Mutaxasislarning chet el tajribasini o’rganishlarini yengillashtirish maqsadida pedagogik hujjatlardagi atama va tushunchalarni unifikatsiyalash va tartibga solish.
Turli ta’lim modellari va talim sohasida amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlarni taqqoslash.
Kelgusida ta’limni rivojlantirishning istiqbolli va ishonchli yo’llarini bashoratlash.
Ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik rejasini ishlab chiqish.
Qiyosiy pedagogikaning boshqa pedagogika fanlaridan farqi.
Qiyosiy pedagogikaning boshqa pedagogika fanlaridan farqi.
Qiyosiy pedagogika birinchi navbatda didaktika, tarbiya nazariyasi va amaliyoti, pedagogika tarixi kabi fanlar bilan bog’liq. Pedagogika tarixi turli tarixiy davrlarda ta’limning rivojlanish masalalarini vertikal qiyoslab o’rgansa, qiyosiy pedagogikaning predmeti turli davlatlardagi ta’lim tizimini bitta davr ichida o’rganish, ya’ni gorizontal qiyoslashdir. “Vertikal” va “gorizontal” yondashuvlar birikmasi esa ko’rilayotgan muammoni to’liq, chuqur tavsiflashga imkon beradi. Shuningdek, qiyosiy pedagogik fanlarga oid bo’lgan falsafa, sotsiologiya, xronologiya, iqtisodiyot kabi fan sohalari bilan ham bog’liq.
Qiyosiy pedagogikaning asoschisi Mark Antua birinchi marta “qiyosiy pedagogika”, “qiyosiy tarbiya” atamalarini o’zining “Qiyosiy pedagogika bo’yicha tadqiqotlarga oid ocherklar va mulohazalar” degan asarida qo’llagan (Parij, 1817 yil).
1870 - 1900 yillar turli davlatlar umumiy majburiy ta’lim haqidagi hukumat qarorlarini qabul qiladi va o’z milliy ta’lim tizimini yaratadi.
Shu tariqa XIX asr oxirlarida qiyosiy pedagogika quyidagi vazifalarni amalga oshirdi:
-chet el pedagogik tajribasidan ma’lumotlar to’plash, qayta ishlash va chop etish;
-ma’lum davlat ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish uchun ilg’or tajribalami o’zlashtirish maqsadida turli ta’lim tizimlarning ijobiy jihatlarini aniqlash.
Londondagi Xalqaro ko’rgazma (1851 yil);
Vashingtondagi “Ma’rifat xizmatlari” (1866 yil);
Parijdagi “Pedagogika” muzeyi (1898 yil);
Birinchi xalqaro pedagogik jurnal “Slavyanskiy pedagog” (1871 y i l ) .
Mazkur davrda qiyosiy pedagogika bilan bog’liq quyidagi muassasalar va nashriyotlar tashkil topdi: