MarganeS (IV) oksidini xlorid kislotasi bilan ta’sirlashishi. Probirkaga ozroq marganeS (IV) oksididan soling va unga 37%li xlorid kislotasidan quying. Yehtiyotlik bilan xidlang. Buning uchun barmoqlaringiz yordamida xlor gazini yuzingizga yo‘naltiring. Reaksiya tenglamasini yozing.
Kaliy permanganat bilan xlorid kislotasining ta’sirlashishi. Probirkaga kaliy permanganat kristallaridan 2-3 donasini soling va shtativga o‘rnating. Uning ustiga 37%li xlorid kislota eritmasidan ehtiyotlik bilan bir necha tomchi tomizing. Nimani kuzatdingiz? Reaksiya tenglamasini yozing.
Kaliy bixromat bilan xlorid kislotasining ta’sirlashishi. Probirka tagiga ozroq maydalangan kaliy bixromatdan soling va uning ustiga 37%li xlorid kislota eritmasidan ozroq quying. Nimani kuzatdingiz? Reaksiya tenglamasini yozing.
2. Xlorli ohak bilan xlorid kislotasining ta’sirlashishi. Probirkaga ozroq xlorli ohakdan soling va unga 20%li xlorid kislotasi eritmasidan quying. Nimani kuzatdingiz? Reaksiya tenglamasini yozing.