William Shakespeare


Umumlashtiruvchi darslarda ish turlari xilma-xil



Yüklə 98,2 Kb.
səhifə2/3
tarix12.04.2023
ölçüsü98,2 Kb.
#96445
1   2   3
bilimlarning mustaxkamlash darslarini tashkil etish

Umumlashtiruvchi darslarda ish turlari xilma-xil

  • Umumlashtiruvchi darslarda ish turlari xilma-xil bo’lib, o’qilganlar, ko’rilgan-kechirilganlar yuzasidan suhbat, illyustrativ materiallar (rasmlar, misollar)ni ko’rsatish va tahlil qilish, o’quvchilarning ayrim asarlardan parchalar o’qishi, ekskursiya va kuzatishlar haqida bolalarning og’zaki hikoya qilishi kabilardan fodalaniladi. Umumlashtiruvchi dars uchun ish turi darsning aniq maqsadidan kelib chiqib ta’minlanadi. Umumlashtiruvchi darslarga, asosan, quyidagi pedagogik talablar qo’yiladi.
  • O’quvchilar dasturdagi muayyan mavzu ustida ishlab, o’qiganlari, ko’rgan, eshitgani, kuzatganlari haqida o’z fikr-mulohazalarini dalil va erkin aytish imkoniyatlariga ega bo’lsinlar. Masalan, ma’lum bir mavzuni yakunlab o’tkazilgan umumlashtiruvchi darsda bolalar kitobdan shu mavzuga oid o’qigan hikoya va maqolalardan qaysi biri qiziqarliroq ekanini, shuningdek, biror hikoya yoki maqoladagi qatnashuvchi shaxslar, ularning xulq-atvorlari haqida o’z fikrlarini aytadilar, zarur bo’lsa, o’qilgan asar mazmunini qisqa bayon qiladilar. Agar mavzuni o’rganish jarayonida o’quvchilar bilan ekskursiya o’tkazilgan bo’lsa, ular ekskursiyadan ko’rganlaridan nimalar qiziqarli bo’lganini, qaysilari kuchli taassurot qoldirganini aytib berishlariga o’qituvchi yordam beradi. Bular o’quvchilar tafakkurini faollashtiradi, ularni faol fikrlashga o’rgatadi, o’stiruvchi ta’limning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.

Umumlashtiruvchi darsning muvaffaqiyati

  • O’qish kitoblarida berilgan savol va topshiriqlar bolalar qiziqishiga yaqin, ularning yosh xususiyatiga mos, shuning uchun ular yuzasidan bolalar to’g’ri yakun va umumiy xulosa chiqara oladilar. Mustaqil xulosa chiqarish tarbiyalovchi ta’limda muhim ahamiyatga ega.
  • Umumlashtiruvchi darsning muvaffaqiyati unga o’qituvchining qanday tayyorgarlik ko’rishiga bog’liq. Bunday darsda juda ko’p material yuzasidan umumiy xulosa chiqarishni rejalashtirib bo’lmaydi; bu darsda ko’p material yuklash o’quvchilar diqqatini chalg’itadi; idrok etish qobiliyatlarini pasaytiradi va faol fikrlashlariga xalal beradi. O’qituvchi umumlashtiruvchi darsda o’quvchilardan nimalarni so’rashini, biror narsaga oid yana nimalarni umumlashtirishini belgilab oladi; darsning maqsadi haqida o’ylab, bolalar tafakkuri va faoliyatini faollashtirishga ta’sir etadigan ish shakllaridan foydalanishni rejalashtiradi.

Yüklə 98,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin