Mаshg`ulоt vаqti-2 sоаt



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə35/172
tarix24.12.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#192852
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   172
20633 Biol90 soatli tex.xarita1

3. Xlorning suyuqlanishi.
Xlorning xossalarini o‘rganish uchun marganeS (IV) oksid bilan xlorid kislotasini reaksiyaga kirishtirib xlor oling.
Buning uchun 50 ml hajmdagi kolbaga 10 g marganeS (IV) oksid soling va unga oksidning sirti qoplanguncha konsentrlangan xlorid kislotasidan quying. Gaz ajralib chiqishi sekinlashganda kolbaning tagini sekin qizdiring. Bu usul bilan olingan xlor nima bilan ifloslanadi? Uni tozalash uchun tutgichga qanday modda solish kerak?
Beshta 25 ml bankalarni xlor bilan to‘ldiring va shisha plastinkalar bilan ustini berkiting. Bankalarni gaz bilan to‘ldirish vaqtida bankaning ochiq joyi shisha plastinka yoki qog‘oz bilan berkitilishi kerak. Xlorning rangini ko‘rish uchun oq qog‘ozdan ekran qiling. Bankalarga yig‘ilgan xlorni keyingi tajribalarni o‘tkazish uchun olib qo‘ying.


4. Xlorning xossalari.
Kolbaga 3-5 g kaliy permanganat tuzidan soling. Tomizgich voronkaga 36%li xlorid kislota, silindrga esa natriy xloridning to‘yingan erimasidan quying. Yeritmali silindrning vazifasi nimadan iborat?
Yuvgichga ozroq kons. (96%li) sulfat kislota eritmasidan quying. Asbobning gaz o‘tkazgich trubkasini quruq muz bilan (karbonat angidrid) sovitilayotgan probirkaga tushiring. Voronkadan tomchilatib xlorid kislotasini quyib, xlorning bir xil tezlik bilan ajralishini ta’minlang. Gazni qabul qiluvchi idishda 2-3 ml suyuq xlor yig‘ilganidan so‘ng, asbobni yuvgichdan ajrating.
Nima uchun bu qurilmada suv bo‘lgan yuvgich qo‘yilmagan? Suyuq xlor vodorod xlorid bilan ifloslanadimi?


Xlorning kristallgidrati.
Oldingi tajribadagi asbobdan foydalaning. G-simon trubkani 5-10 ml suvi bo‘lgan probirkaga tushiring. Probirkani muzli stakanga tushiring va undan xlor gazini o‘tkazing. Nimani kuzatdingiz? Hosil bo‘lgan kristallgidratning tarkibi qanday?
Xlorni metallmaslar bilan ta’sirlashishi.

  1. Yoqish uchun mo‘ljallangan qoshiqchaga ozroq qizil fosfor soling, uni yoqing va xlorli bankaga tushiring. Nimani kuzatdingiz? Reaksiya tenglamasini yozing.

  2. Ikkita probirka oling. Ularning birini xlor bilan, ikkinchisini Kipp apparatidan foydalanib, vodorod gazi bilan to‘ldiring. Probirkalarning og‘zini barmog‘ingiz bilan berkitib, ularni shunday birbiriga yaqinlashtiringki, xlorli probirka tepada bo‘lsin. Probirkalarni ajrating va tezda alangaga tuting. Nimani kuzatdingiz? Reaksiya tenglamasini yozing. Qanday gaz hosil bo‘layotganini qanday bilash mumkin?



Vodorod xlorid va uning suvda eruvchanligi.
Vodorod xlorid olish uchun qurilma yasang. Kolbaga 5-6 g natriy xlorid va 10-12 ml 70%li sulfat kislota eritmasini joylashtiring. U-simon trubkaga suvsiz kaltsiy xlorid joylashtiring. 25-50 ml li qalin devorli shisha idishni ajralib chiqayotgan vodorod xloridi bilan to‘ldiring. Idish to‘lganini qanday bilamiz?
Idishni kapillyarli probka bilan berkiting. Kapillyar idish ichiga kirishi kerak. Idishning tagini tepaga qilib ag‘daring va uning tomog‘ini suvli vannaga botiring, kuzatilgan hodisani tushintiring. Vodorod xloridning suvda eruvchanligi qanday?


Xlorli suv va uning xossalari.
a) 4-5 ml distillangan suvni xlor bilan to‘yintiring. Yehtiyotlik bilan hosil bo‘lgan eritmaning rangini va xidini aniqlang. Xlorli suvda qanday moddalar mavjud? Reaksiya tenglamasini yozing. Olingan xlorli suvni indigo eritmasiga va bo‘yalgan matoga ta’sirini o‘rganing. Nimani kuzatdingiz? Qanday modda oqartirish ta’siriga ega?
b) Probirkaga 2-3 ml xlorli suv soling va unga tomchilatib natriy gidroksid eritmasidan quying. Olingan eritmani xidlang. xlorli suvning rangi va xidining yo‘qolishini qanday tushintirish mumkin? Xlor va suv o‘rtasidagi muvozanat reaksiyasining siljishiga ishqor qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Probirkaga suyultirilgan sulfat kislota eritmasidan kislotali muhit hosil bo‘lguncha quying va yana xidlang. Reaksiya tenglamasini yozing. Hodisani tushuntiring.

4-ilоvа



Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin