113
so‘ngra esa butun Movarounnahrni tashlab chiqib ketishga
majbur bo‘ladi.
Sarbadorlar amaldorlar mol-mulkini bir qismini musodara
etib kambag‘allarga taqsimlab berganlar. Bu esa hukmdor
taba qalarning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan.
Sarbadorlar boshchiligidagi samarqandliklarning mo‘g‘ullar
xoni
Ilyosxo‘ja ustidan g‘alabasi va shahardagi beqarorlik
to‘g‘ risidagi xabar
Amir Temur bilan
Amir Husaynga ham
borib yetadi.
1366-yilning bahorida ular Samarqandga yo‘l
oladilar va shahar yaqinidagi
Konigil mavzeyiga kelib tusha-
dilar. Beklar sar badorlarning yetakchilari bilan muzokara olib
boradilar. Uchra
shuvning birinchi kunida ularga izzat-ikrom
ko‘rsatildi. Lekin ertasi kuni
Abu Bakr Kalaviy bilan
Xurdaki
Buxoriylar
Amir Husayn buyrug‘iga ko‘ra dorga tortiladilar.
Bundan kech xabar topgan
Amir Temur Mavlonozodaning
hayotini
Amir Husayndan so‘rab oladi va uni o‘limdan
qutqarib qoladi.
Shu tariqa, sarbadorlar boshliqsiz qoldirilib, harakat bosti-
riladi. Movarounnahrda
Amir Husaynning hukmronligi o‘rna-
tiladi. Ammo ko‘p vaqt o‘tmay
Husayn bilan
Amir Temur
o‘rtasida muno
sabat keskinlashib, ochiqdan ochiq nizoga
aylanadi.
1366–1370-yillar davomida ular o‘rtasida bir necha
bor o‘zaro to‘q nashuvlar ham bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: