Web браузерлардан фойдаланиш ва web сахифа тушунчаси


-rasm. Xujjatni web saxifa kо‘rinishida saqlash



Yüklə 242 Kb.
səhifə3/8
tarix10.05.2023
ölçüsü242 Kb.
#110591
1   2   3   4   5   6   7   8
1. Matnli brauzerlar bilan ishlash

3-rasm. Xujjatni web saxifa kо‘rinishida saqlash.

MS Word da yaratilgan web saxifalar anchagina sodda bо‘lishiga qaramasdan, ularni formatlash va ranglash xisobiga kompyuter xotirasidan kо‘proq joy oladi.


MS FrontPage dasturi esa aynan web saxifalarni yaratish uchun mо‘ljallangan bо‘lib, unda web saxifalarni yaratish juda xam qulay. Bir ishchi oynada turgan xolda matnni xuddi MS Word dagi kabi formatlash, turli matnli animatsiya-effektlardan foydalanish mumkin. Shuningdek bir vaqtning о‘zida MS FrontPage avtomatik tarzda qilinayotgan ishlarning HTML tilidagi dasturini yozib boradi. Bu yozilgan dasturni MS FrontPage ning ishchi oynasining о‘ng-quyi qismida joylashgan HTML bо‘limini tanlash bilan kо‘rishimiz mumkin. Preview bо‘limida esa yaratilayotgan web xujjatni brauzer oynasida qanday kо‘rinishini kо‘ramiz. Ixtiyoriy vaqtda HTML tilida dasturga о‘zgartirish kiritish mumkin. MS FrontPage dasturining tо‘liq imkoniyatlari haqida keyingi mavzularda kengroq tо‘xtalib о‘tiladi.
Flash MX texnologiyasi
Flash texnologiyasi Shockwave Flash (SWF) formatidagi vektor grafikadan foydalanishga asoslangan. Albatta bu format eng kuchli formatlardan bо‘lmasada, SWF yaratuvchilariga grafikani imkoniyatlari, grafika bilan ishlovchi vositalar va natijani Web-saxifalarga qо‘shish mexanizmlarini birlashtirish о‘rtasida eng qulay yechimi topilgan. SWF ni qо‘shimcha imkoniyatlardan yana biri bu uning moslashuvchanligidir, ya’ni bu format barcha platformalarda (MacOS sistemali Macintosh kompyuterlari yoki Windows sistemali IBM kompyuterlarida) ishlatilishi mumkin. SWF ning yana bir qulay imkoniyati uning yordamida yaratilgan tasvirlar nafaqat animatsiyali bо‘lishi, balki interaktiv elementlar va tovush bilan boyitilishi mumkin.
Moslashuvchanlik va interaktiv multimediya dasturlarini yaratish imkoniyati SWF formatining Web-dizaynerlar о‘rtasidagi mashxurligini oshishiga imkon berdi. Shuning uchun bu format yaratilishi bilan bir vaqtda Macromedia firmasi tomonidan ikki asosiy tarmoq brauzerlari, Internet Explorer va Netscape Communicatorlar uchun komponentlar (Plug-In) yaratildi. Bu esa, о‘z navbatida SWF ni Internetda yana xam keng tarqalishiga olib keldi. Natijada ushbu brauzerlar yaratuvchilari SWF formatini о‘z dasturlarini asosiy formatlar bazasiga kiritishdi. Bu yо‘lni boshqa yirik dasturiy ta’minot yaratuvchilar (masalan, Adobe firmasi ) xam tutishdi.
Yana bir bor aytish kerakki, agar Macromedia SWF formatini juda oddiy va qulay uskunalar bilan ta’minlamaganda bu format shunchalik kо‘p muxlis orttirmagan bо‘lardi. xozirgi vaqtda ushbu uskunalarni bir qancha tо‘liq tо‘plamlari mavjud.
Ushbu uskunalarni bir turi (Macromedia Director Shockwave Studio) multimediyali prezentatsiyalar yaratish, boshqalari (Macromedia FreeHand va Macromedia Fireworks) grafik tasvirlar, uchinchilari esa (Macromedia Authorware va Macromedia CourseBuilder) interaktiv о‘rgatuvchi kurslarni yaratish imkoniyatini beradi. Lekin Web-yaratuvchilar orasida eng kо‘p ishlatiladigani bu Macromedia Flash dir, chunki ushbu dastur xar qanday saytga mashxurlik olib keluvchi Web-saxifalar yaratish imkonini beradi. Balki shuning uchundir SWF formatini oddiy qilib Flash deb atalishi odatga kirib qolgan. Shunday qilib Flash-texnologiyalari quyidagilardan iborat:

  • vektorli grafika;

  • animatsiyani bir qancha turlarida ishlash imkoniyati;

  • interfeysni interaktiv elementlarini yaratish imkoniyati;

  • sinxron ovoz qо‘shish imkoniyati;

  • HTML formati va boshqa Internetda ishlatiluvchi barcha formatlarga eksportni ta’minlash;

  • platformali mustaqillik;

  • Flash-filmlarni avtonom rejimda xam, Web-brauzer yordamida xam kо‘rishning imkoniyati mavjud.



vizual yaratish uskunalari mavjudligi Flash-film yaratuvchilarini kо‘plab murakkab operatsiyalardan xalos etadi, shuningdek Flash-texnologiyalarning texnik aspektlarini о‘rganish zarur bulmaydi
Flash - bugungi kunda bu texnologiyani qо‘llanilishining asosiy yо‘nalishi bu chiroyli va dinamik Web-saxifalar yaratishdir.
Flash-filmni brauzerda namoyish etilishini ikki usuli mavjud:

  • uni SWF formatida saqlash, sо‘ng sichqoncha yordamida fayl belgisini shu fayl saqlanadigan katalogdan brauzer oynasiga о‘tkazish (4-rasm);

  • Flash-filmni HTML formatiga eksport qilish, sо‘ng oddiy usul bilan brauzerda ochish.




Yüklə 242 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin