128
har-yilgi obzori nashr etilib turgan.
O‘rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinganidan keyin san’at
sohasida ham ma’lum o‘zgarishlar yuz berdi. O‘lkaga rus san’ati
turli formalarda kirib kela boshladi. O‘zbekistonga
musiqachilar,
rassomlar, arxitektorlar, artistlar kela boshladi. Ular o‘lkada Yevropa
madaniyati va san’ati ko‘rinishlarini yoya boshladilar. Mahalliy aholi
ularning ijodi bilan tanisha boshladilar. Bu davrda o‘zbek san’ati
hamma sohada yanada rivojlandi, yangi g‘oyalar, yangi texnika
imkoniyatlari bilan boyidi. Ijtimoiy fikr sohasida yangi oqimlarning
rivojlanishi va ilgarigi madaniy cheklanishning yo‘qolib borishi
o‘zbek san’atiga samarali ta’sir ko‘rsatdi.
Turkiston o‘lkasida qadimdanoq yuksak taraqqiy etgan xalq
professional teatri XIX asrda asosan ikki xil: qiziqchilar teatri
va qo‘g‘irchoq teatridan iborat edi. Qiziqchilar ham, qo‘g‘irchoq
o‘ynatuvchilar ham hunarmandlar kabi rayonlar bo‘yicha ayrim
sexlarga birlashgan. Xalq artistlari sexi yaxshi uyushtirilgan tashkilot
bo‘lgan. Ular turli bayramlarda va tadbirlarda xalq o‘rtasida o‘z
san’atlarini namoyish qilganlar. Turkiston Rossiya tomonidan bosib
olinganidan keyin bu yerga rus teatri ham kirib kela boshladi.
Dastlabki rus spektakllarini xavaskor mahalliy ziyolilar qo‘ygan.
Xullas, yuqoridagi fikr-mulohazalar shundan dalolat beradiki,
chor Rossiyasining og‘ir mustamlakachilik
zulmi siyosati davrida
ham Turkistonda siyosiy-ijtimoiy va madaniy hayot to‘xtab
qolmadi, xalqimiz o‘zining an’anaviy tarixiy taraqqiyotiga sodiq
qoldi, jahon fani va madaniyati xazinasi rivojiga munosib hissa
qo‘shdi. XIX-asrning ikkinchi yarmida Osiyo, jumladan, Turkiston
ilm-fan va texnika taraqqiyoti bo‘yicha Yevropadan ancha orqada
qolib ketgan edi. Qoloqlik va jaholat, o‘lka aholisining ayanchli
ahvoli Turkistonning Yevropa va jahon sivilizatsiyasidan orqada
qolib ketishi va bunday fojiali hayotdan qutulish, erk va ozodlikka
erishish haqida o‘z zamonasining ilg‘or ziyoli qatlamlarida fikr-
mulohazalar paydo bo‘la boshladi.
XX asr boshlarida Rossiyadagi musulmon
maktablarining buyuk
islohotchisi va “Tarjimon” jurnali tashkilotchisi Ismoil G‘aspiralining
nomi butun Sharqqa mashhur bo‘lib ketdi. U Bog‘chasaroyda eski
mak
tablarning murakkab o‘qish usuliga nisbatan yengil qiroat
usu liga asoslangan yangi maktab ochib. Unda o‘zi dars bergan,
113
Ubaydullaxon masjidlari, Subhonqulixon qurdirgan kasalxona,
madrasa, Balx shahrida Nazar Muhammad va Subhonqulixon
madrasalari, qator chorbog‘lar, Mozori Sharifda Hazrat Ali qabridagi
gumbaz va boshqa binolar barpo etiladi. Albatta, Ashtarxoniylar
davrida ham o‘ziga to‘q kishilar, amirlar, amaldorlar ham o‘zlarining
mablag‘lariga ko‘plab me’moriy yodgorliklar qurdirganlar. Masalan,
XVII asrda Xivada Arab Muhammadxon, Xojamberdi, Sherg‘ozixon
madrasalari qurilgan bo‘lsa, Buxoroda Poyandibiy otaliq masjidi,
Shodimbek, Nazrdevonbegi madrasalari,
Bozori Gusfand madrasasi,
Samarqandda Amir Yalangto‘shbiy tomonidan Registon maydonida
Sherdor va Tillakori madrasalari bunyod etilgan.
Bunday ulug‘vor va hashamatli binolar hukmdorning qudratidan
dalolat berishini, ularning nomlarini abadiylashtirishning eng maqbul
yo‘li ekanligini anglab yetganlar. Shuning uchun ham Shayboniy
hukmdorlar bir tomondan nafaqat Buxoro, balki o‘zlari bosib olgan
boshqa shaharlarda ham ko‘plab madrasalar, masjidlar va xonaqohlar
qurdirgan bo‘lsalar, ikkinchi tomondan, o‘zidan oldin yetti iqlimni
bo‘ysundirib o‘zining qudratini namoyish
qilgan Amir Temurga
g‘ayrlik bilan qaraganlar va Temur tomonidan bunyod etilgan eng
hashamatli va ulug‘vorlikda boshqa me’moriy yodgorliklardan ustun
bo‘lgan “Oqsaroy”ni vayron qilishga harakat qilganlar “Oqsaroy”ni
XVI asrdayoq Shayboniylar xonadoniga mansub yangi hukmdorlar
nafaqat a’lo sifatli g‘ishti uchun, balki saroy bunyodkorining
ulug‘vor xotirasini unittirish uchun ham buzib tashladilar.
Xulosa qilib aytganda, temuriylar davridan keyingi madaniy
hayotda adabiy-badiiy jarayon sezilarli darajada rivojlanishda davom
etdi. Lekin hayotning barcha sohalarini qamrab olgan mutanosiblik
ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotiga, ayniqsa, aniq fanlar
taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Shuningdek, diniy mutaassiblik
ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Natijada moddiy va ma’naviy boyliklar
ishlab chiqarish oldingi
davrlar – ilk Uyg‘onish va temuriyiar davriga nisbatan birmuncha
sust rivojlangan. Aholining ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi ham,
ilmiy tafakkur taraqqiyoti ham bir qadar susaya borgan. Bu davr
madaniyatining xarakterli xususiyati o‘zligini anglashga bo‘lgan
intilishning kuchaya borganligi bilan xarakterlanadi. Natijada tarix
fani taraqqiy etdi, hukmdorlarning nomlarini abadiylashtirishga