1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə8/27
tarix21.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#188979
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish ta

Invazion kasalliklarni nomlash.
Parazitologiya sohasida yaqin yillargacha parazitar kasalliklarga ilmiy asoslangan nom berilmagan edi.
Bu esa parazitar kasalliklarning nomini atashda chalkashliklarga sabab bo‘lib, tashxis qo‘yishda qiyinchilik tug‘dirar edi.
Shu sababli K.I.Skryabin va R.S.Shults zoologiya qoidalariga asoslangan holda invaznon kasalliklarga yangi nom taklif qilishib, uni ilmiy asoslab berdilar.
Invazion, parazitar kasalliklarning nomini atash uchun shu kasallikni qo‘zg‘atadigan parazitlar avlodining nomiga «oz» yoki «yoz» qo‘shimchasini qo‘shish kerak.
Masalan, Haemonchus avlodi vakillari qo‘zg‘atadigan kasallik gemonxoz yoki Fasciola avlodi vakillari qo‘zg‘atadigan kasallik fastsiolyoz deb ataladi.
Agarda kasallikni qo‘zg‘ayotgan parazitlar birgina avlod vakillari bo‘lsa, bunday kasalliklar birlik bilan ataladi.
Masalan, Hypoderma bovis va Hypoderma lineata gipodermatoz kasalini yoki Opisthorchis felineus - opistorxozni qo‘zgaydi.
Parazitologiya fanida kasallik qo‘zg‘atuvchilarning qaysi sinfga, turkumga, kenja turkumga, oilaga kirishiga ko‘ra invazion kasalliklarga umumiy nom beriladi.
Masalan:
Trematodalar sinfi vakillari qo‘zg‘aydigan kasalliklarning umumiy nomi trematodozlar,
Spiruratalar kenja turkumlari qo‘zg‘aydiganlari-spiruratozlar, Echinostomatidalar oilasi vakillari qo‘zg‘aydigan kasalliklar esa exinostomatidozlar deyiladi.
Invaziya bilan infektsiya o‘rtasidagi bog‘lanish.
1901-yilda I.I.Mechnikov gelmintlar migratsiya davrida hayvon organizmiga o‘zlari bilan birga turli mikroblarni olib kirishi to‘g‘risidagi fikrni aytgan edi.
Qator ilmiy tekshirishlar natijasida bu mikroblarning hayvon organizmida to‘liq yoki qisman voyaga yetib, unga zarar yetkazishi aniqlangan.
Bu to‘g‘rida akad. K.I.Skryabin “Invaziya infeksiyaga darvoza ochadi”, deb ta’riflagan edi.
Invaziya ta’sirida infektsion jarayonlarning kechishi ham o‘zgaradi. Paraskaridalar bilan zararlangan chorva mollarida soqov kasali og‘ir o‘tadi, alfartioz yoki delafondioz bilan zararlangan toylarda esa salmonellyoz kasalining klinik belgilari rivojlanadi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin