Hozirgi kungacha qiyosiy pedagogika va chet el pedagogikasi - bir fan sohasining turlicha nomlanishi bo’lib, sinonim tushunchalardir degan qarash mavjud. Biroq mazkur yondashuv aniq tuzatish kiritishni talab etadi. Chet el pedagogikasi tavsifiy xarakterga ega bo’lib, uning asosiy maqsadi - chet el ta’limining o’ziga xosligini tavsiflovchi hodisa va dalillarni to’plash va tizimlashtirishdir. Shubhasiz, bu jahon pedagogik tajribasini chuqur va har tomonlama to’liq o’rganishning muhim jihati va zaruriy sharti. Biroq qiyosiy pedagogika o’zida zaruriy nazariy- metodologik komponentlarni tashkil etadi. To’g’ri ayrim holatlarda qiyosiy pedagogika axboriy funktsiyani ham bajaradi, biroq uning asosiy funktsiyasi turli mamlakatlardagi o’ziga xosliklarni hisobga olgan holda ta’limni rivojlantirishning muhim global qonuniyatlari va tendentsiyalarini aniqlash hamda tahlil etishdir.

So’nggi vaqtlarda respublikamizda jahon ta’lim tizimini qiyosiy o’rganish va ilg’or tajribalarni respublikamizda ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Rus olimi M.Sokolova
ta’lim-tarbiya pedagogik nazariyasi va amaliyoti rivojlanishining yo’nalishlari, umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadigan, iqtisodiy, ijtimoiy - siyosiy va falsafiy asoslari hamda milliy o’ziga xoslikni ochib beradigan soha deb qaraydi.
N.Belkanov
qiyosiy pedagogikani ta’limdagi globallashuv, baynalmilallik va integratsiya natijasi deb qaraydi
K.Musm
qiyosiy pedagogika dunyoning turli davlatlarida turli tarixiy davrlarda ta’lim-tarbiya pedagogik nazariyasi va amaliyotining holatini o’rganadi, pedagogika va maktab amaliyotining xalqaro tajribasini o’rganish va foydalanish yo’llari hamda shaklini aniqlaydi, o’z davlatida ta’lim-tarbiya modelining kelajagini bashorat qiladi.