O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə21/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Umumrivojlantiruvchi mashqlarni yozish. Alohida harakatni yozishda quyidagilar ko'rsatiladi:

    1. Harakat boshlanadigan dastlabki holat.

    2. Harakat nomi (engashish, burilish, tebranish, cho'qqayish, yurish va boshq.).

    3. Harakat yo'nalishi (o'ngga, orqaga va h.k.).

    4. Agar zarur bo'lsa, oxirgi holati.

Bir vaqtda bajariladigan bir necha harakatni yozayotganda alohida harakatlarni yozishda ko'rinadiganlarini yozish qabul qilingan, lekin oldin, odatda, gavda yoki oyoqlar bilan bajariladigan asosiy harakatni, keyin esa boshqalarni yozish kerak bo'ladi. Masalan, d.h. (dastlabki holat) oyoqlarni kerib tik turib, qo'llar yelkada, o'ng oyoqni bukib chapga engashish, qo'llarni yuqori ko'tarish.
Turli vaqtda bajariladigan bir necha bir xil harakat (bir marta bajarilsa ham) ularning bajarilish navbatiga qarab yoziladi. Masalan, d.h. oyoqlarni kerib tik turish, qo'llarni yonga cho'zish.
O'ng qo'lni yoy shaklida pastga yo'naltirib, chap tomonga burilish, o'ng oyoq orqada, oyoq uchida, qo'llar oldinga, o'ng tizzaga tayanib turib, qo'llarni yuqoriga ko'tarish, boshni orqaga engashtirish.
Agar harakat boshqa harakatlar bilan qo'shilib kelsa (mashqning boshidan oxirigacha emas), uni birgalikda bajarilgan harakat bilan birlashtirib yozish kerak. Masalan, d.h. oyoqlarni kerib tik turish,



cho'qqayish, ortga engashib yarimcho'qqayish, engashib yarim- cho'qqayish va boshqalar, bu «suzuvchi starti» deb ham yuritiladi.
Hamla:
tayanch oyoqni biron tomonga tashlab bukish harakati yoki shundan keyingi holat, engashib hamla, o'ngga tashlanib engashish, qattiq hamla, oyoq yo'nalishiga qarab qilsa, shunga teskari hamla (masalan, chap oyoqdan o'ngga hamla).
Tayanishlar: yelkalar tayanch nuqtasidan yuqori bo'lgan holatlar. Tayanishning quyidagi turlari bor: cho'qqayib tayanish, o'ng tizzaga tayanish, o'ng tizza bilan chap qo'lga tayanish va chap tizza bilan o'ng qo'lga tayanish, tik bukilib tayanish, bilaklarga tayanib yotish, orqadan tayanib yotish va boshqalar.
Qo7va oyoq harakatlari: harakatlar, baravar navbatma-navbat, ketma-ket, shuningdek, o'ng qo'lni o'ng tomonga, chap qo'lni chap tomonga yo'naltirish, uning teskarisi, parallel, simmetrik va nosimmetrik bo'lishi mumkin. Ular asosiy va oraliq tekislikdagi qo'llarni bukmay va bukib bajariladi, qo'llar bukilganda atamaga «bukish» so'zi qo'shiladi. Masalan, qo'llarni bukib, orqaga uzatish va shu kabilar. Oyoqlarni bukishda ham shu atama ishlatiladi. Masalan, o'ng oyoqni bukish, o'ng oyoqni bukib oldinga uzatish, o'ng oyoqni bukib orqaga uzatish, o'ng oyoqni yon tomonga bukish, o'ng oyoqni bukib tizzani bir tomonga uzatish.
Qo'llarning dastlabki holati: qo'llar belda, yelkalarda, bosh ortida, ko'krak oldida, chalishtirilgan holda orqada va boshqalar.
Doira: qo'l, oyoq, boshni aylana bo'ylab harakatlantirish, shuningdek, oyoqlarni gimnastik vositalar tepasidan aylantirish.
Engashish: gavdani bukishni anglatadigan atama. Engashishning quyidagi turlari bor: to'la engashish, kerishib engashish, yarim- engashish, pastlatib oldinga engashish, orqaga engashib yerga yetish, oyoqlarni keng ochib engashish, quchoqlab engashish.
Muvozanat— shug'uUanuvchining bir oyoqda turgan, shuning­dek, osilib yoki tayanib turgandagi yotiq holati. Muvozanatning quyidagi turlari farqlanadi: o'ng oyoqda, engashib muvozanat saqlash, yonlama, ortki, orqaga engashib, frontal, oyoqni ushlab, oyoqlarni yonga yozgan holda muvozanat saqlash.
Gimnastika vositalari bilan bajariladigan mashqlarga nom berishda vositaning holati, o'tiladigan yo'l asosiy belgi bo'lib hisoblanadi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin