30
2. Davlat boshqaruv organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari chet ellik
investorlarning so‘rovlariga ko‘ra ularni qiziqtirgan axborotni qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan tartibda berishlari shart.
3. Agar O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investitsiyalash
shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, unda chet ellik investorlarga nisbatan
investitsiyalash sanasida amal qilgan qonun hujjatlari
investitsiyalash paytidan
boshlab o‘n yil mobaynida qo‘llaniladi. Chet ellik investor o‘z xohishiga ko‘ra yangi
qonun hujjatlarining investitsiyalash shart-sharoitlarini yaxshilaydigan qoidalarini
qo‘llash huquqiga egadir.
4. O‘zbekiston Respublikasidagi chet el investitsiyalari va chet ellik
investorlarning
boshqa
aktivlari
davlat
mulkiga
aylantirilmaydi.Chet
el
investitsiyalari va chet ellik investorlarning boshqa aktivlari rekvizitsiya qilinmaydi,
tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiyalar, epizootiya hollari bundan mustasno.
5. Chet ellik investorning O‘zbekiston Respublikasida olgan daromadlari chet
ellik investorning xohishiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida reinvestitsiya
qilinishi yoki boshqa har qanday usulda ishlatilishi mumkin.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar
qonun hujjatlariga muvofiq
quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek undan tashqarida har qanday
valyutada, har qanday bankda hisobvaraqlar ochish, ulardan
foydalanish va ularni
tasarruf etish;
chet el valyutasida ssudalar olish va uni qaytarish.
6. Chet ellik investorlarga chet el valyutasidagi pul mablag‘‘larini O‘zbekiston
Respublikasiga va undan tashqariga, ular soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lashi sharti
bilan, biron-bir cheklashsiz erkin o‘tkazish kafolatlanadi.
7. Chet
el
investitsiyalari
ishtirokidagi
korxonalar
O‘zbekiston
Respublikasining qonun hujjatlari talablariga rioya etgan holda eksport-import
operatsiyalarini mustaqil ravishda amalga oshiradilar. O‘zlari ishlab chiqargan
31
mahsulotni eksport qilganlarida bunday mahsulot litsenziyalanmaydi va
kvotalanmaydi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston
Respublikasi
qonun hujjatlariga muvofiq o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mahsulotni
litsenziyasiz import qilishga haqli. Eksportga chiqariladigan o‘zining ishlab
chiqargan mahsulotini va korxonalar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun import
qilinadigan mahsulotni aniqlash tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
8. Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarning valyuta bilan o‘zini o‘zi
qoplash imkoniyatini oshirish, ular tomonidan raqobatbardosh mahsulot ishlab
chiqarishni hamda eksportga yetkazib berishni ko‘paytirish maqsadida quyidagi
qo‘shimcha imtiyozlar yaratilgan:
- o‘zi ishlab chiqargan mahsulotga eksport boj to‘lovlari bekor
qilinsin;
- xaridorlarga xizmat qiluvchi vakil banklarning kafolatlari mavjud bo‘lgan
hamda amaldagi qonunlarda ko‘zda tutilgan valyuta daromadi tushumi muddatlariga
rioya etilgan taqdirda o‘z mahsulotini oldindan haq to‘lamasdan va akkreditiv
ochmasdan eksport qilish huquqi berilsin;
- chet ellarda tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlari hamda ishlab
chiqarayotgan mahsulotni reklama qilish maqsadida savdo uylari hamda
vakolatxonalari ochib, ularga konsignatsiya shartlari
asosida tovarlar yetkazib
berishga ijozat berilsin;
- o‘zi ishlab chiqaradigan mahsulotni yetkazib berish uchun eksport
kontraktlarini (litsenziyalanadigan tovarlar eksportidan tashqari) O‘zbekiston
Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazish bekor
qilinib, ularni vakil banklarda va bojxona organlarida
hisobga olishning amaldagi
tartibi saqlab qolinsin;
- korxonalar o‘zi ishlab chiqaradigan eksport mahsulotining kontrakt narxlarini
shartnoma asosida mustaqil shakllantirishlari belgilab qo‘yilsin.