Mavzu 2. Bolalar psixologiyasi muammolarini o’rganilishi. Chaqaloklik davrining psixologik xususiyatlari va uning psixodiagnostikasi
Reja:
Bolalalar psixologiyasini o’rganishda ularni yosh darlariga ajratishdagi muammolar
2. Chaqaloqlik va go’daklik davrining psixologik xususiyatlarini diagnostika qilish
3. Chaqaloqlik davrida psixologik rivojlanish xususiyatlarini o’rganish
Bolalikni yosh davrlarga ajratish, uni tabaqalash bolalar psixologiyasida juda qadimiy muammolardan biridir. Bolaning aql-idroki, fel-atvori, voqelikka munosabati, jismoniy va psixik o’sishi, rivojlanish xususiyatlari uning taraqqiysi bilan o’zgarib turadi. Bu o’zgarish uning faoliyati va hayot kechirishidagina emas, balki yoshiga ham bog’liqdir. Masalan: Hozir tug’ilgan bola bilan undan bir xafta ilgari tug’ilgan bola orasida ham farq bor. Yangi tug’ilgan bola gavdasining sondan bo’yingacha bo’lgan qismi uzun, oyoqlari kalta, boshi nisbatan katta, bo’yni qisqa, bosh suyagi esa hali qotmagan bo’ladi. U shartsiz reflekslar bilan dunyoga keladi va vaqt o’tgan sari u ham jismoniy, ham psixologik tomondan shakllanib boradi. Bunday o’zgarishlar turli oy va turli yoshlarda yaqqol ko’zga tashlanadi. O’sib ulg’ayish bolaning jismoniy taraqqiyoti bilan bo’lsa, sifat o’zgarishlari bolaning psixik tarqqiyoti bilan bog’liqdir. Bolada yuz beradigan sifat o’zgarishlari birdaniga sodir bo’lmaydi, asta –sekin yuzaga keladi. Bolalarni turli yosh davrlarga ajratishda ularning hayotida yuz beradigan sifat o’zgarishlari, yani uni psixik taraqqiyoti jihatidan yangi bosqichga ko’tarishlari asos qilib olinadi. Bolalarni turli yosh davrlarga ajratishda turlicha fikrlar juda qadim zamonlardan beri fanga malumdir. Ko’pchilik olimlar bolalarni turli yosh davrlarga ajratishda faqatgina jismoniy o’sishni asos qilib, uni:
1) chaqaloqlik davri,
2) balog’atga erishish davri,
3) balog’atga erishgandan keyingi davr deb tabaqalangan bo’lsalar, bazi birlari esa:
1) emish davri
2) emaklash davri,
3) ikki oyolab yurish davri deb davrlarga ajratishgan yana bazi olimlar masalan P.P. Blonskiy
1) tishsiz bolalik davri
2) sut tish davri
3) doimiy tish davri
4) doimiy tishni tushish davri (qarilik) deb ajratganlar. Bunday bolalikni davrlarga ajratishda faqat ularni fiziologik va biologik belgilarigagina suyanib, pisixik xususiyatlar hisobga olinmagan.
Sharq mutafakkiri Abu Ali ibn Sino ham bolalikni quyidagi davrlarga ajratgan:
podsholik davri 5 yoshgacha
qullik davri (6-12 yoshgacha)
O’rtoqlik do’stlik davri deb bolaning keyingi taraqqiyoti davrini nazarda tutgan.
Podsholik davrida bolaning yoshligi uni aytganini kattalar tomonidan bajarilishini, bola o’zini “shirin” qiliqlari, gaplari bilan kattalarni o’ziga rom qilishni etiborga oladi. 6-12 yoshgacha bo’lgan davrni qullik davri deb bejiz aytmagan, albatta Chunki bu davrda bolani xulq atvorga o’rgatish, kishilar bilan o’zaro munosabatlarda qoida –qonunlarga bo’ysunish, mehnatga o’rgatish, unga nisbatna ijobiy munosabatni shakllantirish, bilim olish o’qish, o’rganish, mehnat qilishda qiyinchiliklarga bardosh berish, milliy ananalarimizga sadoqatli bo’lish, kattalarni, mehnatini qadrlash kabilarga muhabbat ruhida tarbiyalashda bolaga nisbatan etibor qaratgan.
Do’stlik davri esa bolaga do’stlarga munosabatda bo’lish ularni xurmat qilish, qilgan ishlarini qadrlash, munosbatalarda samimiy bo’lish lozimligini nazarda tutadi.
Chet el psixologlari ham bolalikni davrlarga ajratish masalasiga katta etibor berilgan. Jumladan Shveytsariyalik psixolog J.Piaje bolaning aql idrokiga xos bo’lgan xususiyatlariga qarab:
1) sensomotor intellekti (0-2 yoshgacha);
2) operatsiyalardan ilgari tafakkur davri (2-7 yoshgacha)
3) aniq operatsiyalar davri (7,8-11,12 yoshgacha);
4) rasmiy operatsiyalar davri deb ajratadi.
Frantsuz olimi, psixolog A.Valon bolaning jismoniy rivojlanishga qarab (xomilaning ona qornidagi davri, impulsiv harakat davri- 0-6 oygacha, xis-tuyg’u davri -6 oydan-1 yoshgacha sensomotor davri -1-3 yoshgacha; shaxsga aylanish davri -3-5 – yoshgacha; farqlash davri -6-11 yoshgacha; jinsiy etilish va o’spirinlik davri (12-18 yoshgacha) deb ajratgan. Shuningdek chet el psixologiyasida bolani psixik rivojlanishi tomonidan davrlarga ajratish to’g’risida ko’pgina materiallar to’plagan. Bu materiallar asosida bolalikni 2 keskin davrga ajratilgan.
1) go’daklik davridan maktabgacha tarbiya davriga o’tishdagi inqiroz davri (3 yoshlik inqiroz davri deb ataladi);
2) kichik maktab davridan o’smirlik davriga o’tishi (balog’atga etish inqirozi davridir)
Bu ikki davr o’rtasida juda katta farq va o’xshashliklar mavjud. Jumladan xar ikkala davr ham o’zining mustaqilligi va kattalar bilan o’zaro munosabati jihatidan farqlanadi.
Rus psixologlari P.P.Blonskiy va L.S.Vigotskiylar bolalikni davrlarga ajratishda bolaning yashash sharoitini o’zgarishi, talim-tarbiya mazmuni va usullarini o’zgarishini ham taraqqiyotga tasir etishini alohida etiborga olish lozimligini ko’rsatadilar. Ular har bir yosh davr psixik rivojlanishda alohida sifat o’zgarishlariga, bola shaxsining to’zilishida turli xususiyatlarning shakllanishi bilan farqlanishiga asoslanadilar. Shuningdek L.S.Vigotskiy aqliy taraqiyotni ikki bosqichini: aktual o’sish bosqichi va eng yaqin o’sish bosqichini ajratadi. U yosh davrlarga ajratishning ilmiy manbai rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruxiy yangilanishlarga tayanib deb bolalikni quyidagi bosqichlarga ajratadi.
Chaqaloqlik davri -2 oygacha bo’lgan davr inqirozi.
Go’daklik davri -2 oylikdan 1 yoshgacha bo’lgan inqiroz davri.
İlk bolalik davri 1-3 yoshgacha bo’lgan inqiroz davri.
Maktabgacha davr -33 yoshdan 7 yoshgacha inqiroz bo’lgan davr.
Maktab yoshi davri -8-12 yoshgacha inqiroz bo’lgan davr.
Pubertat (jinsiy etilish) davri -14-18 yoshgacha bo’lgan inqiroz davri.
Kyinchalik, rus psixologi D.B.Elkonin bolalikni psixik taraqqiyot va bola faoliyati xarakteriga qarab 3 asosiy guruhga ajratadi.
Dostları ilə paylaş: |