Mаshg`ulоt vаqti-2 sоаt


Kompleks birikmalarning hosil bo‘lishi va xossalari



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə30/172
tarix24.12.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#192852
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   172
20633 Biol90 soatli tex.xarita1

Kompleks birikmalarning hosil bo‘lishi va xossalari.
Tajriba-1. Ag-+, Cu2+, Ni2+, Zn2+, tuzlari eritmalariga NH4OH eritmasidan tomchilab qo‘shing. Hosil bo‘lgan gidroksidlar cho‘kmasini ortiqcha NH4OH da eriting. Bunda quyidagicha kompleks ionli birikmalar hosil bo‘ladi: [Ag(NH3)2]+, [Cu(NH3)4]2+, [Ni(NH3)6]2+, va [Zn(NH3)4]2+. Hosil bo‘lgan kompleks eritmalarga ishqor eritmasidan qo‘shing. Metall gidroksidlari cho‘kmaga tushadimi?
Tajriba-2. CoCl26H2O, CuSO45H2O, CrCl36H2O va NiSO47H2O kristalgidratlarni tigelda qizdiring va suvsiz tuzlarni qo‘shing. Tuzlarning ranggi o‘zgaradi. Bunda [Cо(H2O)6]2+, [Cu(H2O)4]2Q, [Cr(H2O)4]3Q va [Ni(H2O)6]2Q kompleks ionlar tutgan kristalgidratlar hosil bo‘ladi.
Tajriba-3. 2 ml AgNO3 eritmasiga NaCl ni to‘yingan eritmasidan tomchilab qo‘shingyu. Hosil bo‘lgan AgCl cho‘kmasi NaCl eritmasini ortiqchasida erib ketadi va beqaror Na[AgSI2] kompleks birikmasi hosil bo‘ladi. Bu eritmaga NaOH eritmasi qo‘shilganda kumush gidroksidi cho‘kmaga tushmasligi kompleks birkma hosil bo‘lganini isbot qiladi. Solishtirish uchun AgNO3 va NaOH eritmalarini qo‘shib sinab ko‘ring.
Tajriba-4. 2 ml Hg(NO3)2 ‘eritmasiga KJ ni konsentrlangan eritmasidan tomchilab qo‘shing. Hosil bo‘lgan cho‘kma KJ ortiqchasida K2[HgJ4] kompleks birikmasi hosil bo‘lishi sababli erib ketadi. Yeritmaga NaOH eritmasi qo‘shilsa HgO cho‘kmaga tushadimi? NaOH o‘rniga Na2S eritmasini olib sinab ko‘ring.
Tajriba-5. Cd2Q, Hg2Q tuzlari eritmalariga Na2SO3 ni to‘yingan eritmasidan tomchilab qo‘shing. Hosil bo‘lgan cho‘kmalar Na2SO3 ortiqchasida erib ketadi. Bunda M2Q[M2Q(SO4)2], tarkibli kompleks birikma hosil bo‘ladi. Yeritmaga NaOH eritmasini ta’sir ettirib bunga ishonch hosil qilish mumkin. Metall gidroksidlari cho‘kmaga tushadimi? Na2S eritmasini xam qo‘shib ko‘ring ,u komplekslarni parchalaydi.
Tajriba-6. Hg(NO3)2 eritmasiga tomchilab konsentrlangan Na2S eritmasidan kushing. Xosil bo‘lgan cho‘kma reaktivning ortikchasida Na2[HgS2] kompleks birikmasi xosil bulgani sababli erib ketadi.
Tajriba-7. MgCI2 eritmasiga tomchilatib (NH4)2CO3 eritmasidan qo‘shing. Hosil bo‘lgan cho‘kma reaktivning ortiqchasida [Mg(CO3)2]2- kompleks ioni hosil bo‘lganligi sababli erib ketadi.
Tajriba-8. PbSO4 cho‘kmasini oling va unga konsentrlangan natriy atsetat eritmasini ta’sir ettiring. [Pb(CH3COO)4]2- kompleks ioni hosil bo‘ladi. Nima kuzatiladi?
Tajriba-9. Zn2Q, AI3Q, Sn2Q, Pb2Q va Cr3Q tuzlari eritmasiga ishqor eritmasidan qo‘shing. Hosil bo‘lgan cho‘kmalar ishqorning mo‘l miqdorida erib ketadi (qo‘rg‘oshin gidroksidi konsentrlangan ishqorda eriydi). Bu jarayonlarda [Zn(OH)4]2-, AI(OH)4-, [Sn(OH)4]2-, [Pb(OH)4]2- va [Cr(OH)6]3- kompleks ionlari hosil bo‘ladi.
Tajriba-10. Temir(III) gidroksidiga oksalat-COOH-COOH, vino-COOH-CHOH-CHOH C OOH va limon-CH2(COOH)-C(OH)(COOH)-CH2(COOH) kislotalar eritmalaridan qo‘shing. Nima kuzatiladi? Xelat tipidagi kompleks birikma hosil bo‘ladi. Oksalat kislotasi hosil qilgan kompleks birikma qo‘yidagi tarkibga ega:

Vino- va limon kislotalari ham karboksil guruhlari orqali temir ionga bog‘lanadilar.


Hosil bo‘lgan eritmalarga KSCN ва K4Fe(CN)6 eritmalardan ta’sir ettiring. Fe3 ionlarini aniqlash mumkinmi



4-ilоvа




Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin