Me’yorlashtirilgan tillar adabiy til me’yoriga ega bo‘lgan tillardir. Bunday tillarga adabiy shakliga ega bo‘lgan barcha tillar kiradi. Adabiy til tarixiy taraqqiyot jarayonida takomillashib, o‘zgarib boradi.
Kreol tillari Yevropa mustamlakachilarining afrikaliklar, Sharq mamlakatlari xalqlari va Amerika hindulari bilan muloqoti natijasida mahalliy aholi tillariga Yevropa (fransuz, ingliz, portugal) tillari xususiyatlarining singishidan hosil bo‘lgan tillardir. Masalan, Amerikadagi Gaiti oroli mahalliy aholisi tilining fransuz tili bilan aralashuvi natijasida giti-kreol, Lotin Amerikasidagi mahalliy aholi tili bilan ispan tilining aralashuvidan ispan-nauatal kreol tili hosil bo‘lgan. Kreol tillarining har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularda birdan ortiq tilning xususiyatlari yaxlit holda namoyon bo‘ladi.