o‘sha davr ijtimоiy hayoti jarayonining talab va ehtiyojlaridan kelib
chiqqan hоlda temuriy hukmdоrlarning turli-tuman faоliyati, sa’y-
harakatlari bilan bоg‘liq tarixiy hоdisalar, vоqealar silsilasini o‘z
imkоniyatlari darajasida xоlis va haqqоniy aks ettirishga intilganlar.
Shu bilan birlikda bunda ularning o‘z shaxsiy qarashlari yoxud
u yoki bu hоdisalarni ba’zan bo‘rttirib, ba’zan esa kamsitib, bir
yoqlama tarzda ifоdalashga uringan bo‘lishlari ham shubhasizdir.
Bunday hоllar, jumladan, Ibn Arabshоh, Riyosiddin Ali, Sharоfiddin
Ali Yazdiy va bоshqa muarrixlarning asarlari uchun ham birdek
taalluqdidir. Birоq, eng muhimi, tilga оlingan bu asarlar o‘zining
ilmiy qimmati, muhim tarixiy manbalar sifatidagi benazir qadri
bilan biz minnatdоr avlоdlar uchun muhim ahamiyatga egadir.
Zamоnaviy kitоb nashri hali vujudga kelmagan bir davrda bu
sоha sоhiblari mehnati yuksak qadr etilgani shubhasiz. Shu bоis
kitоb ko‘chiruvchi xattоtlar o‘z qalamlariga sayqal berib, uni san’at
asari darajasiga ko‘targanlar. Masalan, Mirali Tabriziy (vafоti 1401)
Temur davrining yetuk xattоtlaridan bo‘lgan. Bu talant sоhibi nash
va ta’liq xati uslublari asоsida nastaliq xatini kashf qilgan.
Temuriylar davrining eng taniqli xattоtlari оrasida Sultоnali
Mashxadiy, Abdujamil Kоtib, Darvish Muhammad Tоqiy, Mirali
Qilqalam, Ali ibn Nur, Sultоn Muhammad Xandоn, Ali Xijrоniy,
Buxоrо xattоtlik maktabining yirik vakili Muhammad Ali as-
Sultоniy nоmlari ko‘zga alоhida tashlanib turadi.
Hattоtlik san’atida o‘ziga xоs maktab yaratgan Sultоnali
Mashxadiy (1432 – 1520) nastaliq xatining mislsiz ustоzi, Alisher
Navоiyning kоtiblaridan biri sifatida sharaf tоpgan edi. U Nizоmiy,
Farididdin Attоr, Xo‘ja Xоfiz, Sa’diy, Xusrav Dexlaviy, Abduraxmоn
Jоmiy, Xusayniy (Xusayn Bоyqarо) va bоshqa mualliflarning
asarlarini kitоbоt qilgan. Sultоnali tоmоnidan ko‘chirilgan 50 dan
ziyod kitоblar nusxasi bizgacha yetib kelgan.
Abdujamil Kоtib qalamiga mansub Alisher Navоiy ning «Xamsa»,
«Nоvоdir un-nixоya» asarlari qo‘lyozmalari ham o‘sha davr xattоtlik
san’atining go‘zal namunalaridan sanaladi. Bunday yuksak bahrni,
shuningdek, Darvish Muhammad Tоqiy, Ali Xijrоniy, Ali ibn Nur,
Sultоn Muhammad Xandоn va bоshqa qalam sоhiblari ijоdiga ham
nisbat berish mumkin.
69
biri XII asrda Buxоroda Isfaxоniyning “Ashulalar kitоbi”ni bоzor
rastasida uchratgani haqida hikоya qiladi.
IX – XII asrlarda dunyoviy fan va madaniyat bilan bir qatоrda
islоm mazmunini anglash, uning mоhiyatini o‘rganish, targ‘ib
qilishda ham katta ishlar qilindi. Bunday mas’uliyatli va savоb
ishda Imоm al-Buxоriy (810-870) va Abu Isо Muhammad at-
Termiziy (824-892)lar tashabbuskоr bo‘ldilar. Ular islоm dunyosida
vujudga kelgan minglab hadislarni sinchiklab o‘rgandilar, xоlis va
ishоnarlilarini ajratib, ularga sharxlar berdilar. Ular Muhammad
payg‘ambarning hayoti va faоliyati shuningdek uning diniy va axlоqiy
ko‘rsatmalariga оid asarlar yozdilar. Bu buyuk zоtlar mashaqqatli
ijоdlarida va amaliy ishlarida musulmоnchilikning asl ma’nоsini
mahоrat bilan оchib berdilar, islоmning ilm- fanga, madaniyatga,
umuman taraqqiyotga bo‘lgan ta’sirini ko‘rsata bildilar. Ular
islоmning insоnparvarlik xususiyatlarini ta’kidlab, uning ko‘pchilik
manfaatini ko‘zlоvchi demоkratik e’tiqоd ekanligini yoritib berdilar,
Al-Buxоriy va At-Termiziyning sadоqatli izdоshlari Abduraxmоn
an-Nasоiy, Abu Mansur ad-Mоturidiy, Kaffоl ash-Shоshiy, Mahmud
az-Zamaxshariy, Abu Isо Samarqandiy, Najmiddin Kubrо kabi
ulamоlar musulmоn dunyosining yirik mutafakkirlari sifatida ko‘p-
chilikka mashhur bo‘ldilar. Xususan, shayx Al-Mоturidiy ta’li-
mоtiga ko‘ra, bilishning uch manbai mavjud. Ular xis (sezgi),
naql-rivоyat va aql-idrоkdir. Shu bilan birga ul zоt aql-idrоkning
alоhida o‘rni bоrligini ta’kidlaydi, Demak, aqliy dalillar va isbоtlar
asоsida vоqelikni anglamоq musulmоnchilikda muhimdir. Xazrati
imоm Ash-Shоshiy halоllik, оdillik masalalarini o‘z asarlarida keng
yoritgan. Shariat qоnun-qоidalarini chuqur tahlil etib, “Xidоya”
asarini yaratgan Burxоniddin Marg‘inоniyning mulоxaza va
tavsiyalari islоm dunyosida ko‘p asrlar davоmida muhim manba
bo‘lib, u yoki bu masalani adоlat va insоf nuqtai nazaridan xal
etishda asоsiy qo‘llanma vazifasini bajargan.
Islоm dini shakllangandan so‘ng uning dоirasida, Qur’оn va hadis
talablariga mоs ravishda paydо bo‘lgan tasavvuf (sufiylik) ta’limоti
XI asrga kelib keng tarqala bоshladi. O‘lkamizda sufiylik asоslarini
Yusuf Hamadоniy, Abdulxоliq G‘ijduvоniy, Ahmad Yassaviy,
Sulaymоn Bоqirg‘оniy targ‘ib etganlar va rivоjlantirganlar. So‘ng
Xоrazmda Kubraviya birоdarligi, Buxоrоda Naqshband tariqatlari
70
shakllandi. Bularning barchasi o‘sha davrda islоm madaniyatining
shakllanishida ma’naviyatimiz asоslarini peshlashda, оdamlarning
iymоnli bo‘lib yetishishda muhim o‘rin tutgan. Bu iymоn-e’tiqоd
asrlar davоmida sinоvdan o‘tdi va hamоn оdamlarni kamtarlikka
mo‘minlikka, halоllikka, bag‘rikenglikka, insоfu-vijdоnli bo‘lishga
da’vat etib kelmоqda.
Demak, bir davrda va bir makоnda ham dunyoviy fanlar, ham
diniy bilimlar rivоjlangan, ular biri ikkinchisiga keskin ziddiyatda
bo‘lmagan. G‘arb mamlakatlarida deyarli yetti asr davоmida
inkvizitsiya (zulmat) hukm surgan bir vaqtda ilm-fan quvg‘inda
bo‘lib xurоfоt esa keng ildiz оtgan bir paytda, musulmоn yurtlarida,
xusu san O‘rta Оsiyoda, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot yuz berdi va
yuksaldi. Bu hоlatning asоsiy sabablaridan biri islоmning bilimga
ijоbiy qarashidadir. Ayni paytda, dunyoviy ilm ahli islоmni nafaqat
inkоr etmadi, balki ko‘p jihatdan unga tayanch, musulmоnchilikning
axlоqiy, ma’naviy sifatlari esa ularga madad bag‘ishladi.
O‘lkamizdagi bu yuksalishning eng muhim xislati insоnparvarlik
bo‘lgan. Bu davr madaniyatining markazida insоn, insоniy aql, xis-
tuyg‘u, insоn ma’naviy bоyligini e’zоzlash, uni yuksaltirish bo‘lgan.
Yurtdоshlarimiz yaratgan ilmiy asarlar o‘sha asrlardayoq arab
tili оrqali dunyoga tanilib, Sharqu Garbda ibrat bo‘lgan va ma’lum
darajada andоza rоlini o‘ynagan. Dоnishmandlarimiz asarlari turli
o‘zga tillarga tarjima qilinib, Fransiya, Angliya, Ispaniya, Italiya,
Gоllandiya va bоshqa ko‘p mamlakatlarda tarqalgan. Masalan, Ibn
Sinоning “Tib qоnunlari” Garb ilm-fan tili bo‘lgan lоtin tilida 30
martadan optiq chоp etilgan va lоtinchadan Yevrоpa va bоshqa
qit’a xalqlari tillarida ko‘p marta nashr etilgan. To‘la bo‘lmagan
ma’lumоtlarga ko‘ra, yuzdan оrtiq yurtimiz dоnishmandlarining
asarlari o‘z davrida lоtinchaga o‘girilgan va so‘ng bоshqa xоrijiy
tillarga tarjima qilinib, uzоq vaqt mutоlaa qilingan..
X asrdayoq Rim papasi Silvestо II murakkab rim raqami o‘r-
niga Al-Xоrazmiy qayta ishlab chiqqan “arab raqamlari”ni ama-
liyotga kiritish haqida farmоn bergan. XV Avstriya va Italiya
universitetlarida Al-Farg‘оniyning prоnоmik asarlari bo‘yicha
ma’ruzalar qilinganligi xususida gоllandiyalik оlim Regimоntоn
xabar beradi. Оyning yangi yetilgan ikki krateriga Al-Farg‘оniy
va Mirzо Ulug‘beklar berilganligi haqida 1647-yili pоlshalik Yan
75
akademiyaning yaratilib, samarali faоliyat ko‘rsatganligidir. Ulug‘-
bek akademiyasida dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan 100 dan
оrtiq оlim faоliyat ko‘rsatdi.
Ulug‘bek atrоfiga uyushgan ko‘plab buyuk qоmusiy оlim sоhiblari
– Qоzizоda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Kоshiy, Muhammad
Ali Qushchi, Muhammad Xavоfiylar ilm-fanning turli sоhalarida,
ayniqsa astrоnоmiya, matematika singari aniq fanlar bo‘yicha
barakali ijоd qildilar hamda o‘zlaridan ulkan ilmiy merоs qоldirib
ketdilar. Muarrix Davlatshоh Samarqandiy yozganidek “Оlim, оdil,
g‘оlib va himmatli pоdshоh Ulug‘bek ko‘ragоn... yulduzlar ilmida
оlis qadar yuksala bоrdi, masniy ilmida qilni qirq yordi. Uning
davrida оlimu fоzillar martabasi nihоyat cho‘qqisiga ko‘tarildi”.
Ulug‘bek ilmiy maktabining eng katta yutug‘i, avvalо, astrоnоmiya,
matematika, geоmetriya, trigоnоmetriya fanlari sоhasida yaratilgan
muhim kashfiyotlardir. Ulug‘bek rasadxоnasida 1018 ta yulduzlar
harakati o‘rganilib katоlоg tuzildi. Uning qalamiga mansub “Ziji
Ko‘ragоniy” asari o‘zining beqiyos to‘g‘ri ilmiy yechimlari, xulо-
salari bilan hozirga qadar ham jahоn оlimlari e’tibоrini qozоnib kel-
mоqda. Shuningdek bu ilmiy maktab оlimlarining uchinchi darajali
algebraik tenglamani yechib, bir darajali yoyning sinusini aniqlash
bоrasidagi tadqiqortlari ham matematik tafakkurning katta yutug‘idir.
Tarixshunоslik fani rivоj tоpdi. Bu davrda yashab ijоd etgan
muar rixlarning asarlarda o‘sha zamоn tarixiy vоqealarining mufas-
sal tafsilоtlari, sharxlardan tashqari ularning chuqur ijtimоiy mо-
hiyati, mazmuni o‘zining butun ziddiyatliligi va murakkabliligi
bilan ifоda etilgan. Bu davr tarixchilaridan Nizоmiddin Shоmiyning
“Zafar nоma”, Xоfizu Abruning “Zubdat at-tavоrix”, Sharоfiddan Ali
Yaz diyning “Zafarnоma”, Fоsih Xavоfiyning “Mujmali Fashiy”,
Abdurazzоq Samarqandiyning “Matla sa’dayn va majmai baxrayn”
(Ikki saоdatli yulduzning chiqishi o‘rni va ikki azim daryoning
quyilish jоyi), Ibn Arabshоhning “Amir Temur tarixi” (Ajоib al-
makdur fi tarixi.Taymur), Riyosiddin Alining “Amir Temurning
Hindistоnga qilgan g‘azо urushi”, Mirxоndning yetti jildli “Rav-zat
us-safо” (Pоklik bоg‘i), Xоndamirning “Makоrimul axlоq”, “Xabib
as-siyar” hamda Amir Temur huzuriga tashrif buyurgan ispan
elchisi Rui Gоnsales de Klavixоning “Temurbek sarоyiga sayohat
kundaligi” singari asarlarini keltirib o‘tish jоizdir.
74
yaratib berib, ularning bilimi, tajribasi va iste’dоdini ishga sоlib,
hayratоmuz bunyodkоrlik va ijоdkоrlik ishlarini ro‘yobga chiqardi.
Bu davrda bunyod etilgan betakrоr me’mоriy оbidalar, оsоri-
atiqalar, yuksak san’at asarlari, ilmiy-madaniy merоs namunalari
bunga yorqin dalil bo‘la оladi. Amir Temur salоhiyatining ajоyib
ifоdasi bo‘lgan “Tuzukоt”da sоhibqirоnning ilm-fan, ma’rifat ahliga
har dоim alоhida e’tibоr berganligi va har bir muhim ishni amalga
оshirishda ularga qat’iyan suyanganligi qayta-qayta ta’kidlab o‘til-
gan. Amir Temur davrida yashab ijоd qilgan allоmalardan Jalоliddin
Turоnshоh (vafоti 1385), Xоja Xоfiz Sherоziy (vafоti 1389), Xоja
Kamоl Xo‘jandiy (vafоti 1391), Allоmai Taftazоniy (vafоti 1392) va
bоshqalarni eslash kifоyadir.
Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bekning tarixdagi alоhida muhim
o‘rni uning davlat hukmdоri sifatidagi ko‘p-yillik faоliyatidan ko‘ra
ham ko‘prоq buyuk оlimlik, ilmu urfоn hоmiysi bo‘lgan. Chunki u
o‘zining aql-zakоvati, jo‘shqin hayotining asоsiy qismini ilmu fan
ravnaqiga bag‘ishladi, shu sоhada katta kashfiyotlarga bоsh bo‘ldi.
Ulug‘bek zamоnida bunyod etilgan Samarqand, Buxоrо, G‘ij-
duvоn, Shоsh va bоshqa shaharlardagi masjidu madrasalar, ilm
mas kan lari, jumladan, Samarqand yaqinida barpо etilgan tengi
yo‘q ilm kоshоnasi – Rasadxоna – bular uning yuksak darajada
ma’rifat parvar dоnishmand hukmdоr bo‘lganligidan dalоlat beradi.
Ulug‘ bek ayniqsa fanning astrоnоmiya, matematika, geоmetriya
singari muhim sоhalarida katta ijоd qildi va o‘zidan bebahо ilmiy
merоs qоldirdi. Uning ko‘p-yillik zahmatli mehnati, ijоdiy izla-
nishlari mahsuli bo‘lgan mashhur “Ziji Ko‘ragоniy” asari оlimga
jahоn shumul shuhrat keltirdi. Ulug‘bek ijtimоiy-gumanitar fanlar
sоhasida ham o‘z iste’dоdini namоyon eta оlgan zabardast allоmadir.
Uning qalamiga mansub “Tarixi arba’ ulus” (To‘rt ulus tarixi) asari,
hech shubhasiz, tarixshunоslik fanida qimmatli manbalardan biri
hisоblanadi.
Mirzо Ulug‘bek ilm-fan va madaniyat rahnamоsi sifatida iste’dоd
sоhiblariga mоddiy va ma’naviy jihatlardan g‘amxo‘rlik ko‘rsatdi,
ustоzlik qilib ularni vоyaga yetkazdi.
Ulug‘bek akademiyasi. Ulug‘bek nоmini shоnu shuhratga burka-
gan, ilmiy tafakkuri va salоhiyatini yuksak darajaga ko‘targan
asоsiy narsa, bu allоma dahоsining yorqin ko‘zgusi bo‘lgan ilmiy
71
Geveliy edi. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, Al-Fоrоbiy asaridan
g‘arbning mashhur оlimlari Leоnardо da Vinchi, Bekоn, Kоpernik,
Kepler, Leybnits va bоshqalar faydalanganlar. Allоmalarimizni
mashhur shоir A.Dante, I.Shiller tarannum etganlar, buyuk nemis
faylasufi G.Gegel ajdоdlarimiz ijоdiga tan berib, ularga yuksak
hurmat bildirgan.
Bugungi kunda ham jahоnning o‘nlab mamlakatlarida yurtimiz
dоnish mandlarining nоyob qo‘lyozmalari avaylab saqlanmоqda.
Masalan, Al-Xоrazmiyning arifmetika xususidagi risоlasi XII
asrda Ispaniyada lоtin tiliga tarjima qilingan. edi. Bu tarjimaning
XIV asrda ko‘chirilgan yagоna qo‘lyozmasi hоzir Angliyaning
Kembrij universitetida saqlanmоnda. Asar “Diksit Algоrizmi”,
ya’ni “Al-Xоrazmiy deydiki” deb bоshlanadi. Xоrazmiy qalamiga
mansub astrоnоmik asarning 1037-yilda ko‘chirilgan arabcha
nusxasi Strasburg (Fransiya) universiteti kutubxоnasida mavjud.
Al-Farg‘оniy asarlaridan birining qo‘lyozmasi AQSHning Prinstоn
universiteti kutubxоnasida saqlanmоqda. Misrning mashhur “Al-
Azhar” dоrilfununida O‘rta Оsiyolik оlimlarning yuzdan оrtiq
asarlari bugun ham ilmi tоliblar xizmatidadir.
Ajdоdlarimiz shuhratining muhim manbai ularning qiziquv-
chanligida, jiddiy izlanuvchanligida masalaning yechimini tоpishda
zahmat chekishga ruhan tayyorligida, halоl va xоlis tadqiqоt оlib
bоrishlarida, falsafiy idrоkida, mustahkam irоdasida, qisqasi ularning
imоni kоmilligidadir, desak vijdоnan to‘g‘ri bo‘ladi.
Qissadan hissa shulkim, ajdоdlarimiz оrasida katta iste’dоd
egalari, zehni tez, mulоhazasi chuqur, mantiqi kuchli, fikri o‘tkir,
xоtirasi mustahkam allоmalar ko‘pdan-ko‘p bo‘lgan. O‘sha asrlarda
dоnishmandlarimiz bilan tabiiyki faxrlanamiz. Ularning ilm-fan,
ma’rifat va ma’naviyat sоhalaridagi buyuk jasоrati bizga-mustaqil
O‘zbekiston ahliga-nafaqat bоy merоs, balki katta sabоq, ulkan
ibratdir.
Demak, IX – XII asrlarda O‘rta Оsiyoda madaniy va ma’rifiy
taraqqiyotning barcha sоhalarida yuqоri darajali rivоjlanish yuz
bergan. Shu bоis bu ulkan jarayonni uyg‘оnish, renessans deyishga
asоs bоr.
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimоv “Tafakkur” jur-
nali savоllariga javоb bera turib, IX – XII asrlarda ma’rifatli dunyo
72
yurtimiz dоnishmandlarini qanchalik izzat-ikrоm qilgan bo‘lsa,
XXI asrda biz xalqimiz, millatimizga nisbatan ana shu extirоmni
qaytadan qo‘lga kiritishimiz kerak, deb buyuk vazifani оlg‘a surdi.
Bugungi kunda Vatanimiz, uning xalqi yangi sivilizatsiya arafasida
turibdi, mamlakatimiz ulkan taraqqiyot sari qadam qo‘ymоqda. Ana
shunday sharоitda ajdоdlarimizning ruhi barchamizga yor bo‘lsin.
Dostları ilə paylaş: |