B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi


Turli shakldagi shartli-yassi predmetlar



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

Turli shakldagi shartli-yassi predmetlar
rasmini chizish
To'rtburchak shakldagi yassi predmetlar rasmini chizishni 
o‘rganib olgandan so‘nggina turli shakldagi shartli holda qabul 
qilingan yassi predmetlar rasmini chizish osonroq bo‘ladi.
Shartli yassi predmetlar qatoriga bir tomondan qaraganda 
shu predmet haqida to ‘la m a’lumot beradigan narsalami kiritish 
mumkin. Bunday rasmlami chizish uchun yaxshi rasm chizadigan- 
lar tanlab olinadi va chizdiriladi.
Bayroqcha rasmini chizish. 
Bayroqchalar turli shakllarda 
bo‘ladi (15- 
a
rasm). Ular ko'pincha to ‘rtburchak va bir tomoni 
qirqilgan holda bo‘ladi. Ulaming rasmini chizish xuddi to'rtbur- 
chak shaklidagi predmetlar rasmini chizgandek, daftar yuzasidan 
uning umumiy balandligi, kengligi aniqlab olinadi. Shundan so‘ng 
rasm da k o ‘rsatilganidek, uning asosiy elem entlari chizib, 
bo‘yaladi.
d
IS- 
a, b, d
rasmlar.
63


Bolg‘a rasmini chizish. 
Bolg‘a rasmini chizish uchun uni 
tik holda rasm chiZuvchi qarshisiga qo‘yiladi. So‘ngra daftami tik 
holda qo‘yib, bo]g‘aning ko‘rinishi bo‘yicha rasm daftarining 
varag‘i o ‘rtasidan tik chiziq chiqarib, yuqoridan va pastdan 
m a’lum joy qoldirib, bolg'aning umumiy balandligi aniqlab 
olinadi. So‘ngra yuqoridagi 15
- b
rasmda ko‘rsatilganidek, 
bolg‘aning metall qismi shaldi chizib olinadi va ish rasmdagidek 
davom ettiriladi. Bolg‘a rasmini chizish uni shtrixlab bo‘yash 
bilan yakunlanadi.
Kapgir rasmini chizish. 
Kapgir ko‘rinishi va tuzilishiga ko‘ra 
rasmini chizish ancha qulay predmet hisoblanib, buning uchun 
uni rasm chizuvchining to ‘g‘risiga osib qo‘yiladi. Daftami tik 
holatda qo‘yib, kapgirning balandligi va uning umumiy kengligi 
aniqlab olinadi. So‘ngra uning doira shaklidagi qismining kengligi 
va balandligi belgilanadi. Shundan so‘ng 15- 
d
rasmdagidek 
bosqichlarda ish davom ettiriladi.
Belkurak, tennis raketkasi, rubob, badminton raketkalari 
rasmini ham shu tartibda chizish mumkin.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin