Dunyo aholisi geografiyasi


I BOB DUNYO AHOLISI SHAKLLANISHI VA KO’PAYISHI



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə2/9
tarix16.06.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#131157
1   2   3   4   5   6   7   8   9
I BOB DUNYO AHOLISI SHAKLLANISHI VA KO’PAYISHI
1.1 DUNYO AHOLISINI TABIIY VA MEXANIK KO’PAYISHI

Ilmiy manbaalarda, sayyoramizda inson ajdodlarining payo bo`lishi davri xaqida turlicha qarashlar majud. Ko`pchilik antropolog olimlar fikricha, sayyoramizda bundan 5-7 million yil avval insonning dastlabki ajdodlar (Australopetiklar) Afrika va Osiyoning tropik va ekvatorial zonalarida yashaganlar. Keyin, 2-3 million yil oldin australopetiklardan eng qadimgi insonlar - arhatroplar shakllanganlar va ular sharqiy Afrikada istiqomat qilganligini qayd etganlar. Bundan 600-700 ming yil muqaddam insonning eng qadimgi ajdodi bo`lgan arhantroplar paleontroplarga, Pitekantroplarga va Neandertallarga aylanganlar va Janubiy-Sharqiy hamda Janubi-G'arbiy Osiyoga targalganlar. Nihoyat, Bundan Tahminan 40-50 ming yil ilgari Insonning ongli (Homo Sapines) ajdodi shakllangan. Ongli insonning paydo bo`lishi Mezolit davriga to`g`ri keladi. Aholi soni haqidagi dastlabki ma'lumotlar eramizdan oldingi davrga taalluqli bo`lib, bu davrda yer kurrasida bor-yo`g`i bir necha yuz ming kishi yashagan holos. Aniqroq ma'lumotlar bo`yicha esa eramizdan 7 ming yil oldin yer kurrasida 10 milliona yaqin aholi yashagan. Ular har 1000 yilda tahminan 10-20% dan ko`payib borgan holos. Aholining bunday sekin ko`chirish aholi o`rtasida o`lim hollaring yuqoriligi bilan izohlanadi. Ushbu davrda aholi orasida o`limning umumiy koeffitsienti 50 promille va undan yuqori bo`lgan. Ayniqsa bolalar, o`limi yuqori bo`lgan. Aholi ko`proq ochlikdan, kasalliklardan va qabilalararo bo`lib turgan to`qnashuvlardan ko`p halok bo`lganlar, aholining o`rtacha umr ko`rishi 20 yildan oshmagan.


Shuni alohida qayd etish lozimki, har bir davr aholisining ko`payishi va rivojlanishi shu davrning ishlab chiqarish usuli va munosabatlariga, turmush darajasiga, yashash sharoitlariga bevosita bo`g'liq bo`lgan. Jamiyat rivojlanishining birinchi bosqichida yer yuzi bo`yicha aholining ko`payishi juda sekin kechgan. Aholi sonining ko`payib borishida va joylashuvida qabilalar joylashgan maskanlarning tabiy sharoitlari, suv resurslari, iqlim asoslari omil hisoblangan. Turli tabiy ofatlardan ba'zi qabilalar qirilib ketgan. Ainiqsa, sovuq iqlimli, qishi uzoq davom etuvchi hududlarda aholi sovuqdan, ocharchilikdan koʻplab halok bo`lgan. Ana shu bois, Yevrosiyoning shimoliy qismida aholi juda siyrak joylashgan. Amerika va Avstraliya paleolit ​​davri davrining ohirlarida juda kam aholi istiqomat etgan. Tabiiy sharoiti inson yashashi uchun qulay, suv resurslari mavjud hududlarda, ya'ni, Oʻrta Yer dengizi atroflarida Shimoliy Afrika, Yevrosiyo materigining janublarida esa aholi zichroq joylashgan.
Ibtidoy jamoa davrida, aholining yashash sharoiti juda o`gir edi.Insonlar g`orlarda istiqomat etishgan. Tog' toshlardagi tabiiy g`orlar odamlar uchun yakkayu-yagona boshpana vazifasini o`tagan. Eng muhimi qorin to`yg`azish,biron bir joyda tunash bo`lgan. Ular ovchilik va turli hil yovvoyi o`sgan mevalar bilan kun ko`rishgan, tabiy ofatlarga qarshi kurasha olmaganlar.Muhitning tabiiy ta'siriga ongli choralar qo`llay bilmaslik sababli, aholi oʻrtasida oʻlim ham yuqori bo`lgan. Manbalaarda yozilishicha, ibtidoiy jamoa davrida aholining o`rtacha umr ko`rishi 20-25 yoshni tashkil etgan, holos.Ibtidoy davr odamlari hozirgi davr odamlariga nisbatan 3-3,5 marta kam yashaganlar. Shunday bo`lsa-da, aholi soni sekinlik bilan ko`payib borgan.
Aholining ko`payishining asosiy sababi tug'ilishning yuqori darajada(fiziolog imkoniyatlar darajasida) bo`lganligidir. Demak, bir tomondan insonning tabiiy ofatlar oldida ojizligi, o`zaro nizolari, uning kamayishiga olib kelsa, tug'ilishning yuqori darajada bo`lganligi aholini sonining ma'lum darajada kuchayib borishiga sabab bo`lgan. Ibtidoy jamoa davrida Janubiy Osiyo, Yevropaning janubiy qismlarida, Afrika qit'asida aholi nisbatan zich yashagan. Yevrosiyo materigining shimoliy rayonlarida, Avstraliya va Amerikaqit'alarida aholi juda siyrak joylashganlar.Ushbu davrda dunyo aholisi sonimuda sekin o`sgan. Tahminan, bundan 15 ming yil Ilgari Mezolit davrining boshida yer kurrasida bir necha millionaholi yashagan holos. Neolit davrining boshida esa dunyo aholining soni 10milliona yetgan. Aholining asosiy qismi Janubiy va Sharqiy Osiyoda, Afrikava Janubiy Yevropada joylashgan. Yevrosiyoning shimoliy qismida aholi yashamagan. Avstraliya va Amerika hududlarida ham juda kam aholi yashagan.Shimoliy va Janubiy Amerikada 100-200 ming kishi yashaganligi hagida ma'lumotlar bor.
Ibtidoy jamoa davrida tug'ilish juda yuqori (1000 odamga nisbatan 45-50ta) darajada bo`lgan tug'ilishni yuqori bo`lishi erta nikohlar va tartibsiz oila - nikoh munosabatlari bilan bog'liq bo`lgan. Lekin, ko`pchilik ayollar o`zlariningreproduktiv davrini to`la yashay olmaganlar. Ularning o`g'ir turmush sharoiti,tibbiy xizmatlarning yo`qligi hayotdan juda erta ko`z yumishiga sabab bo`lgan. Ko`pchilik ayollar farzand ko`rish davrida halok bo`lganlar. Ushbu davrda nafaqat ayollar balki, bolalar, erkaklar o`limi ham yuqori bo`lgan. Aholi ochlikdan, antisanitariya holatidan, qabilalararo to`qnashuvlardan, yovvoyi hayvonlar hujumlaridan, tabiiy ofatlardan va turli epidemiyalardan halok bo`lganlar. Ibtidoy davr odamlarning o`rtacha yashash muddati 20-25 yilnitashkil etgan, xozirgi davr odamlarning umr ko`rish muddatidan 3-3,5 marta kamroq bo`lgan. Aholi guruh-guruh qabila bo`lib yashaganlar. Ba'zi qulay tabiiy sharoitda yashagan qabilalarda aholi songa nisbatan tezroq ko`paygan, tabiiy sharoiti noqulay joyda yashagan qabilalarda esa ochlik, kambag'allik tufayli aholi o`limi yuqori bo`lib, aholi soni juda sekin o`sgan.
Insoniyat tarixida sug`orma dehqonchilikning rivojlanishi oziq-ovqatning ko`payishiga, aholi moddiy turmush sharoitining bir muncha yaxshilanishiga olib keldi. Xususiy mulkining payo bo`lishi, sinfiy jamiyatga asos soldi. Ibtidoy jamiyat bag`rida feodalistik ishlab chiqarish munosabatlari shakllana boshladi. Dunyoda madaniyat markazlari payo bo`ldi, aholiga tibbiy xizmat ko`rsatish yo`lga qo`yildi. Sodir b`lgan ijtimoy-iqtisodiy o`zgarishlar aholi o`rtasida o`lim hollarining kamayishiga, o`rtacha umr ko`rish muddatining bir muncha uzayishiga sabab bo`ldi. Natijada dunyo aholisining soni ko`paya boshladi. Qadimgi Misrda fir'avnlar davrida 7 million, Vavilonda esa 4-5 million aholi yashaganligi ma"lum. Eramizning boshida dunyo aholisi 200-250 mln ni tashkil qilgan va ularning 50 millioni Rim impireyasida istiqomat qilgan.Aholining yana 40-50 millioni esa Xitoy va Hindiston hududlarida yashagan.Shimoliy-G'arbiy Yevropada esa aholi juda kam - 1 million atrofi bo`lganligi qayd etiladi [4; 7].
O`rta asrlarda ham dunyo aholisining soni ko`payib bordi. Lekin, aholining ko`payish sur'ati nisbatan sekin bo`lgan. Birinchi ming yillikning ohirida dunyo aholisining soni 250-300 millionni tashkil etgan bo`lsa, ming yillikning o`rtalarida bu ko`rsatkich 400-500 millionga yetgan. Jumladan, Osiyoda - 250 million, Yevropada - 65-80 million, Amerikada - 30-50 million, Sobiq Ittifoq hududida esa - 15-20 million aholi istiqomat qilgan. Ushbu davrida ba'zi davlatlar, urushda bosqinlar, ho`jaliklarning barbod bo`lishi natijasida aholi sonining kamayib ketganligi ham kuzatiladi.
Aholi sonining ko`payib borishida jamiyat ishlab chiqarishining mukammalashib borishi, jamiyatda sodir bo`lgan mehnat taqsimotlari - ya'ni chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi bilan bog‘liq omil hisoblanadi. Eramizdan 7-8 ming yil oldin Yagin Sharq hududlarida juda ko`p qabilalar ovchilikdan chorvachilikka, dehqonchilik qilishga o`ta boshladilar. Xo`jalik yuritishdagi yangi sharoit qabilalardagi aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashni yaxshiladi, oziq-ovqat zaxiralari yaratildi. Natijada, aholining o`lim hollari nisbatan kamaydi. Lekin, aholining turli epidemiyalardan, qabilar orasida bo`lib turuvchi urushlardan o`lim hollari yuqori edi.
Xo`jalik yurutishning yangi shakli sababli, qabilalarning bir joydan ikkinchi joyga muntazam ko`chib yurishi birmuncha barham topdi. Qabilalar dehqonchilik, chorvachilik bilan shug'lanishi natijasida o`troq xayotga o`ta boshladilar. Bu hol esa ayollar hayotining bir oz yaxshilanib, tug`ilishning ko`tarilishiga sabab bo`ldi. Tug'ilishning ko`tarilishi esa dunyo aholisi sonining ko`payib borishiga olib keldi. Ushbu davrda erta nikohlar va ko`pbolalilik deyarli barcha aholiga xos bo`lgan. Lekin sinfiy jamiyatning paydo bo`lshida tug'ilishga ta'sir etuvchi bazi sabab ham shakllana boshladi.
Masalan, quldorlik davrida qullar, askarlar aholining takror barpo bo`lishi jarayonida ishtirok etmasdilar. Shuningdek, ba'zi diniy qarashlar: masalan, buddizm ruhoniylarining nikohsizlik va farzandsizlik holatlarini inson ruhini qutqarishi maqsadida qo`llab quvvatlanardi. Ishlab chiqarish kuchlarining yanada takomillashuvi aholi o`rtasida sinflar va davlat payo bo`lishiga olib keldi. Jamiyat asta-sekin ibtidoy tuzumdan quldorlik davriga (sinfiy jamiyatga) o`tdi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti rivojlana boshladi. Jamiyat taraqqiyotidagi bu natijalar aholining ibtidoy tuzum davriga nisbatan ancha tez edi. Buning assosiy sababi nikohga kirishi, tug'ilishning cheklanmagani edi. Quldorlik tuzumi davrida ham aholi o`rtasida o`lim ancha yuqori bo`lgan, sababi - ko`pgina qishloq va shaharlarda aholining juda zich joylashuvi va gigiena-sanitariya sharoitlarining yo`qligi tufayli yuqumli kasalliklarning keng tarqallanganligidir.
Aholi o`rtasida madaniyatning rivojlanishi, qadimiy markazlarning paydo bo`lishiga olib keldi. Ushbu madaniyat markazlari yer kurrasining sug`oriladigan hududlarida ( Mjsr, Mesopotamia, Hindiston, Xitoy va boshqa hududlar) shakllandilar. Dunyo hududlarida umumiy aholi soni eramizdan avvalgi 5 ming yillikda 30 million atrofida bo`lgan. Ana shu davrda yer yuzida aholi joylashuvining hozirgi areallari paydo bo`lgan.
Insonning yashash uchun kurashi borib- borib, jamiyat taraqqiyotida ijobiy (progressiv) o`zgarishlarga olib keldi. Ishlab chiqarish kuchlari rivojlana borib, kishilar dastlab chorvachilik, keyinroq esa dehqonchilik bilan shug`ullanishga o`tdilar, ochlikka, kasalliklarga qarshi kurash boshladilar. Endi ular mehnat qilib, moddiy mahsulotlar yaratadilar. Hunarmandchilik, savdo rivojlandi va shaharlar paydo bo`la boshladi. Inson hayotidagi bu ijobiy o`zgarishlar ularning hayot sharoitini yaxshiladi.
Sinfiy jamiyatning shakllanishi, dunyo hududlaridagi ijtimoy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishidagi farqlar, aholi takror barpo bo`lish jarayoniga bevosita ta'sir ko`rsatdi. Ba'zi hududlarda antisanitariya sharoiti, yoppasiga tarqalgan epidemiyalar va urushlar oqibatida aholi o`rtasida o`lim nihoyatda yuqori bo`lgan. Ba'zi hollarda qishloqlar aholisiz qolganlar. Ushbu davr uchun aholi takror barpo bo`lishida ibtidoy jamiyatdagidek, umumiy bir xususiyat- tug`ilishning yuqoriligi saqlanib qolgan edi. Ko`pbolalilik nafaqat urf-odatlar, balki davlat siyosati, din, ayniqsa islom va induizm tomonidan ham qo`llab quvvatlanar edi.
Insoniyat taraqqiyoti tarixidagi dastlabki "Madaniy-texnik inqilob " ishlab chiqarish kuchlarining yanada rivojlanishiga sabab bo`ldi. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yanada rivojlandi. Bu hol esa o`z navbatida dunyo aholisi sonining ko`payishiga olib keldi.
Agar dastlabki 500 yilda ( 1000- 1500 yillar) yer yuzi aholisi 135 millionga ko`paygan bo`lsa, 1500- 1700 yillarda yoki 250 yilda esa bu ko`rsatkich 288 millionni tashkil qildi, ya`ni aholining o`sushi ikki marta tezlashdi. XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab aholining o`sishi yanada tezlashdi. XX asrdan yer shari aholisi tahminan har yili 0,8 foizdan ko`paya boshladi.
Aholi soni va tarkibi, uning bajaradigan vazifalari bilan bog‘liq holda baholanadi. Aholi avvalambor o`zidan ko`payadigan, o`zini takror barpo qiladigan- biosotsial organizmdir.
Aholi shu bilan birga jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi va iste'molchisidir. Ana shu nuqtai nazardan aholi soni, tarkibi, o`sish sur'atlari, joylashishiga xos xususiyatlarni tahlil qilish alohida ahamiyat kasb etadi.
Insoniyat tarixining katta davri davomida ya'ni neolit davridan boshlab aholi soni va tarkibi an'anaviy deb ataluvchi tip ta'sirida takror barpo etilgan. Unda har 1000 kishiga nisbatan tug`ilganlar soni 40- 45 ni tashkil etgan.
Aholining takror barpo qilinishining ushbu tipi iqtisodiyot va unga xos ijtimoiy munosabatlar bilan bevosita aloqador edi. Bunda ko`p bolali oilani tashkil qilishga intilish, ayniqsa xo`jalik ishlarida otaga ko`mak beruvchi o`g`il bolalarning mavjudligiga va sonining ko`p bo`lishiga katta e'tibor qaratiladi. Ota- ona oilada 3- 4 farzandga ega bo`lmoqchi bo`lishsa, unda ayol mazkur miqdordagidan 2-3 marta ko`p bola tug`ish lozim edi, chunki o`lim, ayniqsa, go`daklar va bolalar o`limining nihoyatda yuqoriligi tug`ilgan bolalarning yarmidan ko`pini uo`qotishga sabab bo`lar edi. Bir necha ming yillar mobaynida, o`lim darajasining juda yuqorilgi va aholi o`sishining past bo`lishligi o`zining ob`yektiv sabablariga egadir.
Dastavval bu moddiy va sanitar gigiyenik shart- sharoitlarning qoniqarsiz ahvolda ekanligi, qolaversa, vaqti- vaqti bilan takrorlanib turuvchi ocharchilik, o`lat, vabo va chechak epidemiyalari natijasida yuz minglab odamlarning qirilib ketishi kabi omillar o`z ta'sirini ko`rsatgan. Yer sharida bunday ofatlar 200-400, 1600- 1650 yillar ichida qayd etilgan bo`lib, o`sha davrlarda aholi soni umuman o`smadi, 1300- 1400 yillar davomida qora o`lat epidemiyasining ta`sirida sayyora o`z aholisining 1/4 qismidan ajradi, uning soni keskin kamaydi. Aholi ko`rsatkichlariga oxiri ko`rinmayotgan urushlar ham katta salbiy ta'sir ko`rsatib kelmoqda. Urushlar XVIII asrda 5,2 mln kishining yostig`ini quritdi.



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin