O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta


Rozaliya Ilfatovna Galiyeva



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə15/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Rozaliya Ilfatovna Galiyeva— xizmat ko'rsatgan sport ustasi,
sport gimnastikasi bo'yicha bir necha xalqaro musobaqalar sovrin-
dori, 1991-yildagi X sobiq Ittifoq xalqlari spartakiadasida bronza
medali sovrindori, 1992—1993-yillar
jahon chempionatining chempioni (jamoa
tarkibida), bronza medal sohibasi, XXV
Olimpiada o'yinlari (1992) chempioni.
Rozaliya Ilfatovna Galiyeva 1977-yil
28-aprelda Olmaliq (Toshkent viloyati)
shahrida tug'ilgan. Sport gimnastikasi
sho'basiga olti yoshli Rozani otasi olib
kelgan. Rozaning birinchi murabbiysi Roza
Borisovna Ishkova.
Roza 12 yoshida sport gimnastikasi
bo'yicha milliy terma jamoasi tarkibidan

o'rin olgan. G.S.Titov nomli Olimpia zaxiralari sport internatida
o'qigan.
1991-yili X spartakiadada ishtirok etib, bronza medali sohibasi
bo'ladi, shu yili xalqaro toifali sport ustasi unvoniga sazovor bo'ladi.
Roza 1992-yilgi XXV Olimpiada o'yinlarida jamoa tarkibida ishtirok
etib, oltin medalni qo'lga kiritadi.
1992-yil dekabrda R. Galiyeva Tayvanda jahon gimnastlarining
kuchlilari qatnashgan xalqaro turnirda g'olib chiqadi, 1993-yilda
Jahon chempioni unvonini qo'lga kiritadi.
Roza Galiyeva bugun ham sport zalini tark etmagan. O'zbekis-
tonlik sport gimnastikasi ishqibozlarini o'zining jozibali chiqish-
lari bilan quvontirmoqda. Roza eng mehnatsevar va texnikali
gimnast.
Anton Viktorovich Fokin —
gimnastika bo'yicha xalqaro toifali
sport ustasi. 1982-yil 6-noyabrda
Toshkentda tug'ilgan. O'rta mak-
tabning 5-sinfidan Anatoliy Ser-
geyevich Olushev Antonni O'z-
bekiston temiryo'llari boshqar-
masining gimnastika sporti bo'yi-
cha ixtisoslashtirilgan bolalar
sporti maktabiga taklif qilgan.
Anton sport mahoratini birinchi marta 1998-yili Moskva shahrida
o'smirlar orasida bo'lib o'tgan xalqaro musobaqadan boshlagan.
Anton Fokin 7 marta gimnastika ko'pkurashi bo'yicha O'zbe-
kiston chempioni, 1999, 2000, 2001, 2002, 2003, 2004, 2005-
yillarda Jahon chempionatlari ishtirokchisi. 2007-yili Shtutgartda
bo'lib o'tgan chempionatda bronza medali sovrindori. 2008-yili
XXIX Pekin Olimpiadasida qo'shpoya bo'yicha bronza medali
sovrindori.








Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin