Qiya chiziqlar
chizishda
Qisqa shtrixlashda
Yoy chiziqlar
chizishda
Uzun shtrixlar
o‘tkazishda
Qiya-tik
chiziqlar
chizishda
Uzun, ingichka
shtrixlar chizishda
To‘g‘ri-ochiq
chiziqlar
chizishda
Uzun, yo‘g‘on
Kengroq tekislikni
shtrixlar berishda
bo'yashdagi shtrixlar
chizishda
12- rasm. Qalam ushlash va shtrixlash.
Rasm chizish uchun unchalik qiyin bo'lmagan predmetlami
tanlash,
ulami yaxshilab kuzatish, tahlil qilish kerak. Tahlilda esa
predmetning shakli, tuzilishi, rangi,
turish holatlari sinchiklab
kuzatiladi, ulami qanday tasvirlash haqida atroflicha fikrlab olinadi.
Odatda, rasm chizuvchi eng awalo predmetning ikki oMchovi,
ya’ni balandligi va ejiim yaxshi chamalay olishi lozim. Shu bilan
birga, balandligi va eni yaxshi ko‘rinadigan, ya’ni yassi shaklga
ega bo‘lgan predmetlar rasmini chizishni atroflicha o‘rganib olish
zarur. Shu boisdan narsaning o'ziga qarab rasm chizishni ba
landligi va eni asosida yoki yon tomonidan, umuman,
bir tomo-
nidan qaraganda predmet haqida to‘la tasawur beradigan narsalar
rasmini chizish bo‘yicha mashq qilishdan boshlash maqsadga
muvofiqdir.
Bunday predmetlar qatoriga daftar varag‘i, daftar muqovasi,
uchburchak chizg‘ich, konvertlar,
bayroqcha, kapgir, arra, barg-
lar, belkurak, baliq kabilar kiradi.
Bu predmetlar rasmini chizish bo‘yicha
malaka hosil qilin-
gach, hajmli predmetlar rasmini chizishni boshlash mumkin.
Albatta, dastlab geometrik shakllardan hajm birligi sifatida qabul
qilingan kub rasmini chizish maqsadga muvofiq. Chunki, kub
predmetlaming uch o‘lchovini to la ko‘rsatib beradigan yagona
shakldir. Shu boisdan tasviriy san’atdan bilim va malaka berishning
bosh didaktikasi — sistemali, ya’ni osondan qiyinga qarab borish-
dan iboratdir. Narsaning o ‘ziga qarab rasm chizish o‘quvchiga
rasm chizishni o‘rgatishning va badiiy ijodga yo‘llashning
asosiy
omilidir. Ishni rasmdagidek sistemada olib borish keyingi ijobiy
natijalar garovidir (13- rasm).
Rasm chizuvchi malakasining oshib borishi bilan rasmi
chiziladigan predm etlar va postanovkalar
murakkablashtirib
boriladi. Natura, naturmort va postanovka uchun qush va hay-
vonlar, hatto odam qomatini tasvirlashni ham tavsiya etish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: