77
suvlardir. Bunday suvlar termoyadro qurolini suv ostida tekshirilganda, uran
olinganda hosil bo‘ladi.
Suv havzalarini ifloslantiruvchi eng kuchli manbalardan biri hozirgi zamon
qishloq xo‘jaligi ob‘yektlaridir. Endigi muammo ifloslangan suvni tozalash. Suv
havzalari o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, unda vaqti-vaqti bilan o‘z-o‘zini
tozalash jarayoni sodir bo‘lib turadi.
Bunda quyosh nuri ta‘sirida organik moddalar parchalanib, mikroblar qirilib
turadi. O‘z-o‘zini tozalash
jarayonida bakteriyalar, bir hujayrali hayvonlar,
mog‘orlar, suv o‘simliklari faol ishtirok etadi. Bu jarayonda ayniqsa,
chiqindi
suvlarning suyultirilishi katta ahamiyatga ega. Suv ma‘lum masofada o‘z-o‘zini
tozalash imkoniga ega bo‘lib, agar oqova suv miqdori ko‘p bo‘lsa suv o‘z-o‘zini
tozalay olmaydi. Suv havzalaridagi suvga qo‘shimcha ifloslik tushmasa 24 to‘rt
soat ichida 50% atrofidagi bakteriyalardan o‘zini tozalashi mumkin. 48 soat ichida
faqat 0,5% mikrob qoladi. Qish kunlarida bu jarayon ko‘proq davom etadi, shu
sababli chiqindi suvlar avval tozalash inshootlaridan o‘tkazilib, so‘ngra suv
havzalariga oqiziladi.
Inson organizmi uni o‘rab turgan tashqi muhit bilan chambarchas bog‘liq.
Demak, tashqi muhitning ifloslanishi kishi organizmiga salbiy ta‘sir etar ekan.
Shuning uchun ham tashqi muhitni asrash inson sog‘lig‘ini saqlash demakdir.
Tashqi muhit omillaridan biri ifloslangan suvdir. U organizmga ta‘sir qilish
va kasallik keltirib chiqarish jihatidan katta ahamiyatga ega. Ayniqsa u meda-
ichak, gepatit va boshqa turli yuqumli kasalliklar tarqatishda muhim rol o‘ynaydi.
Shuning uchun ham chiqindilar tashlanadigan
suv tez-tez bakteriologik
jihatdan tekshirib turilishi kerak. Bu bir tomondan ochiq suv havzalarini
ifloslanishdan asrasa, ikkinchi tomondan shu bilan bog‘liq ko‘pgina kasalliklarning
oldini oladi.
Xo‘jalik chiqindi suvlari aholining kundalik
hayoti davomida hosil
bo‘ladigan va turli moslamalar yordamida kanalizatsiya tarmoqlariga tushadigan
chiqindi suvlardir. Bu suvlar tozalash inshootlariga oqib boradi. Chiqindi suvning
umumiy miqdorini bilish uchun har bir kishiga sarflanadigan suv miqdori hisoblab
78
chiqiladi. Sanoat korxonalarida esa har bir ishlab chiqilgan mahsulotning bir qismi
uchun sarflanadigan suv miqdori yig‘indisi hisoblab chiqiladi. Suv sarfi o‘sha joy
aholisining madaniyati, taraqqiyot darajasiga bog‘liq.
I.M.Tavartkladze va boshqalarning fikricha, taraqqiy etgan davlatlarda suv
iste‘moli kishi boshiga sutkasiga 800-900 litrga to‘g‘ri keladi.
Rivojlanmagan
mamlakatlarda esa 30 litrga teng.
Dostları ilə paylaş: