Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

Eksportning geografik tarkibi 
– alohida qit`a mamlakatlari, mamlakatlar guruhlari, yoki 
alohida mamlakatning mamlakat eksportidagi ulushlari nisbati.
 
Investitsiyalar
– daromad olish maqsadida iqtisodiy va boshqa faoliyat ob`ektlariga 
kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda ularga doir huquqlar. 
Chet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va 
boshqa turdagi faoliyat ob`ektlariga qo`shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va 
ularga doir huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka doir huquqlar, shuningdek chet el 
investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O`zbekiston Respublikasi hududida 
chet el 
investitsiyalari
deb e`tirof etiladi. 
Infratuzilma
 – 
iqtisodiy tizim umumiy tuzilishining yordamchi tavsifga ega bo`lgan hamda 
ushbu tizim umumiy faoliyatining bir maromda borishini ta`minlovchi tarkibiy qismi.
To`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar
-
o`zga mamlakat rezidentlari tomonidan boshqa 
mamlakat real aktivlariga mablag` kiritish, uni tasarruf etish va ular ishlatilishi ustidan nazorat 
o`rnatish. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tavsifiga ko`ra aktsiyalarni kamida 10 
foiziga egalik qilish. 
Korxonalarni texnik qayta qurollantirish
-
alohida ishlab chiqarish turlarini zamonaviy 
talablarga asosan yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, ishlab chiqarish jarayonlarini 
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, eskirgan qurilma va uskunlarni yangilash va almashtirish, 
ishlab chiqarish tuzilmasi va tashkil etilishini yaxshilash yo`li bilan, korxonaning texnik darajasini 
oshirish bo`yicha chora-tadbirlar majmuasi. U ishlab chiqarish intensivligini kuchaytirish, ishlab 
chiqarish quvvatlarini oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilashga 
yo`naltirilgan bo`ladi. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin