asboblar energiya kattaliklarini o‟lchaydi. Dozimetrik asboblar schyotchiklar
chiqishida ionlashtiruvchi nurlanishning schyotchik ishchi hajmida yo‟qotilgan
energiya hosil qilgan ionizatsion tokni yoki elektr zaryadini o‟lchashga asoslangan.
Schyotchik chiqishida ma‟lum vaqt oralig‟ida hosil bo‟lgan yig‟indi zaryad
kattaligiga qarab nurlanishning dozasi, energiyasi to‟g‟risida ma‟lumot olish kerak.
Agar schyotchik chiqishida hosil bo‟lgan ionizatsion tok kattaligi o‟lchanganda
nurlanishning doza quvvatiga mos keladigan intensivligini, energetik kattaliklarni
aniqlash mumkin. Quyida
𝛼, 𝛽, 𝛾 ionlashtiruvchi nurlanishlarni o‟lchaydigan
asboblar ko‟rib chiqiladi.
Nurlanishlarni qayd qiladigan sistema detektor va o‟lchash appaturalaridan
iborat. Detektorning ishlash prinsipining asosi – ionlashtiruvchi nurlanishlarning
moddaga ta‟siridir. Detektor qayd qiluvchi qurilmaning asosiy qismi hisoblanadi.
Detektor o‟lchanayotgan ionlashtiruvchi nurlanishlar to‟g‟risidagi ma‟lumotlarni
energiyasini, turini, oqim zichligini va b. qayd qilish uchun qulay bo‟lgan boshqa
turdagi energiyaga aylantirib beradi. Masalan, elektr signallariga aylantirib beradi.
Detektorda nurlanishlarning modda bilan o‟zaro ta‟sir jarayoni ketadi.
O‟lchaydigan apparatura detektor chiqishida hosil bo‟lgan signalni qabul qiladi va
o‟lchaydi. Gaz to‟ldirilgan detektorlarga signal zaryadlangan zarralarning moddani
ionlashtirishi natijasida hosil bo‟ladi.
𝛼, 𝛽 va 𝛾-nurlarni o‟lchashda integral va differinsial metodlardan
foydalaniladi. Integral metodda nurlanishning detektorga ma‟lum vaqtda ta‟sir
qilishidan hosil bo‟lgan yig‟indi effekti o‟lchanadi (ionizatsion kamera
plastinkalarida to‟plangan elektr zaryadi va b.). differinsial metodda alohida
zarralar qayd qilinadi (ionizatsion kameralar, schyotchiklarda elektr impulslari,
fotoplastinkalarda va Vilson kamerasida zarralar izlari).
Dostları ilə paylaş: