Klaviatura bilan ishlash ko’nikmasini xosil qilish



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə2/5
tarix09.01.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#78804
1   2   3   4   5
Klaviatura va sichqoncha

Sensorli klaviatura.
Sensorli klaviatura ish tamoyili sezgir elementga qo‘yilgan potensiallar ayirmasining kuchayishiga asoslangan. Bu elementlar soni klavishlar soniga mosdir. Sezgir elementlar sifatida tok o‘tkazuvchi kontakt maydonchalar, masalan, bitta to‘g‘ri to‘rtburchak yoki bir-biridan unchalik katta bo‘lmagan oraliq bilan ajratilgan ikkita to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi maydonchalardan foydalanilgan. Kontakt maydonchalarga barmoq bilan teginganda statik potensial maxsus sxema bilan kuchaytiriladi, uning chiqshida odatdagi mexanik klaviaturaning klavishi bosilganda shakllanadigan signalga o‘xshash signal shakllanadi. Sensorli klaviaturalarda hech bir mexanik elementlar yo‘qligi uchun (an’anaviy klavishlar o‘rnida sezgir elementlar ishlatiladi ) va u yoki ”klavish” bosilganligi haqidagi axborot faqat elektronika yordamida shakllanganligi uchun ular mustahkam bo‘ladi. Biroq shuning hisobiga sensorli klaviaturalarning elektron sxemasi murakkabroqdir


Maxsus klaviaturlar
ma’lumotlarni kiritish jarayonining samaradorligini oshirish uchun mo‘ljallangan. Bunga klaviatura shaklini o‘zgartirish, uning klavishlarini taqsimlash yoki tizim blokiga ulash yo‘li bilan erishiladi. Ergonomika talablarini hisobga olib, maxsus shaklda tayyorlangan klaviaturalar ergonomik klaviaturalar deb nomlanadi. Ularni ko‘p sondagi berilgan axborotni kiritish uchun mo‘ljallangan ish o‘rinlarida qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Ergonomik klaviaturalar teruvchining ish unumdorligini oshirib va ish kuni davomida umumiy toliqishni pasaytiribgina qolmay bir qator kasalliklar, masalan, qo‘l bo‘g‘inlari tunnel sindromi va umurtqaning yo‘qori bo‘g‘inlari osteoxondrozi rivojlanishining ehtimolligini kamaytiradi va rivojlanishining oldini oladi.
Standart klaviaturalar klavishlarining taqsimotini optimal taqsimot deb bo‘lmaydi. uzoqdir .Ular mexanik yozuv mashinalarining ilk namunalarini saqlab kelmoqda. Hozirgi vaqtda optimal taqsimotli klaviaturalarni ishlab chiqarishning texnik imkoniyatlari mavjud va bunday qurilmalarning namunalari bor (xususan, bular jumlasiga Dvorak klavishi mansubdir ), biroq nostandart taqsimotli klaviaturani amaliy joriy etilishi, u bilan ishlash uchun maxsus o‘tish lozimligi sababli,o/z yechimini topmagan. Amaliyotda bunga o‘xshash klaviaturalar bilan maxsus ish o‘rinlari jihozlanadi. Tizim blokiga ulanish usuli bo‘yicha liniyali va liniyasiz klaviaturalar mavjud. Liniyasiz tizimlarda axborotni uzatish infraqizil nur bilan amalga oshiriladi. Bunday klaviaturalatrning odatdagi ish radiusi bir necha metrni tashkil etadi.
Ulash uchun ulanish joylari:

  • 5 kontaktli Baby-AT tizimli platali PC-moslashuvchan kompyuterlarda

  • 6 kontaktli mini-DIN PC/2 kompyuterlarida va 2PX, ATX,NLX tizim platali kompyuterlarning ko‘pchilik ishlatiladi.




8.7-rasm.Klaviaturani ulash uchun ulanish .

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin