1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish ta
4. Infektsion, invazion va tabiiy o‘choqli kasalliklar. Ye.N. Pavlovskiy ta’limoti. Akademik Ye.N. Pavlovskiy ta’rifi bo‘yicha, kasallik qo‘zg‘atuvchilari odam va hayvonlarga qon so‘ruvchi bo‘g‘imoyoqlilar orqali o‘tsa bunday kasalliklar transmissiv yoki tabiiy o‘choqli kasalliklar deyiladi. Tabiiy o‘choqli kasalliklarning tarqalishida bo‘g‘moyoqlilarning ahamiyati nihoyatda katta. Bo‘g‘imoyoqlilarni qon so‘ruvchi parazitligidan ko‘ra kasallik qo‘zg‘tuvchilarini sog‘lom odam va hayvonlarga yuqtirishi xavfli hisoblanadi.
Masalan: bezgak, tif, virusli ensefalit, leyshmanioz, tripanasomoz. Transmissivis – lotincha so‘z bo‘lib, olib o‘tish, tashib o‘tish, o‘tkazish degan ma’nolarni anglatadi. Transmissiv kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilarini tabiatda manba (makon) lari mavjud bo‘ladi.
Transmissiv kasalliklarni tabiiy o‘choqlari u yoki bu geografik mintaqalarga moslashganligi bilan xarakterlanadi .
Masalan: o‘rmonlarida kana ensefaliti, cho‘llarda tif, o‘lat (chuma) o‘choqlari, sharqiy hududlarda yapon ensefaliti,
issiq yarim cho‘l va cho‘llarda esa teri leyshmaniozi va boshqalar uchraydi. Tabiatda odam va hayvonlar yashamaydigan (Masalan: tayga, tundra, cho‘l, sahro) joylarda ma’lum bir kasalliklarning manbalari uchrab turadi va ular tabiatda uzoq vaqt saqlanadi.
Ana shunday joylarga odamlar yoki hayvonlar borib qolsa bu kasalliklar yuqishi mumkin. Transmissiv kasalliklarni odam va hayvonlarga yuqishi uchun:
Parazitar kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini yuqtirish yo‘llari turlicha. Ularni asosiylari quyidagilar:
1. Kontaktli (parazitlar kasal hayvonlardan sog‘ mollarga, ular birga boqilganda va molboqarlar orqali, trixomonadalar va boshqalar).
Kontaktli o‘z navbatida passiv va faol bo‘ladi (passiv-trixomonadalar jinsiy yo‘l orqali, faol: shistosomalarning lichinkalari faol teri orqali o‘tishi). Kasallik qo‘zg‘atuvchilari kasallangan organizmlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontakt orqali yuqadi (qichima, tif, toksoplazma va boshqalar).
2. Aerogenli-qo‘zg‘atuvchilar (havo yo‘li) nafas yo‘llari orqali yuqadi (gripp, toksaplazmoz, tuberkulyoz, pnevmosistoz).
3. Suv orqali-kasallik qo‘zg‘atuvchilari bilan ifloslangan suv iste’mol qilish bilan bog‘liq (amyobali va bakteriyali dizinteriya, vabo (xolera), qorin tifi va boshqalar). 4. Alimentar yoki kasallik qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari orqali (parazitlarning tuxum va lichinkalari chorva mollariga passiv holatda yem-xashak, suv, oraliq xo‘jayini orqali oshqozon va ichakka tushadigan.
Masalan: parazit chuvalchanglar, koksidiyalar, balantidiylar, toksoplazmalar va boshqalar. 5. Perkutan (teri orqali) yo‘li bilan.
Masalan: qon so‘ruvchi bo‘g‘imoyoqlilar, piroplazmalar, tripanosomalar, onxoserka, parafilariya lichinkalarini teri orqali yuqtiradi.. 6. Burun teshigi, ko‘z orqali (burun tomoq bo‘kasi, telyaziya). 7. Transplasentar yo‘l bilan. Ona qornida (ayrim parazitlar onadan bolaga kindik orqali o‘tadi. Masalan: neoaskaridalar, taksokaralar, toksoplazmalar, trixinellalar.
Qo‘zg‘atuvchi va tashuvchi o‘rtasida uzoq davom etgan o‘zaro munosabatlarni evolyutsion moslashuvi natijasida tashuvchilikning ikki xil yo‘li kelib chiqdi: mexanik va spesifik yo‘llari. Mexanik tashuvchilar organizmida kasallik qo‘zg‘atuvchilari ko‘paymaydi, rivojlanmaydi, ular yordamida bir joydan ikkinchi joyga o‘tadi va ma’lum vaqt tashuvchilarda saqlanadi (pashshalar, suvaraklar). Spetsefik tashuvchilar. Ular organizmida kasallik qo‘zg‘atuvchilari ma’lum bosqichni o‘taydi. Natijada, tashuvchi va qo‘zg‘atuvchi o‘rtasida ma’lum biologik bog‘ hosil bo‘ladi va ular ma’lum tur, avlodga mansub bo‘lishlari kerak.
Masalan, bezgak parazitida-Anofeles avlodiga mansub bezgak chivinlari, leyshmaniyada – iskabtoparlar va hokazolar. Spetsifik tashuvchilar kasallik qo‘zg‘atuvchilarini o‘zlarida uzoq vaqt saqlaydilar.