Fuqarolarning oʼzini-oʼzi boshqarish organlari. 1993 yil 2sentyabrda boʼlib oʼtgan Oliy Kengashning oʼn ikkinchi chaqiriq uchunchisessiyasida “Fuqarolarning oʼzini-oʼzi boshqarish organlari toʼgʼrisida”giQonun qabul qilindi bu hujjat qishloq, shaharcha va ovullar tarkibidatuziladigan fuqarolarning oʼzini-oʼzi boshqarish organlarining tuzilishi vaularning huquqiy holatini belgilab berdi.Fuqarolarning oʼzini-oʼzi boshqarish organlari davlat va jamiyatishlarini boshqarishda fuqarolarga koʼmaklashadilar. Ular oʼz hududlaridagiijtimoiy-xoʼjalik vazifalarni hal etish, ommaviy-madaniy tadbirlaroʼtkazish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga Respublika rahbariyativa hukumatining qarorlarini bajarish maqsadida fuqarolarnibirlashtiradi. Konstitutsiyada belgilab qoʼyilganidek, “shaharcha, qishloq vaovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagimahallalarda fuqarolarning yigʼinlari oʼzini-oʼzi boshqarish organlariboʼlib, ular ikki yarim yil muddatga rais (oqsoqol)ni uningmaslahatchilarini saylaydi. Oʼzini-oʼzi boshqarish organlarini saylashtartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilanbelgilanadi”.
Fuqarolar yigʼinini rais (oqsoqol) tegishli xalq deputatlari Kengashiyoki hokim bilan kelishilgan holda zaruratga qarab chaqiradi. Fuqarolaryigʼini shuningdek, xalq deputatlari Kengashi, hokim tomonidan yoki shuhududda yashayotgan fuqarolarning uchdan bir qismi tashabbusi bilanchaqirilishi mumkin.Yuqorida eslatilgan Qonunda fuqarolar yigʼini raisi (oqsoqol) vauning maslahatchilarini saylash tartibi belgilangan boʼlib, ularnifuqarolarning yigʼini (yigʼilishi) tegishli tuman, shahar hokimi bilankelishgan holda saylaydi.
Dostları ilə paylaş: |