O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə34/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Zallardan foydalanishda qo yiladigan gigiyena talablari. Sport zali, uning yordamchi xonalari supurish va yuvish uchun qulay bo'lishi kerak. Devorlar 1,75 m balandlikkacha to'g'ri va tekis bo'lishi lozim. Ular ochiq rangli bo'yoqda bo'yaladi yoki ustiga tekis va yaxlit qoplama qoplanadi.
Ship ham ochiq rangli bo'yoqda bo'yaladi. Pol kemalar palubasi singari tekis, yoriq joylarisiz qoqilgan bo'lishi kerak. Isitish asboblari ham turtib chiqmaydigan qilib, devor sathiga tekislab panjara bilan



qoplanadi. Odatda, gimnastika mashg'uloti o'tkaziladigan zaldagi harorat doimiy 18—20°C saqlab turiladi, havoning namligi esa 50-60 % atrofida bo'ladi.
Mashg'ulotlar o'tkaziladigan sport zalida havoni bir soatda uch marta almashtirishni ta'minlaydigan tabiiy yoki sun'iy (havo oqimini kiritib, soe rib chiqaradigani hamda isitib turadigan) jihozlar o'rnatilishi maqsadga muvofiq.
Derazalarning nur tushadigan sathi pol sathidan 1,5 qismidan kam bo'lmasligi kerak. Derazalar poldan 1,5 m balandlikda bo'lishi darkor. Elektr nuri mayin, yetarli (pol yaqinida 150 luks yoritilgan) bo'lishi lozim.
Yechinib-kiyinish xonalari zalning yonginasida bo'ladi. Hamma xonalar muntazam supurib, yuvib, yig'ishtirilib turilishi kerak (har kuni, har bir mashg'ulotdan so'ng ho'l latta bilan artiladi va 1—2 haftada bir marta yaxshilab umumiy yig'ishtiriladi).
Gimnastika zcillafining jihozlari.
Gimnastika turlari bilan shug'ullanish uchun zallarda maxsus gimnastika sportiga oid jihozlar o'rnatilishi kerak. Jihozlarning soni zalda bir vaqtda nechta sportchi shug'ullanishiga qarab belgilanadi.
Bunda mashg'ulotning mazmuni, shug'ullanuvchilarning toifasi, o'quv guruhlari (ularning tarkibi, soni) hisobga olinadi.
5.2. Gimnastika jihozlari
Zalda o'rnatilgan gimnastika devori umumrivojlantiruvchi mashqlar bajarish va tirmashib chiqish uchun qo'llaniladi. Uning balandligi 320 sm, ustunlarining orasi 100 sm. Gorizontal zina- poyalar (reykalar) ustunlarga mahkamlangan bo'ladi (101-rasm).
Gimnastika narvoni tirmashib chiqish va tirmashib o'tish mashqlarini bajarish uchun qo'llaniladi. Uning bo'yi 5 m, eni 48 sm, zinapoyalar (reykalar)ning diametri 3,5 sm, zinapoyalar oralig'i 25 sm bo'ladi.
Gimnastika o'rindig'i umumrivojlantiruvchi mashqlar, muvo­zanat saqlash, tayanish, tirmashib chiqish va h.k. mashqlarni guruhlarga bo'lib bajarish uchun, shuningdek, shug'ullanuvchi­larning mashqlar orasida dam olishi uchun qo'llaniladi. Uning bo'yi 4 m, eni 24 sm, balandligi 30 sm bo'ladi. Uning pastki tomonida boshidan oxirigacha eni 5 santimetrli to'rt qirrali yog'och qoqib qo'yilgan bo'ladi. Bu esa uni ag'darib qo'yib, muvozanat saqlash mashqlarini bajarishda foydalanish imkonini beradi.



101-rasm.



102-rasm.

Tirmashib chiqadigan arqon (yoki langarcho'pni) shipdagi to'sinlarga yoki maxsus «tirsaklaiga» osib qo'yiladi. Uning yo'g'onligi qo'l ushlash uchun qulay, uzunligi esa 4—6 m bo'lishi kerak. Foyda­lanish oson bo'lishi uchun har yarim metr oraliqda rangli tasmalar (qiytiqlar) belgilab qo'yiladi.
Halqalar, odatda, maxsus «tirsak»larga, maktab zallarida ba'zan ship to'sinlariga (shipi baland zallarda esa ilgakka) osiladi. Ularning osilgan joyi poldan 5,5 m baland bo'ladi. Halqalarning o'zi poldan 2,5 m balandlikda, ikki halqa orasidagi masofa esa 50 sm.ni tashkil etadi. Devorga mahkamlanadigan halqalarda maxsus qulf bo'lib, ana shu qulf yordamida zanjirni devorga qoqilgan qoziqqa mahkamlab qo'yiladi.
Mashg'ulotlar oldidan halqalarning poldan qancha balandligini, ular orasidagi masofani har ikki halqaning baland-pastligini, shu­ningdek, tasmalarning mustahkamligini, arqonlar, qayishlar hamda to'qalarning, halqalarning sirti qay holatda ekanligini tekshirish kerak.
Oyoq siltash uchun dastakli ot. Bo'yi 160 sm, eni 36 sm, dastak- lari 40—45 sm oraliqda simmetrik o'rnatilgan dastaklarning dastakli ot sathidan balandligi 12 sm, poldan balandligi esa 120 sm bo'ladi (102-rasm). Dastakli otning usti charm yoki sun'iy charm bilan qoplangan bo'ladi.
Sakrash uchun dastakli ot. Uning o'lchamlari ham yuqoridagi dastakli otdagi singari bo'ladi-yu, faqat dastaklari bo'lmaydi. Dastakli ot uzunasiga qo'yilib, tortqichlar yordamida mahkam- lanadi. U uzoqdagi va yaqindagi qismlarga (o'rtasidan) bo'lingan bo'ladi. Dastakli otning poldan balandligi 110—150 sm. Ayollar uchun bu jihoz 110 sm balandlikda ko'ndalang qo'yiladi.


«Eshak».100 sm.dan 160 sm.gacha bo'lgan balandlikda ko'ndalang yoki uzunasiga qo'yiladi, bo'yi 60 sm, qalinligi 40 sm. Uning ustiga charm yoki sun'iy charm qoplangan bo'ladi, hozirgi kunda bu gimnastik jihoz qo'llanilmaydi.


Gimnastikaga oid jihozlarni ikki kishi mashg'ulot o'tkazadigan joyga olib borib qo'ysa bo'ladi. Bunda ulardan biri dastakli otning oldiga, ikkinchisi orqasiga o'tib, har ikkisi ham oldinga qarab turadi va jihozning tanasiga yaqin joydan oyoqlaridan ushlab ko'tarib, bir xil qadam bosib yuradilar. Jihozni ko'tarayotganda yoki yerga qo'yayotganda, uni bir tomonga og'dirib turib, oyoqlarini kerak belgilarigacha chiqariladi, keyin narigi tomoniga og'dirib, qolganlari chiqariladi. Oyoqlar rangli bo'yoq bilan belgilangani ma'qul. Mashg'ulot oldidan jihozning qanchalik mahkam turganligi, qoplamasining butunligi, dastaklarining sirti (kertiklar, magneziya qotib qolgan joylari va h.k.) tekshirib ko'riladi.
Qo'shpoyalar: a) erkaklarning qo'shpoyalari (103-rasm). Yog'ochlarning uzunligi 350 sm (tuxumsimon shaklda). Yog'ochlar poyaga mahkamlab qo'yilgan moslamalar, tirgovuchlarga sharnirda biriktirilgan bo'ladi. Yog'ochlar poldan 160—170 sm balandlikda o'rnatilib, ular oralig'i 42—62 sm bo'ladi;


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin