106
hammad Shayboniy, Ubaydullaxon, Rustam Sulton, Abdulazizxon,
Abdullaxon Soniy va boshqa hukmdorlarining o‘zlari o‘qimishli
kishilar bo‘lishib, hatto she’riyatda qalam tebratganlar. Tarixiy ma’lu-
motlarga ko‘ra, Ubaydullaxon musiqa asboblarida kuy chalishning
ustasi, nozikhusnixat sohibi bo‘lgan.
Shu boisdan Abdulazizxon va
Abdullaxonlar o‘z davrining yetuk kutubxonalarini tashkil etganlar.
Kutubxonalar qoshida qo‘lyozma asarlardan nusxa ko‘chiruvchi, es-
kilarini ta’mirlovchi xattotlar va ustalar faoliyat ko‘rsatganlar.
Bu davr madaniyatining asosiy xususiyati – diniy mafkuraning
davlat mafkurasiga aylanganligidir. Shu boisdan diniy mafkura-
chilarni tayyorlovchi diniy madrasalar faoliyatiga alohida e’tibor
bilan qaralgan. Movarounnahrning ko‘pgina shaharlarida (masa lan,
Buxoro, Samarqand, Toshkent va boshqa shaharlarida) yangi mad-
rasalar bunyod etildi. Mazkur madrasalarda nafaqat sof teologik fanlar
o‘qitilgan, balki axloqshunoslik, tilshunoslik, adabiyotshunoslik,
tarix,
matematika, astronomiyaga oid fanlar ham o‘qitilgan.
Taxt tepasiga kelgan hukmdorlar izdan chiqib borayotgan ma’na-
viy hayotni qaytadan izga solish, ma’naviy tanazzulning oldini olish
maqsadida o‘sha davrda juda katta obro‘ga ega bo‘lgan shayxlarning
yordamiga suyanishga majbur bo‘ladilar. O‘z navbatida, shayxlar
mam lakatning siyosiy hayotiga bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsata bosh-
laydilar. Masalan, Juybor qishlog‘ilik mashhur shayxlar shayboniylar
davrida ham, ashtarxoniylar davrida ham jamiyatning ma’naviy
hayotini o‘z qo‘llariga oldilar.
XVI asrdan boshlab madaniy taraqqiyot, ilm-fan, adabiyot va
san’atning rivoji nafaqat umumjahon, balki mintaqa darajasidan
ham pastga tusha boshlaganligi ko‘zga tashlanadi. Mutaassiblikka
yuz tutgan dinning ma’naviy hayotga ko‘rsatadigan ta’siri natijasida
madaniyat milliy mahdudlik qobig‘iga o‘rala boshladi. Natijada
Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining ta’sir doirasi toraya bordi.
Shuningdek, bu davr madaniy taraqqiyotining susayishiga, eng avvalo,
Shayboniylarning qisqa muddatli bo‘lsa-da, o‘zaro taxt talashishlari
ham ta’sir ko‘rsatdi. Natijada XVI asrdan boshlab Movarounnahr
va Xuroson hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan ko‘pgina olimlar,
shoirlar, san’atkorlar tinch joylarni izlab Eron va mo‘tadil siyosat
yurgizayotgan Boburiylar huzuriga – Hindistonga yo‘l oladilar.
Faqatgina Abdullaxon Soniy davriga kelib Movarounnahr madaniy
103
Dostları ilə paylaş: