O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 145 Kb.
səhifə14/15
tarix08.05.2023
ölçüsü145 Kb.
#109467
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Mikrokreditbank XASAN MIKROKRIDET

To'lov topshiriqnomasi:
To'lov topshiriqnomasi - mijozning unga xizmat ko'rsatuvchi bankka o'z schyotidan oluvchining schyotiga ma'lum bir summani o'tkazish to'grisidagi topshirigini anglatadi. To'lov topshiriqnomalari bilan tovarlar, ishlar, xujjatlar uchun va boshqa to'lovlar bo'yicha xisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin.
To'lov topshiriqnomasi bank tomonidan mijozning depozit schyotida mablag`lar mavjud bo'lgandagina qabul qilinadi, agarda bank schyoti bo'yicha shartnomada boshqasi ko'zda tutilmagan bo'lsa.
To'lov topshiriqnomasining sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo'lishi kerak, ular mos kelmagan xolda to'lov topshiriqnomasi ijro uchun qabul qilinmaydi (byudjetga va byudjetdan tashkari jamgarmalariga to'lovlar bundan mustasno).
Kechiktirib bo'lmaydigan extiyojlar schyotidagi mablag`lardan foydalanish "Xo'jalik sub'ektlarining bankdagi schyotlaridan pul mablag`larini xisobdan chiqarish tartibi to'grisidagi Yo'riqnoma" ga muvofiq xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning to'lov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi. To'lov topshiriqnomasining "To'lov detallari maqsadi" ustunida "Kechiktirib bo'lmaydigan extiyojlar summasi xisobidan" deb ko'rsatiladi.
To'lov topshiriqnomalari bankka quyidagi tartibda taqdim qilinadi:
1) to'lovchi va oluvchiga bitta bankda xizmat ko'rsatilsa, topshiriqnomalar uch nusxada:
a) birinchi nusxa to'lovlar amalga oshirilgandan keyin bankning kunlik xujjatlar yigmasiga tiqiladi;
b) ikkinchi nusxasi esa mablag` oluvchining shaxsiy schyotidan olingan ko'chirmaga ilova qilinadi;
v) uchinchi nusxa to'lovchining shaxsiy schyotidan olingan ko'chirmaga ilova qilinadi;
2) to'lovchi va oluvchiga turli xil banklarda xizmat ko'rsatilsa, topshiriqnomalar ikki nusxada:
a) birinchi nusxa to'lovlar amalga oshirilgandan keyin bank-ning kunlik xujjatlar yigmasiga tiqiladi;
b) ikkinchi nusxasi esa mablag` oluvchining shaxsiy schyotidan olingan ko'chirmaga ilova qilinadi.
"Bank-Mijoz" tizimidan foydalanadigan mijozlardan aloqa kanali orqali olingan elektron to'lov topshiriqnomalari dasturiy nazoratdan o'tkaziladi, zarurat tugilganda qogozga chiqariladi va tegishli tekshiruvdan so'ng uzatiladi. To'lovlar amalga oshirilgandan so'ng mijozlardan olingan elektron topshiriqnomalar ikki nusxada qogozga chiqariladi:
a) bir nusxasi bankning kunlik xujjatlar yigmasiga tiqiladi;
b) ikkinchi nusxasi pul-xisob-kitob xujjatlarining asl nusxasi olingunga qadar takkoslash uchun bankda koldiriladi, takkoslangandan so'ng belgilangan tartibda bankning kunlik xujjatlar yigmasiga tiqiladi.
Elektron to'lovlar tizimi orqali olingan elektron to'lov topshiriqnomalari mablag`larni oluvchi bankda ikki nusxada qogozga chiqariladi.
a) bir nusxasi bankning kunlik xujjatlar yigmasiga tiqiladi;
b) ikkinchi nusxa esa mablag` oluvchining shaxsiy schyotidan olingan ko'chirmaga ilova qilinadi.
To'lov talabnomasi:
To'lov talabnomasi o'zida mablag` oluvchini to'lovchi tomonidan bank orqali ma'lum bir summani to'lash to'grisidagi talabi aks ettirilgan pul-xisob-kitob xujjatidir.
Talabnoma yuklab jo'natilgan tovarlar uchun, bajarilgan ishlar uchun, ko'rsatilgan xizmatlar uchun, shuningdek tomoniar tomonidan tuzilgan shartnomada ko'zda tutilgan boshqa to'lovlar bo'yicha ko'yilishi mumkin.
Talabnoma aktseptlangan va aktseptlanmagan bo'ladi. Aktsept bilan to'langan talabnomalar to'lov summasini to'lovchi tomonidan aktsept (tan olishni) talab qiladi.
Talabnoma Nizomda ko'rsatilgan ma'lumotlardan iborat bo'lishi kerak. Bundan tashkari maxsulot yetkazib beruvchi "To'lov detallari/maqsadi" ustunida quyidagilarni ko'rsatib o'tishi shart:
a) shartnoma sanasi va tartib raqamini;
b) kontraktatsiya shartnomalari bo'yicha maxsulot yetkazib berishda "kontraktatsiya shartnomasi" deb ko'rsatish kerak;
v) maxsulotni yuklab jo'natish (berish) sanasini va tovar-transport yoki qabul qilish-topshirish xujjatlar raqamini va transport turini, tovarlarni pochta aloqasi orqali jo'natganda esa - pochta kvitantsiyalarining raqamini;
g) maxsulot sotib oluvchining transport vositasi bilan olib ketilganda "Sotib oluvchining transporti bilan olib chikib ketilgan, - sonli ishonch xati" ko'rsatiladi;
d) qonun xujjatlarida ko'zda tutilgan boshqa rekvizitlarni.
Mablag` oluvchi bitta operatsiya bo'yicha, takroran talabnoma taqdim qilish huquqiga ega emas, dastlabki talabnoma to'lovchining bankiga kelib tushmaganligi to'grisida bildirishnoma mavjud bo'lgan xollar bundan mustasno.
Talabnoma reestr bilan birga mablag` oluvchi tomonidan unga xizmat ko'rsatuvchi bankka taqdim qilinadi. Bunda reestr ikki nusxada tuziladi. Reestrning birinchi nusxasi korxona (tashkilotning) raxbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan va muxr bilan tasdiqlangan bo'lishi kerak.
Aktsept bilan to'lanadigan talabnoma:
1) agar to'lovchi va mablag` oluvchiga bir bankda xizmat ko'rsatilsa, uch nusxada taqdim etiladi.
Birinchi va ikkinchi nusxalar to'lovni kutib bankda koladi. Talabnomaning uchinchi nusxasini bank, kelib tushgan kundan keyingi kundan kechiktirmay, xujjatni qabul qilish sanasini ko'rsatgan xolda, aktsept uchun to'lovchiga topshiradi. Aktsept va to'lovdan keyin:
a) talabnomaning birinchi nusxasi bankning kun xujjatlariga tiqiladi;
b) talabnomaning ikkinchi nusxasi mablag` oluvchining shaxsiy xisobvaragidan ko'chirmaga ilova qilinadi;
2) agar oluvchi va to'lovchiga turli banklarda xizmat ko'rsatilsa, uch nusxada taqdim etiladi:
talabnomalarning barcha nusxalari pochta orqali to'lovchining bankiga jo'natiladi, bu yerda:
a) birinchi va ikkinchi nusxalar to'lovni kutib bankda koladi;
b) uchinchi nusxa keyingi ish kunidan kechiktirmay xujjatni qabul qilish sanasi ko'rsatilgan xolda aktsept uchun to'lovchiga topshiriladi;
3) to'lovchi belgilangan muddatda talabnomani bankka raxbar (yakka tartibdagi tadbirkor) imzosi bilan, yuqoridagi chap burchakka aktsept to'grisida belgi ko'yib qaytarishi kerak. To'lovchi tomonidan aktsept uchun belgilangan muddatda o'zining roziligi yoki to'lovdan to'laligicha yoxud kisman bosh tortishi to'grisida ma'lum qilinmagan takdirda talabnoma bank tomonidan umumiy tartibda aktseptlanadi, bunda to'lovdan keyin:
a) birinchi nusxa bankning kun xujjatlariga tiqiladi;
b) ikkinchi nusxa to'lovchiga shaxsiy xisobvaraqdan ko'chirma bilan topshiriladi.
Aktseptni boshqa usullar bilan rasmiylashtirishga (debitorlik-kreditorlik qarzlarini solishtirish dalolatnomasining, bajarilgan ishlar (xizmatlar) to'grisidagi dalolatnomaning to'lov topshiriqnomasiga ilova va xokazo) yo'l ko'yilmaydi.
Aktseptsiz to'lanadigan talabnoma quyidagicha taqdim qilinadi:
1) to'lovchi va mablag`larni oluvchiga bitta bankda xizmat ko'rsatilsa, uch nusxada, bunda, to'lov to'langandan so'ng:
a) talabnomaning birinchi nusxasi bankning kunlik xujjatlar yigmasiga tikib qo'yiladi;
b) talabnomaning ikkinchi nusxasi to'lovchining shaxsiy schyoti-dan olingan ko'chirmaga ilova qilinadi;
v) talabnomaning uchinchi nusxasi mablag` oluvchining shaxsiy schyotidan olingan ko'chirmaga ilova qilinadi;
2) to'lovchi va mablag`larni oluvchiga turli xil banklarda xizmat ko'rsatilsa, ikki nusxada.
Talabnomaning barcha nusxalari pochta orqali to'lovchining bankiga yuboriladi, unda to'lov to'langandan so'ng:
a) birinchi nusxasi bankning kunlik xujjatlari yigmasiga tikib ko'yiladi;
b) ikkinchi nusxasi shaxsiy schyotdan ko'chirma bilan birga to'lovchiga beriladi.
issiqlik energiyasi uchun xisob-kitoblar qilingan xollarda talabnomaning ikki nusxasi va berilgan issiklik energiyasi uchun schyot-faktura iste'molchiga xizmat ko'rsatuvchi bankka bevosita yetkazib beruvchi tomonidan ko'yiladi, unda to'lov to'langandan so'ng:
a) birinchi nusxasi bankning kunlik xujjatlar yigmasiga tikib ko'yiladi;
b) ikkinchi nusxasi shaxsiy schyotdan va schyot-fakturadan ko'chirma bilan to'lovchiga (iste'molchiga) beriladi.
Elektron to'lovlar tizimi orqali mablag` oluvchining bankida to'langan talabnoma ikki nusxada ko'paytiriladi:
1) birinchi nusxasi bankning kunlik xujjatlar yigmasiga tikib ko'yiladi;
2) ikkinchi nusxasi mablag` oluvchining shaxsiy schyotidan olingan ko'chirmaga ilova qilinadi.
To'lovchining depozit schyotida mablag`lar yo'k bo'lganda talabnoma "Muddatida to'lanmagan xisob-kitob xujjatlari" (2-sonli kartoteka) nomli schyotga joylashtiriladi va ushbu xakda oluvchining bankiga uch ish kuni mobaynida ma'lum qilinadi va qonun xujjatlari bilan belgilangan tartibda mablag`larni kelib tushishiga qarab to'lab boriladi.



Yüklə 145 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin