Tekshirish uchun savollar: 1. Bibliografiyaning tashkiliy-mahkamali turlarini izohlab bering.
2. Bibliografiya ijtimoiy vazifasiga kо‘ra qaysi turlarga bо‘linadi?
3. Bibliografiyaning maqsadi va kitobxonlik doirasiga kо‘ra turlarini ayting.
4. Bibliografiyaning xronologik chegarasiga kо‘ra turlari qaysilar?
5. Bibliografiyalanayotgan hujjatning mazmuniga kо‘ra turlari haqida ma'lumot bering.
6. Bibliografiyaning kompleks turlari qaysilar va ular nima uchun shunday turga bо‘lingan?
Mavzu 9. Iqtisodiyotning axborot resurslari Reja: 1. Huquqiy adabiyotlar haqida umumiy tushuncha.
2. Huquqiy adabiyotlar bibliografiyasining o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Huquqiy adabiyotlar mazmundagi bibliografik manbalarni asosiy tizimi.
Tayanch iboralar: soha bibliografiya, huquqiy nashrlar bibliografiyasi, huquqiy adabiyotlar, maxsus bibliografik qo‘llanmalar, ilmiy-yordamchi bibliografiya, retrospektiv bibliografiya, tavsiya bibliografiyasi. 1959—1962 yillarda fuqarolik-muomala, nikoh va oila, mexnat, jinoyat va jazo huquklari hamda jarayoni bo‘limlari bir bo‘limga birlashib, unga Akademik Xadicha Sulaymonova rahbarlik qilgan. 1962 yilga kelib, bu bo‘lim yana ikkiga bo‘lindi. Jinoyat jarayoni, jinoyat va jazo huquqlari bir bo‘lim va kolgan huquq sohalari ikkinchi bo‘limga ajralib, ularga huquq fanlari nomzodlari G‘. Abdumajidov va X. Rahmonqulov mudir bo‘ldilar. Ana shu yillari davlat va hukuq bo‘limlari ham tuzilgan bo‘lib, unga huquq fanlari doktori Otaboy Eshonov, sud- xukuk fanlari nomzodi (1965 yildan doktor) Malik Hakimov mudirlik qilganlar. 2. Ana shu yillarda 3 jildlik davlat va huquq tarixi ustida tadqiqot ishlari olib borilib, qariyb butun jamoa ishtirokida, 7—8 yil mobaynida, bu asarlar yozilib, chop etildi. Undan tashqari, huquqning bir qancha sohalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilib, dissertatsiyalar yoqlandi. Bular fuqarolik-muomala, nikoh va oila, jinoyat na jazo huquqi jarayoni va kriminalitikadan X. Rahmonkulov, I. Jalilov, T. Ayubov, G. Tansiqboyeva, G‘. Ahmedov, I. Hakimov, Q. Erkaxo‘jayev, G‘. Ubaydullayev, V. Umarov, G‘. Abdumajidov, G‘. Trufyakov, U. Ochilov, P. Yeliseykin, davlat huquqi tarixi, davlat huquqi va boshqaruvdan esa S. Sultanov,M. M. Fayziyev, U. Choriyorov, K. Shemetayev, K. Nazarov, A. Shukurov, Sidiqov va boshqalar nomzodlik dissertatsiyalarni yoqladilar. Butun o‘tgan davr mobaynida fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlarini muhofaza qilish, yer huquqi, qonunchilikni mustahkamlash, qonunlarni takomillashtirish ustida, qiyosiy huquqshunoslik borasida va davlat organlarining kompetensiyalari, ittifoq va respublika jinoyat qonunlari sohasidagi kompetensiya, davlat va jamoat mulklariga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik muammolari ishlab chiqildi. Ana shu izlanishlar natijasida M. Xakimov, X. Rahmonqulov, I. Jalilov, G‘. Axmedov, E. Hakimov, M. M. Fayziyev, U. Choriyorov, A. Xulapova, B. Miryonskiy, G. Sarkisyans va boshqalar doktorlik dissertatsiyalarini yoqladilar. 3. Yuqorida nomlari ko‘rsatilgan talabgorlar X. Sulaymonova, O. Eshonov, SH. Urazayev va taniqli olimlar V. Kotok, V. II. Kudryavsev, YE. Yakovleva. O. Ioffe, V. S. Nikiforov, M. S. Strogovich, D. I. Dembo, G. Akseyaok, L. Tillayev, V. Tumanov va boshqalarning ilmiy maslahatlari bilan doktorlik dissertatsiyalarini yozib, 1965— 1989 yillarda himoya qilganlar. Undan tashqari, huquq sohasida 90 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlandi va ular o‘z dissertatsiyalarini asosan institutimiz ilmiy kengashida yoqladilar. 4. 35 yil mobaynida 40 dan ortiq katta va kichik monografiyalar, ko‘plab ilmiy to‘plamlar, maqolalar, risolalar, kodeks sharxlari va boshqa kitoblar chop etildi. Jumladan, 3 katta jilddan nborat «Istoriya gosudarstva i prava Uzbekskoy SSR», «Sobraniye sochineniy X. Sulepmanovsy». yana 3 jilddan iborat «Sovershenstvovaniye zakonodatelstva Uzbekskoy SSR», «Ukrepleniye zakonnosti i oxrana prav grajdan», «Pravoviye formi regulirovaniya imushestvennix otnosheniy xozyaystvennix organizatsiy» va hokazolar nashr etildi. Fuqarolik, yer-suv .huquki sohasida 30 dan ortiq kitoblar chop etildi. Jinoyat huquqn va protsessual xukuki masalalari bo‘yicha xam 28 monografiya chop etildi, Jumladan, «Rassledovaniye prestupleniy», «Kompetensiya soyuznoy respubliki v oblasti ugolovnogo zakonodatelstva», «Pravoviye voprosi souchastiya v xishenii sotsialisticheskogo imushestva», «Sovershenstvovaniye zakonodatelstva o borbe s prestupnostyu», «Effektivnost zakonodatelstva o borbe s narusheniyami obshestvennogo poryadka», «Ichkilikbozlikka qarshi kurash», «Narkomaniya, prestupnost, otvetstvennost», «Povisheniye effektivnosti borbi s doljnostnimi i xozyaystvennimi prestupleniyami» va boshqalardir. Qiyoski huquqshunoslik sohasida «Problemi sravnitelnogo izucheniya gosudarstvenno-pravovogo stroitelstva soyuznix respublik», «Primeneniye sravnitelnogo metoda pri issledovanii zakonodatelstva soyuznix respublik». «Vvedeniye v osnovniye pravoviye sistemi sovremennosti». «Sovetskoye sravnitelnoye pravovedeniye v usloviyax federatsii», «Sovershenstvovaniye zakonodatelnoy texniki», «Mustaqillik nima?», «Vneshneekonomicheskiye svyazi Uzbekistana (pravoviye problemi)», «Sovetskoye gosudarstvo i obshestvenniye organizatsii», «Puti demokratizatsii gosudarstva», «Oliy va mahalliy kengashlarning huquqiy asoslari», «Demokratik davlat» kabi ilmiy risolalar chop etildi. Qishloq xo‘jaligi va ekologiya sohasida quyidagi kitoblar chop etildi: «Osnovniye cherti zemelnogo prava dorevolyusionnogo Turkestana», «Vozniknoveniye i razvitiye sovetskogo zemelnogo prava v Uzbekistane», «Pravo kolxoznoy sobstvennosti i yeye oxrana», «EkologiY. Jinoyat va jazo» va h. k. Davlat kurilishi va boshqaruviga oid, jumladan «Sovet davlati va jamoat tashkilotlari», «Rasshireniye funksiy mestnix Sovetov v obespechenii kompleksnogo plana sotsialnogo razvitiya territorii», «Pravotvorchestvo pravitelstva soyuznoy respubliki», «Puti demokratizatsii gosudarstva», «Demokratik davlat sari» kabi kitoblar chop ztildi. 5. 35 yil mobaynida qonun chiqaruvchi va rahbarlik organlariga, xuquqni muhofaza qilish organlariga, Xalk ta’limi vazirligi va boshqa tashkilotlarga huquq sohasida 40 dan ortik, turli amaliy takliflar berildi, hamda fuqarolik-muomala jinoyat va jazo protsessual qonunlarni takomillashtirish, ularga tuzatish va o‘zgartirish 3—145 33 va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida, voyaga yetmaganlar tarbiyasini va xuquqiy targibotini yaxshilash, ayrim jinoyatlarniig oldini olish va hokazo masalalar, shuningdek, mustaqil respublikamizning yangi Konstitutsiyasi bilan bogliq ko‘pgina tavsiyalar qilindi. Institut tavsiyasi bilan 1972 va 1985 yillarda qonunlarimizga eng ko‘p qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritildi. 1978 yilgi O‘zbekiston Konstitusiyasini tuzishda ham hukuq bo‘limi faol qatnashdi va o‘sha yili Qonstitusiyaga bag‘ishlangan «Hayotimiz qonuni» nomli kitob ham nashr etildi. 6. O‘tgan davr mobaynida huquqiy masalalar, ba’zan, falsafa va huquq muammolarini qo‘shib, yuzdan ortiq turli anjumanlar o‘tkazildi. Jumladan, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Termiz, Samarkand, Toshkent va boshqa viloyatlarda har xil muhim voqealar va sanalarga bag‘ishlanib yoki fanning, iqtisodning biron muammosi yuzasidan sobiq Ittifok miqyosida ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi. Huquqshunoslar viloyat markazlariga borib, mehnatkashlar, huquq fani o‘qituvchilari uchun muntazam ravishda seminarlar o‘tkazib turdilar. Umuman, huquqni va qonunlarni targ‘ib qilishda muayyan ishlar qilindi, shu maqsadda ko‘pgina ilmiy-ommabop risolalar ham chop etildi. 7. Chet el huquqshunoslari bilan vaqti-vaqti bilan bo‘lib turadigan aloqalar so‘ngi 1—2 yil ichida ancha jonlanib ketdi. Angliyada Edektur universiteti professori, huquqshunos Gatler, Yaponiyada Tokio universiteti S. Tadagava bilan xamkorlikda monografiyalar chiqarildi. Vengriya, Chexoslovakiya, Ruminiya va Bolgariya maktablari xuquqshunoslari bilan ilmiy aloqalar mavjud. Institutimiz mustaqil O‘zbekistonnnng yangi Konstitusiyasini ishlab chiqish jarayonida xorijiy davlat huquqshunoslari bilan birgalikda uning loyihasini muhokama qilishdi, ularning fikr-mulohazalarini eshitib, o‘zaro tajriba almashishdi. 1991 va 1992 yillarda Fransiya, Angliya, AQSH, Turkiya va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarining huquqshunoslari bilan birgalikda Toshkentda anjumanlar o‘tkazildi. Respublika Konstitusiyasining mazmuni va boshqa huquqiy masalalar muhokama qilindi. Hozirgi davrda huquq sohasida mustaqil davlatimizning istikloli va istiqboliga bag‘ishlangan ilmiy muammolarni ishlash bosh maqsad qilib qo‘yilgan. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat, O‘zbekistonda huquqiy davlat barpo etish, O‘zbekiston davlat qurilishi va boshqaruvining muammolari, konstitusiyaviy huquq va erkinliklarni himoya qilish, tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish, O‘zbekistonning yangi qonunlari majmualarini tuzish va jinoyatchilikka qarshi kurashda ularning samaradorligini oshirish kabi masalalar yuzasidan ilmiy tadqiqot olib borish va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat ishlar rejalashtirilib qo‘yilgan.
1998 yil “Hurriyat” gazetasida O‘zbekiston qahramoni Ozod Sharofiddinov bilan bo‘lgan suhbatda, jurnalistikada gazetalarning ko‘payishi so‘zga bo‘lgan munosabatga putur yetkazmaydimi, degan savoliga, O.Sharofiddinov “Har qanday gazetaning bitta o‘quvchisi bo‘lsa ham, u yashashga haqli” deya javob bergan edi. Bunda u bozor qonuniyatlari sharoitida uning temir qoidalariga chiday olgan nashrgina yashab qolishini nazarda tutadi. Shu ma’noda bugungi o‘ta katta bosimdan axborot almashinuvi jarayonida auditoriyaning axborotni saralab olish, o‘ziga kerakli axborotga ega bo‘lishda ixtisoslashgan nashrlarning o‘rni beqiyosdir. Umuman, axborot makonida ixtisoslashuv masalasi auditoriyaning axborotga bo‘lgan talabini qondirishda eng maqbul, optimal mexanizm xisoblanadi. Bularning ichida huquq sohasiga ixtisoslashgan nashrlarning ham o‘z o‘rni bor. Bugun respublikamizda 50 ga yaqin huquqiy nashrlar faoliyat yuritayotganining o‘zi ham bu sohaning nashrlarini o‘rganishni taqazo etadi. “Postda” – “Na postu”, “Inson va qonun”, “Huquq va burch”, “Huquqshunos”, “Kuch – adolatda”, “Qalqon” – “Shit”, “Demokratlashtirish va inson huquqlari”, “Huquq”, “Iste’molchi”, “Soliq Info”, “Huquq olamida”, “Huquq dunyosi”, “Adolat tarozisi”, “Adolat kuchi”, “Posbon”, “Xalq posboni”, “Adolat yo‘li” singari gazeta va jurnallarning o‘zbek matbuotida o‘z o‘rni va ahamiyati bor. Shu nuqtai nazardan biz tadqiq etishga olgan Ichki Ishlar Vazirligining “Postda”, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Inson va qonun” hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining “Huquq” gazetalari ixtisoslashgan tarmoq nashr sifatida o‘z auditoriyasiga ega nashrlardan hisoblanadi. Bugun OAV imkoniyati shu qadar kengayib ketdiki, gazeta, jurnallar, radio, televideniyeni-ku qo‘yavering, elektron nashrlar, internet hatto mobil aloqa vositasi ham axborot tarqatishga da’vo qila boshladi. Lekin ularning rivojlanishi, OAVning hayotiy pozitsiyasini pasaytira olmaydi. Bu nashrlarga bo‘lgan talabni susaytira olmadi, baribir auditoriyaning ehtiyoji ommaviy nashrlarga, jurnalist axborotiga yuqori. Huquqiy sohalarda ixtisoslashgan nashrlarning paydo bo‘lishi XX asrning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. 22 O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining “Postda” va “Na postu” gazetalari 1930 yil 12 maydan chiqa boshladi. Gazetalar dastlab faqat ichki ishlar idoralari xodimlariga mo‘ljallangan edi. O‘sha davrda nashrlar bir oyda uch marta, 150 nusxada chop etilgan bo‘lsa, o‘tgan asrning 50-yillariga kelib, gazetalar tiraji 6 ming nusxaga yetdi. Tahririyat xodimlarining sayharakatlari bilan 1960 yildan e’tiboran gazetalar haftasiga ikki marta 10 ming nusxada chiqa boshladi. 1965 yil 1 avgustdan boshlab nashrlarning keng jamoatchilikka mo‘ljallangan yakshanba sonlarini chop etish yo‘lga qo‘yildi. Gazetalar tez ommalashdi, mushtariylarning talab-ehtiyojlaridan kelib chiqib, 1970 yildan gazetalar haftada uch marta chop etila boshlandi. Ammo 1970 yil fevralida ko‘plab idoraviy nashrlar qatori chinakam ommaviy nashrga aylangan “Postda” (“Na postu”) gazetalari ham yopildi. Yakshanba kunlari chiqadigan gazetalarning ohirgi soni o‘sha yilning 22 fevralida mushtariylar qo‘liga yetib borgan bo‘lsa, asosiy nashrning so‘nggi soni 27 fevral’ kuni chop etildi. 1970 yil 1 martdan boshlab tahririyat faoliyati to‘xtatildi. “Postda” – “Na postu” gazeta tahririyatlarida tashkil etilganidan to yopilgunga qadar juda ko‘plab jurnalistlar faoliyat olib bordilar. Nashrlarning ichki ishlar idoralari xodimlari orasida obro‘-e’tibor qozonishida, keng ommaga manzur bo‘lishida tahririyatga o‘z davrida rahbarlik qilgan Aleksey Karasik, Sobir Salayev, Laziz Aytuganov kabi muharrirlarning hissalari, ular bilan birga ishlagan va keyinchalik tahririyat faoliyatida shakllangan shonli an’analarni davom ettirgan Mark Kerjner, Hamidulla Abdullayev, Mixail Grebenyuk, Tohir Sayfiddinov, O‘sar Eshonqulov, Teshaboy Tolipov, Shomurod Siddiqov, Revolyusiya Hasanova, Petr Shatrashanov, Rasul Hoshimov, Ra’no Ahrorova, Nafisa Abdullayeva, shuningdek S. Ziyayev, A. Stepanov, P. Petrochenko, T. Soy, V. Latutin kabi fidoiy jurnalistlarning xizmati beqiyos bo‘lgan. 23 XX asrning 80-yillari oxiri, 90-yillari boshida mamlakatimiz istiqlol sari ilk qadamlarini qo‘ydi. Huquqiy-demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidagi dastlabki dastlabki harakatlar o‘z samarasini bera boshladi. Jumladan, respublikamiz Ichki Ishlar Vazirligi rahbariyati tashabbusi bilan 1990 yilda “Postda” (“Na postu”) gazetasi qayta tiklandi. 1991 yil 1 yanvardan boshlab gazeta ikki tilda, alohida “Postda” va “Na postu” nomi bilan ichki ishlar idoralari xodimlari va keng jamoatchilikka yetib bordi. Xalqimizning azaliy orzusi – mustaqillik qo‘lga kiritilgach, respublika ichki ishlar idoralarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xodimlarning mashaqqatli xizmati, tizimning moddiytexnik bazasini mustahkamlash borasidagi say-harakatlarni to‘laqonli yoritish nashrlarning asosiy mavzusiga aylandi. Dastlab gazetalar to‘rt sahifadan iborat bo‘lib, haftada uch marta chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Tahririyat moddiy-texnik bazasi mustahkamlangach, sahifalar soni sakkiztaga yetkazildi, keyinchalik esa 16 sahifada chop etila boshlandi. Nashrlar qayta tiklashda Zokir Atayev, G‘ayrat Boltaboyev, Konstantin Timoxin, Siddiqho‘ja Suloymanxo‘jayev, Sa’dulla Shodiyev kabi insonlarning xizmati katta bo‘ldi. 1998 yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan “Postda” va “Na postu” gazetalari tahririyat bazasida respublika Ichki Ishlar Vazirligi Birlashgan tahririyati tashkil etildi. Mamlakatda bosqichma bosqich amalga oshirilayotgan demokratik jarayonlar ham bosma nashrlar sahifalarida o‘z aksini topmoqda. “Inson va qonun” gazetasi ham ana shunday hayotiy ehtiyoj samarasi o‘laroq yuzaga keldi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 12 apreldagi 523-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan vazirlik muassisligida 1993 yilning 10 noyabridan “Hayot va qonun” yuridik jurnali chop etila boshlandi. 1995 yildan axborot almashinuvini tezlashtirish zarurati munosabati bilan “Inson va qonun” gazetasi ham tashkil etildi. Atab aytadigan bo‘lsak, 1996 yilning 30 yanvar’ sanasida gazetaning ilk soni nashrdan chiqdi. Gazeta qisqa fursat ichida mamlakat Konstitusiyasi, qonunlar, meyoriy hujjatlar mohiyatini aholiga tushintirishda, gazetaning oldiga qo‘ygan maqsadi, amaliy nazariy va siyosiy huquqiy jihatlarini targ‘ib qilish hamda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladigan ommabop nashrga aylandi. Gazetaga 1996-2007 yillarda Murod Avezov, Fayzulla Qilichev, Shodiqul Hamroyev singari jurnalistika sohasining yetuk mutahassislari muharrirlik qildilar. mamlakatimizda chop etiladigan huquqiy nashrlar xususan, “Postda”, “Inson va qonun”, “Huquq” nashrlarini o‘rganish jarayonida jamiyatda ixtisoslashgan nashrlarning paydo bo‘lishi, ularning rivojlanishi, shakllanish jarayonlarini ko‘rib chiqdik. O‘z navbatida ixtisoslashgan nashrlarning paydo bo‘lishi jamiyatning ushbu sohaga bo‘lgan talabning borligidan dalolat beradi. O‘zbekistonda chop etiladigan huquqiy nashrlar tipologiyasi: faoliyat yo‘nalishi va mahorat masalalrini “Postda”, 70 “Inson va qonun”, “Huquq” gazetalari misolida o‘rganish jarayonida quyidagi xulosalarga keldik: Birinchidan, dastlab nashrlarda ixtisoslashgan ruknlar, sahifalar, ilovalar bo‘lgan. Keyinchalik tibbiyotga, ta’limga ixtisoslashgan nashrlar paydo bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan huquqqa ixtisoslashgan nashrlar yuzaga kelishi va barqaror rivojlanishi jarayon sifatida kechdi; Ikkinchidan, O‘zbekistonda huquqiy nashrlar kechagina paydo bo‘lmadi, yuqorida ta’kidlab o‘tkanimizdek u oldindan ruknlar, sahifalar ko‘rinishida bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan ommaviy axborot vositalarining bitta tizimining yo‘nalishiga aylandi va bir nechta nashrni o‘z ichiga oldi ; Uchinchidan, huquqiy nashrlar boshqa nashrlardan o‘zining sohaga ixtisoslashganligi bilan ajralib turadi; To‘rtinchidan, huquqiy nashrlarda mavzular ko‘lami sohaga taalluqli hisoblanadi; Beshinchidan, tadqiq qilgan gazetalarimiz – “Postda”, “Inson va qonun”, “Huquq” gazetalarining tili va o‘ziga xos uslubi mavjud. Tilida ko‘proq rasmiylik namoyon bo‘ladi. Shu jihatdan boshqa nashrlardan farq qiladi; Oltinchidan, huquqiy nashrlarda faoliyat yurituvchi jurnalistlarga alohida talablar bor. Bu jurnalistning o‘sha sohaga ixtisoslashishini taqozo etadi. Bu xulosalardan kelib chiqib quyidagi takliflarni beramiz: 1. Huquqiy nashrlar voqelik sifatida shakllanib bo‘ldi, hozirda rivojlanmoqda. Ixtisoslashgan nashr sifatida uni yanada tarmoqlarga moslagan holda berib boriladigan materiallar axborot samaradorligini oshirish uchun xizmat qilishi kerak; 2. Huquqiy nashrlarni shu holida qoldirib qo‘ymasdan, ularni o‘rganib borish kerak. Bu yo‘lda jurnalist kadrlarni tayyorlash maqsadida alohida fakultativ kurslar tashkil qilish lozim va ushbu nashrlarni tadqiq qilib borish zarur; 3. Huquqiy nashrlarning o‘ziga xosligi bor. Lekin bu gazetalarning tilida rasmiy hujjat emasligini unutmagan holda ommaviy axborot vositasi sifatida ommaviyligini ta’minlash lozim; 4. Gazetalarni tahlil qilish jarayonida mavzular ko‘lami soha doirasida chegaralanib qolganiga guvoh bo‘ldik. Vaholanki har bir soxa huquq bilan chambarchas bog‘liq, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarlar hamma sohaga taalluqli. Mana shularni ham keng qamrab olish kerak; 5. Huquqiy nashrlarning tili va uslubi o‘ta rasmiy, bundan qochgan holda tilni biroz erkinlashtirish kerak; 6. Bugun huquqiy sohaga ixtisoslashgan jurnalist kadrlar tayyorlash masalasi, ayni vaqtlarda ommaviy axborot vositalarida huquq va iqtisod mavzusida materiallar tayyorlash bir muncha muammolar ko‘zga tashlanmoqda.Bu muammo va masalalar o‘z yechimini topish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim: - jurnalistlarning aholining huquqiy ongi, huquqiy va siyosiy madaniyati oshirish va yuridik soha bo‘yicha qo‘shimcha bilim olish uchun shart-sharoit yaratish; - darslarga yuridik sohaga ega mutaxassislarni jalb qilish, ularga jurnalistika bo‘yicha ko‘nikma hosil qilish uchun o‘quv kurslari tashkil qilish; - respublika yetakchi huquqiy tahririyatlari qoshida mahorat maktablari tashkil etish, unda mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun yuridik soha vakillari hamda huquq mavzusida yozadigan tajribali jurnalistlarni jalb etish kerak; 72 - hududiy OAVda faoliyat yuritayotgan jurnalist kadrlarning mamlakatimiz yetakchi nashrlari tahririyatlari va axborot agentliklari, ta’lim markazlarida malaka oshirish va tajriba almashishlarini tashkil etish; - markaziy va hududiy nashrlarda faoliyat yurituvchi jurnalistlar ixtisoslashuvi uchun bosma OAVning kasbiy, g‘oyaviy va badiiy darajasini oshirishga qaratilgan turkum o‘quv seminarlar va tanlovlarni tashkil etish. Muxtasar qilib aytganda, huquqiy davlatni qonun ustuvorligisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Buning eng maqbul usuli esa ommaga qonunlar mazmunmohiyatini xalqona va sodda tilda yetkazishdir. Biz tadqiq qilgan huquqiy gazetalar ham bunga barcha yetakchi nashrlar qatori munosib ulush qo‘shib bormoqda.