Dunyo aholisi geografiyasi


II BOB DUNYO AHOLISI DINAMIKASI VA TARKIBI



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə6/9
tarix16.06.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#131157
1   2   3   4   5   6   7   8   9
II BOB DUNYO AHOLISI DINAMIKASI VA TARKIBI
2.1 DUNYO AHOLISINING TARKIBI(YOSH,JINSIY,MILLIY,DINIY)
Ilmiy manbaalarda qayd etilishicha, Yer kurrasida aholi yashab kelgan maskanlar, areallarning ko`pchiligi juda qadimdan boshlab shakllanib kelgan. Dunyo hududlari bo`ylab aholining joylashuvi haqidagi dastlabki ma‘lumotlar eramizdan 5 ming yil oldingi davrga ta'luqli bo`lib, ushbu davrda dunyo aholisining 66 foizi (20 mln. kishi) Osiyoda, 17 foizi (5 mln. kishi) Afrikada, 10 foizi (3 mln. kishi) Xorijiy Yevropada, 3 foizi (1 mln. kishi) MDH davlatlarida, 3 foizi (1 mln. kishi) Shimoliy va Lotin Amerikasida hamda 1 foizi (0.5 mln. kishi) Avstraliya va Okeaniyada joylashgan ekan.
Hozirgi kunda dunyo aholisi soni 7 milliard 950 millionga yetdi va uning 59,5 foizi Osiyo, 9,5 foizi Yevropa, 17,5 foizi Afrika, 13,0 foizi Amerika va 0,5 foizi Avstraliya va Okeaniya davlatlarida istiqomat etadi [7].
Tadqiqotlar tahlili ko`rsatishicha, dunyo aholisining soni asrimizning birinchi ming yilligida 245 dan 345 mln kishigachani tashkil etgan bo`lsa, XIII asrda Yevropada va Osiyoning qator davlatlarida tarqalgan turli xil yuqumli kasalliklar aholi soni ko`payishiga olib kelmadi, XIV asrda hatto dunyo aholisi soni kamaydi. Mutaxassislarning fikricha, aholi o`sish sur‘ati kam bo`lishigaqaramay, 1500 yillarda yer shari aholisi soni 425 - 450 mln kishiga yetdi.
XIX asrning ikkinchi yarmida yer shari aholisi soni ko`payish sur‘ati 0,8 foizga teng bo`ldi. Turli manbalarning bergan ma‘lumotlariga ko`ra, 1900 yilda dunyo aholisining soni 1,5 martaga ortgan, yoki 1,550 – 1,760 mln kishiga etgan.XX asrning birinchi yarmi aholi soni ko`payishi uchun juda qiyin va qarama-qarshiliklar davri bo`lgan. Chunki, bu davrda bir tomondan Osiyo va Amerikada aholi soni tezlik bilan o`sib boradi, ikkinchi tomondan ikkita jahon urishi (1914 –1918 yy; 1939 – 1945 yy.) aholi miqdori ortishiga faqat salbiy ta‘sir etadi. Ammo shunga qaramasdan, yer shari aholisi ko`payishda davom etadi, masalan, 1927 yilda dunyo aholisining soni 2 mlrd kishini tashkil etgan bo`lsa, 1950 yilda 2,558 mln kishiga etgan. Dunyo aholisining dinamikasidagi o`zgarishlarda XX asrning ikkinchi yarmi alohida iz qoldirgan davr bo`ldi.
O`rta asrlarda ham dunyo aholisining soni ko`payib bordi, lekin aholiningko`payish sur‘ati nisbatan sekin bo`lgan. Birinchi ming yillikning oxirida dunyoaholisining soni 250-300 millionni tashkil yetgan bo`lsa, ikkinchi ming yillikning o`rtalarida bu ko`rsatkich 400-500 millionga yetgan. Jumladan, Osiyoda – 250 million, Yevropada 65-80 million, Amerikada 30-50 million, sobiq SSSR hududida esa 15-20 million aholi istiqomat etgan. Ushbu davrda ba‘zi davlatlarda bosqinchilik, urushlar,xo`jaliklar izdan chiqishi natijasida, aholi sonining kamayib ketganligi ham kuzatiladi.
XII-XV asrlarda dunyo aholisining ma‘lum qismi yuz bergan katta urushlar tufayli qirilib ketdi. Ayniqsa, bu urushlardan Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa mamlakatlari aholisi katta talafot ko`rdi. Urushlar nafaqat aholining bevosita qirilib ketishiga, balki, xo`jaliklarni, ishlab chiqarishni izdan chiqarish hisobiga sodir bo`lgan ocharchilik sababli hayotdan bevaqt ko`z yumushlariga olib kelgan. Agar dastlabki 500 yilda (1000-1500 yillar) yer yuzi aholisi 135 millionga ko`paygan bo`lsa, 1500-1750 yillarda yoki 250 yilda esa bu ko`rsatkich 288 millionni tashki lqildi, ya‘ni aholining o`sishi 2 marta tezlashdi. XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab aholining o`sishi yanada tezlashdi. Dunyo aholisining 1000 yildan 2005 yilgacha bo`lgan o`sishiga nazar tashlasak, aholi eng tez ko`paygan davr XX asrdir. 1900-1950 yillarda yer shari aholisi har yili o`rtacha 0,90 % dan ko`paygan bo`lsa, 1950-2000 yillarda bu ko`rsatgich 1,75 % ga etdi. XXI asrning dastlabki yillarida esa dunyo aholisi sonining ko`payish sur‘ati birmuncha sustlashdi. 2000 –2009 yillarda dunyo aholisining o`rtacha yillik ko`rsatkichi 1,42 % tashkil etmoqda. Hozirgi davrda (2021 y.) yer sharida 7,9 milliarddan ortiq kishi istiqomat qilishmoqda.
Aholi sonining ko`payib borishida dunyo hududlari bo`yicha keskin tafovutlar mavjuddir. Natijada, XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshlariga kelib, sayyoramizda hududiy xususiyatlarga ega bo`lgan demografik muammolar vujudga keldi. Ba‘zi davlatlarda moddiy boyliklar ishlab chiqarishga nisbatan aholi soni juda tez ko`payib borib, “aholi ko`payishi” muammosini yuzaga keltirgan bo`lsa, ba‘zi hududlarda esa aholi tug`ilishining keskin qisqarishi, ya‘ni demografik mezondan kamayib ketishi oqibatida, “demografik qarish” muammosi kuzatilmoqda. “Aholi ko`payishi” muammolari asosan rivojlanayotgandavlatlarda kuzatiladi, dunyo aholisining ko`payishi ham deyarli ushbu davlatlarbilan bog`liqdir.
1967-yilda esa yer shari aholisi 65 millionga oshdi. Undan 56 millioni rivojlanayotgan davlatlar aholisining ko`payishi hisobiga ro`y berdi. Dunyoaholisining bunday tez ko`payishini olimlar “demografik portlash”, deb izohladilar. Rivojlanayotgan davlatlarda XX asrning ikkinchi yarmida aholisonining ana shunday tez sur‘at bilan o`sishi, asosan, uchta demografik omilgabog`liq bo`lgan. Ulardan birinchisi – tug`ilishning yuqori darajada saqlanibqolayotganligi. Ikkinchisi o`limning pasayganligi va aholi umr ko`rish davomiyligining uzayganligidir.
Rivojlanayotgan davlatlarda bir tomondan, feodal va ibtidoiy jamiyat munosabatlarining saqlanib qolishi, ikkinchi tomondan, mustamlaka tuzumining uzoq xukm surishi ularning dunyodagi iqtisodiy jihatdan rivojlanmagan agrar regionlar sifatida saqlanib qolishiga sabab bo`ldi, natijada, sanoat rivojlanmadi. Aholining asosiy qismi qishloqlarda istiqomat etib kelgan. Qishloq turmush tarzi esa, tug`ilishning yuqori bo`lishiga olib keluvchi asosiy omillardan hisoblanadi. Undan tashqari ayollarning ijtimoiy tengsizligi, aholining savodlilik darajasining nihoyatda pastligi, qator musulmon davlatlarida ko`pbolalikni qo`llab –quvvatlovchi an‘analarning mavjudligi, homiladorlikni oldini oluvchi vositalarniva ular haqidagi tushunchalarning keng tarqalmaganligi kabi omillar ham rivojlanayotgan davlatlarda aholi tug`ilishining yuqori bo`lishiga olib kelgan.
Yer kurrasi aholisi 2012 yilda 7 milliarddan oshdi. BMT ma‘lumotlarigaqaraganda, dunyo aholisi 2015 yilgacha har yili 80-85 million kishidan ko`payibborgan. Statistik ma‘lumotlar ko`rsatishicha, yer shari aholisi asrimiz boshidan tohozirgi davrga qadar 3,5 marta ko`paygan. Aholining tez sur‘at bilan ko`payishiXX asrga to`g`ri keldi va bu asosan rivojlanayotgan davlatlar hisobiga bo`lmoqda. Agar 1950–1990 yillarda aholi butun yer sharida yiliga o`rtacha 1,8 % ko`payganbo`lsa, rivojlangan davlatlarda esa bu ko`rsatkich 0,9 % ni va rivojlanayotgandavlatlarda esa 2,1 % ni tashkil qiladi. 2000 yil avval yer sharida 200 million kishiyashagan va uning aksariyati Osiyoda joylashgan. Hozirga kelib yer yuzida aholi quyidagicha tarqalgan:
• Yevropa (Rossiya Fedaratsiyasining Yevropa qismi bilan birgalikda)……....740 mln
• Osiyo (Rossiya Fedaratsiyasining Osiyo qismi bilan birgalikda) ..................4216 mln
• Afrika .............................................................................................................1051 mln
• Amerika ...........................................................................................................942 mln
• Avstraliya va Okeaniya ......................................................................................37 mln.
BMT prognoziga ko`ra dunyo aholisi 2000 y. - 6 030 mln, 2005 y. - 6 550, 2017 y. — 7536 mln, 2025 y. — 8082 mln kishiga yetadi.
Dunyoda aholi soni bo`yicha birinchi o`rinda Xitoy davlati bo`lib, 2021 yildauning aholisi 1,45 milliarddan oshdi. Ikkinchi o`rinda esa Hindiston davlati turadi. 2021 yilda Hindiston aholisi ham 1,4 milliarddan oshdi. Xitoy va Hindiston aholisi Yershari aholisining 36,7 foizini tashkil etadi [10].
Aholi soni bo`yicha keyingi o`rinlarda AQSH (335,0 million), Indoneziya(243,3 million), Braziliya (215,7 million), Pokiston (228,1 million), Bangladesh(167,8 million), Nigeriya (214,6 million), Rossiya (146,0 million), Yaponiya(126,4 million) va Meksika (131,8 million) [7] davlatlari turadi.
XX asrning ikkinchi yarmida dunyoning hamma mintaqasida aholining o`rtacha yillik o`sish sur‘ati pasaydi, Xorijiy Yevropada, bu ayniqsa, sezilarli bo`ldi, faqatgina Afrikada bunday hodisa ro`y bermadi. Mazkur qora mintaqada hamon “demografik portlash” kuzatilmoqda. 2000—2025 yillarda ham Afrikada bu holat saqlanib qoladi. Oxirgi 30 – 40 yil ichida aholisi tez ko`payibborishi xos bo`lgan, rivojlanayotgan davlatlardagi demografik vaziyat qatormutaxassislarni “dunyoda aholi ortiqchaligi paydo bo`ladi”–degan tashvishga hamolib keldi.
Rivojlanayotgan davlatlarda aholi ko`payishining asosiy sababi o`limning keskin kamayishi, tug`ilish darajasining yuqoriligi hamda o`rtacha umr ko`rish muddatining oshganligidir. Hozirgi paytda dunyo aholisining deyarli 60 % XorijiyOsiyoda, 15 % ga yaqini – Afrikada, 13 % - Amerikada, 11 % Xorijiy Yevropada, 0,5 % - Avstraliya va Okeaniyada, hamda 6 % - MDH tarkibiga kirgan davlatlarda istiqomat qilishadi. Aholi sonining tez oshib borishi Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarida kuzatilib, ularda aholi yiliga 2,5 – 3 % dan ko`payib bormoqda.
G`arbiy, Sharqiy, Markaziy Afrikadagi qator davlatlar, Shimoliy Afrikadagi G`arbiy Saxara, Sudan, Janubiy Afrikadagi Namibiya, Svazilend davlatlari, Shuningdek G`arbiy, Markaziy va Janubiy Osyodagi ba‘zi davlatlar (Saudiya Arabistoni, Quvayt, Eron, Omon, Falastin, Yaman, Afg`oniston, Butan, Laos)da hozirgi davrda hamaholining tabiiy o`sishi ancha yuqori darajada saqlanib kelmoqda va ularda hamaholini tez ko`payish muammosi qayd etilmoqda. Aholining bunday tez sur‘atlarbilan o`sishi esa aholini oziq – ovqat, ish va yashash joylari bilan ta‘minlashdekmuhim, jiddiy iqtisodiy muammolarini[8; 9-bet] keltirib chiqaradi.
Ilmiy manbalarda XX asr oxirlarida planetamizda 1 milliard aholikambag`allikda yashayotganligini, 500 million aholi to`yib ovqat emayotganligini, har kuni 35 ming kishi ochlikdan halok bo`layotgani, dunyodagi 36 ga yaqin davlatlar mavjud aholisini o`z resurslari yordamida boqa olmasligi haqidama‘lumotlar keltirilgan. XXI asr boshlariga kelib sayyoramizda shiddat bilanko`payib borayotgan aholini boqish muammosi bilan bir qatorda ekologikmuammolar ham keskinlashib bormoqda. Ularga yer hosildorligini kamayibborishi, yer, suv va o`simlik dunyosining ifloslanib, o`rmonlarning kamayishi, natijada, azon tuynugini kattalashib, aholi salomatligiga salbiy ta‘sir etayotganligini qayd etish mumkin.
Yer shari aholisi soni uning ba‘zi hududlarida juda tez ko`payib borayotgan bo`lsa, ba‘zi hududlarida esa aholi soni ko`payishi demografik mezon darajasidan kamayib ketgan. Bunday holatni Yevropadagi barcha davlatlarda, ShimoliyAmerika davlatlari, shuningdek, janubiy Amerika va Osiyodagi ba‘zi davlatlardakuzatish mumkin.
Dunyo aholisi soni dinamikasi va hududiy tarqalishi xususiyatlarinio`rganish aholi geografiyasining muhim vazifalaridandir. BMT ma‘lumotlarigako`ra 2017 yilda dunyo aholisining soni 7,5 milliarddan oshib ketdi. Mutaxassislarprognoz etishlaricha dunyo aholisining soni 2025 yilda 8 milliardga, 2050 yillardaesa 9,4 milliardga yetar ekan.
Afrika. Hozirgi davrda (2021 y.) Afrika aholisi 1393 mln. kishiga etgan. Ushbu ko`rsatkich dunyo aholisining 17,5 foizini tashkil etadi. Qit‘a aholisi har yili3 foizdan, ba‘zi davlatlarida esa 4,6 foizdan (Mozambik) ko`payib kelgan. 2000 –2010 yillarda aholini ko`payish sur‘ati kamayib, yiliga o`rtacha 2,65 % ni tashkiletmoqda. Amerika qit‘asi aholisi 2017 yilda 1005 million kishini tashkil etgan. Aholining 37,1 foizi Shimoliy Amerikada, 16,5 foizi Markaziy, 41,9 foizi JanubiyAmerikada va qolgan 4,5 foizi esa Karib dengizidagi davlatlarda istiqomat etadilar. Amerika aholisining shakllanishi ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish tarixi bilanbog`liqdir. 2000-2010 yillarda qit‘a aholisi yillik o`sish sur‘ati 0,87% ni tashkil etgan [9]. Bugungi kunda dunyo aholisining 13,5 foizi Amerika hissasiga to`g`rikeladi.
Osiyo. 2017 yil ma‘lumotiga ko`ra qit‘a aholisi soni 4494 million kishiga yetgan. Bu qit‘ada sayyoramiz aholisining eng ko`p qismi – 60,5 foizi istiqomatetadi. Osiyo aholisining 32,3 foizini Xitoy va 28,4 foizini Hindiston aholisi tashkiletadi. Hozirgi davrda qit‘a aholisi faqat tabiiy o`sish hisobiga (1,2 %) ko`payib bormoqda. Aholining tabiiy o`sishi Iroq, Iordaniya, Palastin, Pokiston, Nepal, Tojikiston, Fillipin va Sharqiy Timor davlatlarida yuqori bo`lib 2,1 – 3,1 foizni tashkil etadi.
Yevropa. Yevropada aholi soni 2021 yili 750 millonga teng. Bu ko`rsatkich dunyo aholisining 9,5 foiziga tengdir. Yevropa dunyo qit‘alari ichida aholisinisbatan sekin ko`payib kelgan hududdir. Mutaxassislar XX asr oxirida Yevropaaholisining ko`payish sur‘ati deyarli to`xtashi (0,3%) haqida prognoz etgandilar. Darhaqiqat, XXI asr boshida Yevropada aholining tabiiy o`sishi 0.0 % ga tushibqolgan. Yuqorida qayd etilganidek Yevropaning qator davlatlari demografikinqirozga yuz tutgan. Bugungi kunda Yevropa davlatlaridan Buyuk Britaniya 68,6mln, Germaniya 83,8 mln, Italiya 60,5 mln kishi bilan aholi soni bo`yichayetakchilik qilishmoqda. Bulardan Italiya va Germaniyada tabiiy ko`payish manfiy -2 tani tashkil etayotganligi aholi soni kamayishini yanada tezlashishiga olib keladi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin