O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta


Qisqartirish qoidalari (ayrim ifodalarni tushirib qoldirish)



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə20/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

3.3.3. Qisqartirish qoidalari (ayrim ifodalarni tushirib qoldirish)
Bayon qilish qisqaroq bo'lishi uchun gimnastikada, odatda, ko'p holatlarni, harakatlar yoki ular mashqlarining nomlarini ko'rsatmaslik qabul qilingan. Masalan, quyidagi so'zlar tushirib qoldiriladi:

  • «oldindan», «oldinga» —harakat yo'nalishini ko'rsatishda, agar shu harakat eng qisqa, iloji bor yagona yo'l bilan (masalan, oldindan burilib) bajariladigan bo'lsa;

  • qo'llar, oyoqlar, oyoq uchlari, kafitlar holatining qanday- ligi— agar bu holat belgilangan uslubdagiga mos bo'lsa;

  • «gavdani» — engashtirganda;

  • «oyoq» — oldinga, orqaga siltanishda, oyoq uchini qo'yishda;

  • «ko'taring», «tushiring» — qo'l yoki oyoqlar bilan harakat bajarganda;

  • «uzunasiga», «ko'ndalangiga» — muayyan gimnastika jihoziga ko'proq xos bo'lgan tabiiy holatlarda;

  • «ustidan tutish» — eng ko'p tarqalgan bo'lgani uchun, «ichkariga sakrab tushish» (yoki jihoz ichkarisidagi holat);

  • «sakrab tushish» yoki «sakrash» — gimnastika jihozining nomidan shunday qilinishi ma'lum bo'lsa;

  • «egilib» — bunday holat ijro texnikasidan ma'lum bo'lsa. Masalan, qo'shpoyalarda: oldinga siltanib ko'tarilish — orqaga siltanib sakrab tushish;

  • «kaftlar ichkariga qaragan» — qo'llar pastga tushirilgan, oldinga uzatilgan, orqaga uzatilgan, yuqori ko'tarilgan holatda;

  • «kaftlar pastga qaragan» — qo'llar ikki yonga yoki chapga (o'ngga) uzatilgan holatda;

  • «oldinga yoysimon» — qo'llar oldinga harakatlantirib ko'tarilsa yoki tushirilsa.

Dastlabki holat (d.h.) faqat mashqning boshida ko'rsatiladi.
Oyoq, qo'llar va gavdaning harakat yo'li, harakat eng qisqa yoki odatdagi usulda bajarilmagandagina ko'rsatiladi.
3.4. Umumrivojlantiruvchi va erkin mashqlarga oid atamalar
Dastlabki holatlar —
mashqlar ijrosi boshlanishidagi turish va boshqa holatlar.
Turishlar: asosiy turish (AT)lar saf turishiga mos keladi. Turishning quyidagi turlari bor: oyoqlarni kerib turish, oyoqlarni keng kerib turish, oyoqlarni ozroq kerib turish, chalishtirib turish (bunda oyoq kaftlari juftlanadi) va oyoqlar keng, erkin turadi.
Oyoqlar uchida turish atamasi o'sha holatga izohdir. Tizzada turish (shuningdek, o'tirish, yotish va boshqa holatlardan) so'ziga oyoqlarni to'g'rilab turishga o'tish «tik turish» atamasi bilan beriladi.
O'tirishlar: yerda yoki gimnastika jihozlarida o'tirish holatlari. O'tirishning quyidagi turlari bor: o'tirish, oyoqlarni kerib o'tirish, burchaksimon o'tirish, oyoqlarni kerib bukib o'tirish, bukilib o'tirish, oyoqlarni quchoqlab o'tirish, tovonlarda yoki o'ng tovonda o'tirish, sonda o'tirish va shu kabilar.
Cho'qqayish: shug'ullanuvchining oyoqlari bukilgan holat, yarimcho'qqayish, do'ngsimon cho'qqayish, do'ngsimon yarim-

To'lqinsimon— do'ngsimon yarimcho'qqayishdan boshlana- digan, bo'g'inlarning ketma-ket bin yoziladigan, ikkinchisi buki- lishidan iborat murakkab yaxlit harakat. To'lqinsimon harakat- ning quyidagi turlari bor: oldinga qarab to'lqinsimon, o'ng va chap tomonga to'lqinsimon harakatlar.
Mashqlarni yozish qoidalari va shakllari
Gimnastika mashqlarining qisqa va aniq yozilishi ularni tushunishda katta ahamiyatga ega. Belgilangan maqsadga qarab, u yoki bu yozish shakllari qo'llaniladi, umumlashtiriladi, aniq (atamalogik), qisqartirish yoki chizma shakllari yoziladi.
Gimnastika mashqlari mavjud qoidalar (yuqorida qayd qilingan va belgilangan shakllar) asosida yozib boriladi.
Yozish qoidalariga quyidagilar kiradi: gimnastika mashqlarining ayrim guruhlari uchun belgilangan yozish tartibi, yozishda qo'llaniladigan grammatik tartib va belgilarga rioya qilish. Quyida mazkur qoidalarni ko'rib chiqamiz.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin