6-ilova. Test. 1. Quyidagilardan qaysi biri aholi daromadlari tarkibiga kirmaydi? a) foiz, dividend, renta;
b) davlat sug`urtasi bo`yicha to`lovlar;
v) mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo`jaliklarining o`z iste`molchilari uchun ishlab
chiqargan mahsulotlari;
g) ish haqi va tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad;
d) soliqlar.
2. Qaysi daromad turi xodimlar mehnatining natijasiga bog`liq? a) ish haqi;
b) dividend;
v) foiz;
g) renta;
d) ijara haqi.
3. «Transfert to`lovlari» - deganda: a) bozor sektoriga yollangan ishchilarning ish haqi;
b) davlat sektoridagi xizmatchilarning daromadlari;
v) yirik kompaniyalar va tadbirkorlar foydasi;
g) kichik mulkdorlar daromadi (foyda, renta, foiz, dividend);
d) kam ta`minlangan aholi guruhlariga, nogironlarga, qariyalarga, boquvdagi kishilarga,
ishsizlarga to`lanadigan nafaqalar.
4. Aholi real daromadining o`sishi qaysi holda ro`y beradi? a) nominal daromad va narxlarning o`sishi mutanosib bo`lganda;
b) nominal daromad narxlardan tez o`sganda;
v) narxlar nominal daromaddan tez o`sganda;
g) soliqlar va majburiy to`lovlar nominal daromaddan tez o`sganda;
d) iste`mol bozorining to`yinganlik darajasi pasayganda.
5. Bozor munosabatlariga o`tishning ilk davrida biz aholini ijtimoiy himoyalashning qaysi yo`lidan bordik? a) ishsizlarni himoyalash yo`lidan;
b) nafaqaxo`rlarni, talabalarni himoyalash yo`lidan;
v) o`quvchi yoshlarni, 2 yoshga yetmagan bolalarni himoyalash yo`lidan;
g) butun aholini himoyalash yo`lidan;
d) 2-jahon urushi va Afg`oniston urushi qatnashchilarini himoyalash yo`lidan.
6. BMT Bosh Assambleyasi qaysi yilni «Qashshoqlikni tugatish yili» deb e`lon qildi? a) 1991 yilni;
b) 1993 yilni;
v) 1994 yilni;
g) 1995 yilni;
d) 1996 yilni.