102
jiyani (singlisining o‘g‘li) Mavlono Haydar Alining o‘g‘li.
Naqqoshlar to‘g‘risidagi tazkira muallifi Sodiqiy kitobdor naqqoshlik
musavvirlikni shu Mavlono Muzaffar Alidan o‘rgangan. Shoh
Taxmosi Muzaffar Alining ishlarini Behzodnikidan ustun qo‘yar edi.
Mavlono Mir Ali va Mavlono Sultonali singari yozuv ustodlarining
qit’alarini ko‘chirganda ularning yozuvidan hech bir farq qilmas edi.
Sodiqiy kitobdorning yozishiga ko‘ra, u satranjni g‘oyibona ham
mohirlik bilan o‘ynar ekan. Kazvinda vafot etgan. Ustod Kamoliddin
Behzod yaratgan badiiy tasvir maktabi an’analari O‘zbekistonda bir
hayotligi nihoyatda quvonarli hodisadir. O‘zbek musavvirlarining
yangi asarlarini jahonning yirik san’ati xazinalarida ko‘rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: