O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


Amir Temur bu ulkan maqsadini ro‘yobga chiqarish ishini  avvalo ichki g‘anim lariga qarshi kurashdan boshlaydi. 1370-yilning bahori



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

Amir Temur bu ulkan maqsadini ro‘yobga chiqarish ishini 
avvalo ichki g‘anim lariga qarshi kurashdan boshlaydi.
1370-yilning bahorida Amir Temur butun qo‘shinlari bilan 
kuchli raqib – Balx hukmdori Amir Husaynga qarshi yo‘lga 
chiqadi. Qo‘shin Termiz yaqinidagi Biyo qishlog‘iga yetganida 
uning huzuriga taniqli ulamolardan Sayyid Baraka tashrif 
buyuradi. Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qo‘llab-
quv vatlab, unga Oliy hokimiyat ramzi nog‘ora bilan bayroq 
tortiq qilib, uning buyuk kelajagidan bashorat qiladi. Bu voqea, 
shubhasiz, siyosiy ahamiyatga ega edi. Chunki nog‘ora bilan 
bayroq, musulmonlar odatiga ko‘ra, toj-taxt ramzi bo‘lib, uni 
oliy martabali ruhoniyning qo‘lidan olish tez orada uning toj-
taxt va saltanat egasi bo‘lishligiga ishora edi. 


115
Amir Temur qo‘shini to Balxga yetib borgunicha, yo‘l-
yo‘lakay unga yangi-yangi kuchlar kelib qo‘shiladi. Bu paytga 
kelib Amir Husaynning ko‘pchilik amirlari uni tark etadilar. 
Jangda Amir Husayn qo‘shinlari yengiladi, ikki kunlik qa-
mal dan so‘ng, 1370-yilning 10-aprelida Balx shahri Amir Te-
murga taslim bo‘ladi. Amir Husayn qatl etiladi.
Ertasi kuni bo‘lib o‘tgan qurultoyda Amir Temurning 
hukm 
dorligi rasman tan olinib, u Movarounnahrning amiri 
deb e’lon qilinadi.
Markazlashgan davlatning tashkil etilishi. 
Davlatni siyo-
siy va iqtisodiy jihatdan mustahkamlab, ko‘pdan beri davom 
etib kelayotgan ichki tarqoqlikka barham berish, tinchlik 
va osoyishtalikni qaror toptirish maqsadida Amir Temur 
1370-yil iyul oyida Samarqandda katta qurultoy chaqirdi. 
Qurultoyda markaziy davlat tizimini shakllantirish va qo‘shin 
tuzish masalalari muhokama etiladi. Samarqand davlat 
poytaxti deb e’lon qilindi. Samarqandda mustahkam devorlar, 
qal’alar hamda saroylar barpo etishga kirishiladi. Bu imoratlar 
Samarqand mo‘g‘ullar tomonidan vayron etilganidan keyin 
150 yil o‘tgach, birinchi marta bunyod etilgan umummamlakat 
miqyosidagi inshootlar edi. 
Amir Temur mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy 
etadi. Maxsus qo‘shin tuzib, unga katta imtiyozlar beradi. 
U yirik harbiy bo‘linmalar boshliqlarini va sipohsolorlarni 
tayinlaydi. 
Amir Temur taxtga o‘tirgach, Chig‘atoy ulusining barcha 
yerlariga o‘zini voris deb bildi. Sohibqiron Sirdaryoning quyi 
havzasidagi yerlarni, Toshkent viloyatini, Farg‘ona vodiysini 
va Xorazmni o‘z hukmronligi ostiga kiritdi. Amir Temur 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin