Erkinlashtirish – xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning erkinligi va iqtisodiy mustaqilligini,
iqtisodiy faoliyatning bozorga xos mexanizmlarining samarali amal qilishini ta`minlashga
qaratilgan jarayon; davlat tomonidan belgilangan chora-tadbirlar tizimi; iqtisodiy siyosat
yo`nalishlaridan biri.
Eksport – tovarlar, texnologiyalar va xizmatlarni tashqi bozorda sotish uchun mamlakat
tashqarisiga olib chiqilishi.
Qo`shilgan qiymat – korxona yalpi mahsulotining bozor narxidan joriy moddiy xarajatlar
(amortizatsiya ajratmasidan tashqari) chiqarib tashlangandan qolgan qismi bo`lib, u o`z ichiga
mehnat haqi, foyda, ayrim soliq va to`lovlarni oladi.
Tejamkorlik – jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muayyan darajasida barcha
resurslardan tejamli foydalanish bo`yicha iqtisodiy munosabat bo`lib, ishlab chiqarish
samaradorligini ta`minlashning asosiy omili hisoblanadi.
Inflyatsiya –
pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida milliy valyutaning
qadrsizlanishi, narxlarning o`sishi.
Inflyatsiya darajasi – ma`lum vaqt ichida (oy, yil) narxlar darajasining foizdagi o`zgarishi.
Emissiya – muomalaga pul yoki qimatli qog`ozlarni chiqarish.
Pul emissiyasi – amaldagi pul massasining ortishiga olib keluvchi pullarni muomalaga
chiqarish.
Bank likvidliligi – banklar majburiyatlarini o`z vaqtida qaytara olish qobiliyati yoki
passivlardagi majburiyatlarni qaytarish uchun aktivlarni pulga aylanish qobiliyatidir.
Pul massasi – har qanday mamlakat iqtisodiyotida tovarlar va xizmatlar aylanishini
ta`minlaydigan, xususiy shaxslar, institutsional mulkdorlar (korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar
va b.) va davlat egalik qiladian naqd va naqd pulsiz xarid hamda to`lov vositalari majmuidir.