O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

Tug‘luq Temur o‘g‘li Ilyosxo‘jani Movarounnahrning 
hukmdori etib tayinlab, Mo‘g‘ulistonga qaytib ketadi. Ilyos-
Sohibqiron Amir Temur
* Dorug‘a – mo‘g‘ulchadan “nazoratchi”, “shahar 
boshlig‘i” degan ma’noni beradi. Mo‘g‘ullar davla-
tida mahalliy hokimlar huzuridagi ulug‘ qoon vakili, 
noibi. Dorug‘a zimmasiga quyidagi vazifalar yuk-
latilgan: aholini ro‘yxatga olish; mahalliy xalqdan 
qo‘shin to‘plash; pochta aloqalarini yo‘l ga qo‘yish; 
soliqlar yig‘ish; to‘plangan soliq-to‘lovlarni ulug‘ 
qoon saroyiga yetkazish


112
xo‘ja bilan Amir Temurning murosasi to‘g‘ri kelmaydi. Shu 
sababli u Movarounnahrning nufuzli amirlaridan biri, Balx 
hokimi Amir Husayn bilan ittifoq tuzib, mo‘g‘ullarga qarshi 
kurash olib boradi. 1363-yilda Amudaryoning chap sohilida, 
Qunduz shahri yonida umumiy dushman ustidan g‘alaba 
qozonadilar. Keyingi ikki yil davomida ittifoqchilar Ilyosxo‘ja 
boshliq jeta lashkarlari bilan bir necha marta jang qiladilar. 
Nihoyat 1364-yil oxirida ular mo‘g‘ullarni Movarounnahrdan 
quvib chiqaradilar.
Biroq Movarounnahrni qo‘ldan chiqarishni istamagan 
Ilyos xo‘ja 1365-yilning bahorida yana Movarounnahr ustiga 
qo‘shin tortadi. Ikki o‘rtadagi jang 1365-yil 22-may kuni 
Toshkent bilan Chinoz o‘rtasidagi Chirchiq daryosi bo‘yida 
sodir bo‘ladi. Tarixda u “Loy jangi” nomi bilan shuhrat topadi. 
Chunki o‘sha kuni kuchli jala quyib, jang maydoni botqoqlikka 
aylangan, hatto otlar loyga botib qolgan.
Jangda Amir Temur qo‘shini g‘olibona harakat qilib, dush-
man qo‘shinining o‘ng qanotiga qaqshatqich zarba berayotgan 
bir paytda Husayn o‘z askarlarini raqibning so‘l qanotiga 
tashlamay, jang maydonini tark etadi. Amir Temur chekinishga 
majbur bo‘ladi.
Bu g‘alabadan so‘ng Ilyosxo‘ja hech qanday qarshilikka 
uchramay, Xo‘jand va Jizzax shaharlarini egallab, Samarqand 
ustiga yuradi. Samarqandda qurolli qo‘shin bo‘lmasa-da, xalq 
shahar mudofaasini o‘z qo‘liga oladi. Uzoq davom etgan 
mo‘g‘ul lar hukmronligiga qarshi ko‘tarilgan bu xalq harakati 
tarixda “Sarbadorlar harakati” nomi bilan shuhrat topadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin