Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/152
tarix15.10.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#155904
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

Topshiriq


21
21
20
1. Biror yangi biznes g‘oya o‘ylab toping. U asosida yuqorida keltirilgan firma 
shakllaridan birini tanlab, yakka o‘zingiz yoki o‘rtoqlaringiz bilan birgalikda 
shartli firma tashkil qiling. Nima sababdan firmaning aynan shu shaklini 
tanlaganingizni asoslang.
2. Firmaga mos nom qo‘ying.
3. Firma nizomini tuzing. Nizomda firmani ochishdan ko‘zlangan maqsad, 
firmaning tashkiliy-huquqiy shakli, firma nima bilan shug‘ullanishi, firma 
kimlar tomonidan tashkil qilinayotgani, firmaning nizom jamg‘armasi miqdori, 
firma ofisi joylashgan manzil kabi ma’lumotlarni keltiring.
4. Firma tashkilotchilari o‘rtasida ta’sis shartnomasi tuzing va imzolang. Buning 
uchun, avval kim nima bilan shug‘ullanishi, firmani kim boshqarishi, nizom 
jamg‘armasining miqdori va unga kim qancha ulush qo‘shishi, foyda qanday 
taqsimlanishi kabi masalalarni o‘zaro muhokama qiling va shartnomada 
ko‘rsating.
5. Firmaning tovar belgisini chizing va sharhlang.
Shirkat
Aksiyadorlar 
jamiyati
Xususiy
firma
Mas’uliyati
cheklanmagan 
firma
Yakka tartibdagi 
tadbirkorlik
Mas’uliyati 
cheklangan firma
FIRMA OCHISH 
4- MAVZU
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Respublikamizda roб‘yxatga olingan kichik korxonalar va mikrofirmalar 
(fermer xo‘jaliklarisiz) soni 1- iyul 2012- yil holatiga ko‘ra, qariyb 250 mingtani 
tashkil qildi.
Bilasizmi?
FIRMA NIZOMI 
Firma ochish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi. Eng avvalo, 
firma ochish bilan bog‘liq hujjatlar – firmaning nizomi va ta’sis shartnomasini 
tayyorlash zarur. Firma nizomida firmaning nomi, manzili, firma ochishdan ko‘zlangan 
maqsad, firmaning qanday faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi, firma kimlar — qaysi 
ta’sischilar tomonidan tashkil qilinayotgani, firmaning tashkiliy shakli, firma faoliyatini 
yuritish uchun dastlab qancha miqdorda boshlang‘ich mablag‘ — nizom jamg‘armasi 
safarbar qilinayotgani, firma ta’sischilarining nizom jamg‘armasiga qo‘shgan hissasi, 
firma mol-mulklarining tarkibi va uni hosil qilish tartiblari kabi ma’lumotlar o‘z 
aksini topishi zarur. Firmaning nizomida ko‘zda tutilgan har bir band tadbirkorlik 
faoliyati bo‘yicha amaldagi qonunlarga zid bo‘lmasligi lozim. Firma nizomi, odatda, 
tadbirkorlikning shu firmaga xos yo‘l-yo‘riq va qonun-qoidalari majmuidan iborat bo‘lib, 
kelajakda firma unga rioya qilgan holda faoliyat yuritishi shart bo‘ladi.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin