Amaliy mashg’ulot savollari


Investitsiya faoliyatining shakllanishi va tartibga solinishi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə2/5
tarix03.05.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#106984
1   2   3   4   5
6- mavzu Amaliy mashg

Investitsiya faoliyatining shakllanishi va tartibga solinishi.

Investitsiya tushunchasi. Investitsiya soxasidagi qonunchik. Investitsiya
turlari va uning obyektlari. Investitsiya shartnomasi tushunchasi. Investitsiya
shartnomasi asosida javobgarlik. Investitsiya faoliyati tushunchasi va uning
subyektlari “Investitsiya” so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib “kapital quyilmasi”
degan ma’noni anglatadi. Investitsiyalar iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga
kiritiladigan moddiy va nomodiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar hisoblansa,
investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiyalarini amalga oshirish bilan
bog’liq harakatlari majmuyi investitsiya faoliyati deb yuritiladi. Investitsiya
faoliyati tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning bir ko’rinishidir. Shuning
uchun ham tadbirkorlikka xos bo’lgan belgilar, ya’ni mulkiy mustaqillik,
tashabbuskorlik va tavakkalchilik unga ham xos bo’lgan xususiyatdir. Investitsiya
faoliyatining subyektlaridan biri investor bo’lib u o’z mablag’larini, qarzga olingan
va jalb etilgan mablag’larni, mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqlarni,
shuningdek, intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya faoliyati obyektlariga
jalb etishni amalga oshiradi. Bunday o’ziga xos faoliyat subyektlarining yana bir
katta guruhi mavjud bo’lib, ular investitsiya faoliyati ishtirokchilari, deb yuritiladi
va ularning asosiy vazifasi investorning buyurtmalarini bajaruvchi sifatida
investitsiya faoliyatini ta’minlash bo’lib hisoblanadi
Investor va investitsiya faoliyatining ishtirokchilari- subyektlari quyidagilar
bo’lish mumkin:
- O’zbekiston Respublikasining rezidentlar- fuqarolari, yuridik shaxs;
- Mahalliy davlat hokimiyat organlari va davlat boshqaruvi organlari;
- xorijiy davlat, xalqaro tashkilotlar va chet ellik yuridik shaxslar hamda
fuqarolar, shuningdek, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar va O’zbekiston
Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolari;
- hamkorlikda investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va
jismoniy shaxslar, shuningdek, davlatlar va xalqaro tashkilotlar.
16Investorlar buyurtmachi (mablag’ kirituvchi), kreditor, sotib oluvchi
bo’lishlari, shuningdek, investitsiya faoliyati ishtirokchisi vazifasini bajaruvchi
ham bo’lishlari mumkin.
nvestitsiya faoliyati davlat tomonidan tartibga solinadi. Davlat investitsiya
faoliyatining qonunchilik negizini takomillashtirish, soliq to’lovchilar va soliq
solish obyektlarini, soliq stavkalari va ularga doir imtiyozlarni tabaqalashtiruvchi
17soliq tizimini qo’llash, normalarni, qoidalar, standartlarni belgilash, monopoliyaga
qarshi choralarni qo’llash, kredit siyosati va narx siyosatini o’tkazishga va boshqa
tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash va
boshqa yo’llar bilan bunday faoliyatni amalga oshiradi. Investitsiya kiritishdan
asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir.
Investitsiya kiritishda, avvalo: investitsiya faoliyatini subyektlarining
mustaqilligi va tashabbuskorligi; kiritilayotgan moddiy ne’matlarga investitsiya
maqomini berish ; qonun bilan belgilangan investitsiya faoliyatini amalga oshirish
imkoniyati yaratilishi zarur bo’lib hisoblanadi.
Investitsiya faoliyatining obyekti moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab
chiqarish obyektlari hisoblanadi.




  1. Yüklə 0,82 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin