Wps presentation


Qiyosiy pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə6/8
tarix06.02.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#83066
1   2   3   4   5   6   7   8
Qiyosiy pedagogika 1-mavzu

Qiyosiy pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari
Qiyosiy pedagogikaning tadqiqot metodlariga tavsiflash, statistik, tarixiy, sotsiologik va analitik metodlar kiradi.
Tavsiflash metodi nihoyatda aniqlik va ob’ektivlikni talab etadi. Ushbu metod ta’lim tizimini boshqarish, o’qituvchilar tayyorlash, o’quv yurtlarining dastur va rejalari, bolalar va yoshlar faoliyatini tashkil etishda qo’llanadi.
Statistik metod tavsiflash metodi bilan uzviy bog’langan. Bu metod ta’lim tizimiga oid raqamlar, ma’lumotlarni tahlil va talqin qiladi, baholaydi. Xususan, o’qitish bosqichlari bo’yicha ta’lim oluvchilarning o’zlashtirishi, o’quvchilarning ijtimoiy tarkibi kabilar shular jumlasidandir.
Tarixiy metod ta’lim tizimining paydo bo’lishi va shakllanishi, uning rivojidagi an’analar va turli tarixiy davrdagi o’zgarishlarni tadqiq etadi. Zero, tarixiy metod tahlil qilinayotgan pedagogik hodisaning hozirgi holatini ancha chuqur tushunishga yordam beradi.
Sotsiologik metod boshqa metodlar bilan uzviy bog’liq. U ta’lim tizimining ijtimoiy xarakterini baholash, ta’lim tizimining maqsadi, vazifalari, mazmuni va metodlarini tahlil qilish kabilarni nazarda tutadi.
Analitik metod orqali ta’lim tizimining asosiy xususiyatlari ijtimoiy-siyosiy jihatdan baholanadi, ta’lim tizimining tuzilishigi asos bo’ladigan umumiy tamoyillar belgilanadi, ta’lim mazmuni va uning fan-texnika taraqqiyotining zamonaviy darajasi talablariga mosligi aniqlanadi.
D.Beredey va uning izdoshlari qiyosiy pedagogikaning tarixiy nuqtai nazardan shakllanish va rivojlanish jarayonini uchta davrga bo’ladi.
Birinchi davr - o’zlashtirish davri - XIX asrga to’g’ri keladi. Bunda chet el pedagogik tajribalari haqidagi aniq ma’lumotlarni yig’ish, tasnif qilish, ta’riflash ishlariga alohida e’tibor beriladi. Bu davr uchun qiyosiy pedagogika tadqiqolari natijalaridan foydalanish Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarida ta’limning G’arb modelini yoyish maqsadida amalga oshirilgan.
Ikkinchi davr - “bashorat”(prognostik) davri - XX asrning birinchi yarmini o’z ichiga oladi. Bu davrda sof ko’chirmakashlikdan voz kechish kuzatiladi, o’rganilayotgan davlatlarning madaniy-tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari bilan bog’liq holda qiyosiy pedagogikaning nazariy asosiarini ishlab chiqish ahamiyati orta borib, qiyosiy pedagogikaning prognostik vazifalari rivojlanadi.
Uchinchi davr – ilmiy

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin