5.Bankning imtiyozli kreditlash jamgarmasi xisobidan kichik biznes sub'ektlarini kreditlash: Kreditlash sub'ektlari: dehqon va fermer xujaliklari, kichik biznes sub'ektlari;
Kredit miqdori: mijoz suroviga kura;
Kredit muddati:
- xom va ashyo va materiallar, yarim tayyor maxsulotlar xamda boshqa ishlab chiqarish zaxiralari xarid qilish uchun zarur bulgan aylanma mablag`larni tuldirishga kreditlar kichik tadbirkorlik sub'ektlariga, 1 yil muddatgacha beriladi;
- Qishloq xujaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun aylanma mablag`larni tuldirishga kreditlar fermer xujaliklariga, shuningdek yuridik shaxs bulgan dehqon xujaliklariga, kamida 2 yil muddatga beriladi;
- Investitsiya loyixalarini mablag` bilan ta'minlash uchun kreditni kichik tadbirkorlik barcha sub'ektlariga, shu jumladan yuridik shaxs bulgan fermer va dehqon xujaliklariga tulov muddatini kichiktirish huquqisiz 5 yilgacha muddatga berilishi mumkin.
Foiz stavkasi: Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 50 % gacha;
Kredit ta'minoti: mol-mulk yoki qimmatli qogozlar garovi, uchinchi shaxslar kafilliklari va boshqa qonunchilikda ta'kiklanmagan ta'minot turlari qabul qilinishi mumkin.
Jamgarma mablag`lari xisobidan kreditlar qarz oluvchilarga maxsulot yetishtirish (tamakichilik va alkogolli maxsulot ishlab chiqarishdan tashkari) bilan boglik bulgan, amaldagi qonunchilik bilan ta'kiklanmagan va quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va kengaytirish uchun beriladi:
- ishlab chiqarish binolarini kurish, texnika bilan jixozlash va rekonstruktsiya qilish;
- mashinalar, asbob-uskunalar, jixozlar, inventarlar, uruglik, mol va parrandalar sotib olish uchun;
- xom ashyo va materiallar, shu jumladan mollar uchun yem, omuxta ozuka, veterinariya preparatlari, usimliklarni ximoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral ugitlar, yonilgi-moylash materiallari va ekin maydonlariga ishlov berish buyicha mexanizatsiyalashtirilgan xizmatldar sotib olish.
Mikromoliyaviy xizmatlar kursatish buyicha asosiy tushunchalar Mikromoliyalash – bankning qonun xujjatlarida belgilangan miqdordan oshmaydigan summada mikrokredit va mikrolizing berish, shuningdek mikromoliyaviy xizmatlar kursatish tug`risidagi shartnomaga muvofiq boshqa xizmatlar kursatish borasida faoliyatidir.
Mikrokredit bank tizimida bankning uz mablag`lari xisobidan mikromoliyaviy xizmatlar mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari kursatish orqali amalga oshiriladi.
Mikrokredit – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun urnatilgan eng kam ish xakining 1000 barovari miqdoridan oshmaydigan summada, tulovlilik, ta'minlanganlik, muddatlilik, maksajlilik, qaytarishlik shartlari asosida beriladigan pul mablag`idir.
Mikrolizing (moliyaviy ijara) – lizing oluvchining topshirigiga binoan, uchinchi tarafdan urnatilgan eng kam ish xakining 2000 barovaridan oshmaydigan summada mol-mulk olish xamda unga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida xak tulash evaziga berish nazarda tutiladigan xizmatdir.
Yosh oila – birinchi rasmiy nikoxda bulgan xar biri 30 yoshdan oshmagan yoshlar kiradi.
Kichik biznes sub'ektlarini mikrokreditlash Mikrokredit miqdori: eng kam oylik ish xakining 1000 barovarigacha;
Foiz stavkasi: yillik 14 % dan 22 % gacha (yosh oilalar uchun yillik 14 %);
Muddati:
- xom ashyo va materiallar, yarim tayyor maxsulotlar xamda ishlab chiqarish zaxiralari xarid qilish uchun zarur bulgan aylanma mablag`larni tuldirishga shuningdek savdo faoliyatini amalga oshirish uchun aylanma mablag`larni tuldirishga 12 oy (1 yil) gacha;
- Asosiy vositalar xarid qilish va qarz oluvchi uz faoliyatida kelgusida foydalanish maqsadida qilinayotgan qurilishni moliyalashtirish uchun 3 yilgacha.
Kredit ta'minoti: mol-mulk yoki qimmatli qogozlar garovi, uchinchi shaxslar kafilliklari va boshqa qonunchilikda ta'qiqlanmagan ta'minot turlari qabul qilinishi mumkin.
Mikrokreditlar quyidagi maqsadlarga
ajratilishi mumkin:
- kichik (mini) uskunalarni xarid qilish;
- xom-ashyo va materiallarga birlamchi ishlov berish;
- aylanma mablag`larni tuldirish;
- savdo faoliyatini tashkil etish;
- mexnat qurollari, xom ashyo, yarim tayyor maxsulotlar, yordamchi ashyolarni xarid qilish;
- xalk badiiy xunarmandchiligi va amaliy san'ati buyumlarini ishlab chiqarish;
- xunarmandchilikni rivojlantirish, kasanachilik mexnatini tashkil qilish;
- servis xizmati va maishiy xizmat kursatishni rivojlantirish;
- soglikni saklash xizmatini rivojlantirish;
- sayyoxlik (turizm) soxasini rivojlantirish;
- kichik kulamdagi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish;
- tadbirkor faoliyati davomida foydalanish uchun yengil va yuk avtomashinalarini xarid qilish;
- ishlab chiqarish, xizmat kursatish va savdoni tashkil etish maqsadida bevosita foydalanish uchun kuchmas mulk sotib olish va ta'mirlash;
- shuningdek, O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan ta'kiklanmagan xalk iste'moli mollarini ishlab chiqarish va xizmat kursatish soxasi bilan boglik tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari uchun.