O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


-yildan boshlab Xorazmga besh marta harbiy yurish qildi  va Xorazm 1388-yil



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

1372-yildan boshlab Xorazmga besh marta harbiy yurish qildi 
va Xorazm 1388-yilda uzil-kesil bo‘ysundirildi.
1381-yilda Hirot, Seiston, Mozandaron egallandi. Shundan 
so‘ng Saraxs, Jom, Qavsiya, Sabzavor shaharlari jangsiz Amir 
Temur
ga bo‘ysundi va uning tasarrufiga o‘tdi. Shunday qilib, 
Amir Temur Movarounnahr, Xuroson va Xorazmni birlashtirib, 


116
yirik markazlashgan davlat tuzdi. Bu ulkan hududda yashovchi 
xalqlarning birlashuvi ular taqdirida ijobiy ahamiyatga ega 
bo‘ldi.
1. Amir Temur bilan Amir Husayn o‘rtasidagi nizo qanday 
yakun topdi?
2. 1370-yilning 11-aprelida o‘tkazilgan qurultoyning tarixiy 
aha miyati nimadan iborat?
3. Samarqand shahrini qaytadan bunyod qilishda Amir Temur-
ning xizmati to‘g‘risida nimalarni bilib oldingiz?
4. Movarounnahr qanday yo‘l bilan birlashtirildi?
5. Xorazm yurishlari va uning natijasi haqida gapirib bering.
6. Bu davrda Amir Temurning tarixiy xizmati nimadan iborat 
bo‘ldi?
32-§. AMIR TEMUR SALTANATINING TASHKIL 
TOPISHI
Tayanch tushunchalar: saltanat boshqaruvi, qo‘shin 
tuzilmasi, harbiy yurushlar, suyurg‘ol yerlar, “Temur 
tuzuklari”.
Saltanat boshqaruvi.
 
Sohibqiron Amir Temur o‘z za-
mo 
na 
sining talab-ehtiyojlaridan kelib chiqib davlat bosh-
qaruvini takomillashtirdi, unga yangicha ruh va mazmun 
berdi. Davlatning tarkibiy tuzilishi harbiy-siyosiy tartiblarga 
asoslangan bo‘lsa-da, jamiyat rivoji, barcha ijtimoiy tabaqa-
larning manfaatlarini ta’minlash nazarda tutilgan edi.
Amir Temur saltanatida davlat boshqaruvi ikki idoradan: 
dargoh va vazirlik (devon)dan iborat bo‘lgan. Dargohni Oliy 
hukm 
dorning o‘zi boshqargan. Ijroiya hokimiyat – devonni 
de 
von 
begi (bosh vazir) boshqargan. Devonda harbiy vazir, 
mulk 
chilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri faoliyat 
yuritgan. Bu lar dan tashqari, sarhadlar va tobe mamlakatlarning 
boshqaruvi bilan shug‘ullanuvchi yana uch vazir bo‘lib, ular 
devonbegiga hiso bot berib turgan.
Tashqi va ichki favqulodda voqealardan voqif etib turuvchi 
ming nafar piyoda, ming nafar ot mingan choparlari bo‘lgan. 
Butun saltanat bo‘ylab bir kunlik yo‘l oralig‘ida yomxonalar 


117
tash kil etilgan. Har bir yomda 50–200 boshdan ot-ulov tutil gan. 
Sohibqiron mamlakatni boshqarishda o‘z yaqinlariga suyandi.
Sohibqiron davlat boshqaruvi ishlarida islom qonun-qoida-
lariga asoslangan. Uning Qur’oni karim va Hadisi shariflarga 
munosabati samimiy va oliy darajada bo‘lgan. Payg‘ambar 
avlodlari, shayxul-mashoyixlarga hurmati cheksiz edi. Dav-
latni kuchaytirishda ham aynan shunday kishilarga tayanib 
ish yuritgan.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin