Qiyosiy pedagogikani Qiyosiy pedagogika - jahon, mintaqaviy, milliy ta'lim tizimi rivojining umumiy va alohida istiqbolli yo’nalishlari, qonun va qonuniyatlarimng o’ziga xosliklarini taqqoslash haqidagi fan
Qiyosiy pedagogika fani global doirada ta’lim tizimirivojlanishining holati, asosiy yo’nalishlari va qonuniyatlarini tahlil etadi, milliy va hududiy o’ziga xosliklardagi umumiy ko’rinishlami ochib beradi,xalqaro pedagogik tajribaning ijobiy va salbiy jihatlari, milliy pedagogic madaniyatni boyitish shakl va usullarini aniqlashtiradi
Qiyosiy pedagogikaning obyekti-zamonaviy dunyoda insonni ijtimoiy-madaniy rivojlantirish jarayoni, shuningdek, global, hududiy va milliy doirada ijtimoiy instutut hisoblangan ta’lim tizimi.
Qiyosiy pedagogikaning predmeti - jahon (chet el va milliy) pedagogik tajribani rivojlanishholati,tendentsiyalari va qonuniyatlari hamda zamonaviy milliy pedagogik madaniyat
Qiyosiy pedagogikaning predmeti haqida pedagog olimlar turlicha fikr bildiradilar. Jumladan, polyak olimi B.Navrochinskiy qiyosiy pedagogikaning tadqiqot predmeti maktab tizimi, ta’lim - tarbiya metodlari, sharoitlari va omillari, bu sohada erishilgan natijalar va pedagogik nazariya deb hisoblaydi. B.Suxodol’skiy esa qiyosiy pedagogikaning tadqiqot predmeti ancha keng ekanligini, u ta’lim tnazmuni va metodlari, o’qitishni tashkil qilish masalalarini ham qamrab olishini ta’kidlaydi.
Qiyosiy pedagogika ~ jahon, mintaqaviy, milliy ta'lim tizimi rivojining umumiy va alohida istiqbolli yo’nalishlari, qonun va qonuniyatlarining o’ziga xosliklarini taqqoslash haqidagi fan.
Qiyosiy pedagogikaning asosiy vazifalari:
Chet el ta’lim tizimi rivojining real jarayonlarini aks ettiruvchi yangi va yaxshi, ma’lum bo’lmagan jihatlarini tizimli bayon etish.
Jahon mamlakatlarida ta’lim tizimi rivojlanishining muhim qonuniyat va tendentsiyalarini aniqlash hamda tahlil etish va tizimlashtirish
Turli davlatlar ta’lim tizimi sifati va samaradorligini baholashning ilmiy asoslangan mezonlarini aniqlash.
Talim sohasidagi siyosatning asosiy yo’nalishlarini aniqlash.
Uzluksiz ta’lim tizimidagi barcha bo’g ’inlaming mavjud holati va rivojlanish istiqbollarini tahlil qilish.
Turli davlatlar ta’lim tizimining rivojlanishidagi salbiy va ijobiy jihatlari, yutuqlari va kamchiliklarini aniqlash.
Ta’lim sohasida ijobiy va salbiy holatlarning yuzaga kelishini aniqlovchi ijtimoiy - siyosiy va iqtisodiy sharoitlami o’rganish.
Bir davlat ta’lim tizimini boshqa davlatga ko’chirishning natijalarini bashorat qila olish.
O’rganilayotgan ta’lim tizimidagi umumiylik va o’ziga xoslik jihatlarini aniqlash.