O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

Samarqand sarbadorlari.
 
Sarbadorlar harakati XIV asr-
ning 60-yillarida Movarounnahrda mo‘g‘ul xonlarining hujumi 
munosabati bilan vujudga keldi. Samarqand sarba 
dorlariga 
mu dar ris Mavlonozoda Samarqandiy, hunarmand Abu Bakr 
Kala viy va shahar mahallalaridan birining oqsoqoli, mohir 
mer gan Xurdaki Buxoriylar boshchilik qiladilar. Sarbadorlar 
mo‘g‘ullarga Samarqand shahrida qaqshatqich zarba beradilar. 
Buning ustiga ularning otlari orasida o‘lat tarqab, otlar qirila 
boshladi. Chorasiz qolgan Ilyosxo‘ja avval Samarqandni, 


113
so‘ngra esa butun Movarounnahrni tashlab chiqib ketishga 
majbur bo‘ladi.
Sarbadorlar amaldorlar mol-mulkini bir qismini musodara 
etib kambag‘allarga taqsimlab berganlar. Bu esa hukmdor 
taba qalarning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan.
Sarbadorlar boshchiligidagi samarqandliklarning mo‘g‘ullar 
xoni Ilyosxo‘ja ustidan g‘alabasi va shahardagi beqarorlik 
to‘g‘ risidagi xabar Amir Temur bilan Amir Husaynga ham 
borib yetadi. 1366-yilning bahorida ular Samarqandga yo‘l 
oladilar va shahar yaqinidagi Konigil mavzeyiga kelib tusha-
dilar. Beklar sar badorlarning yetakchilari bilan muzokara olib 
boradilar. Uchra 
shuvning birinchi kunida ularga izzat-ikrom 
ko‘rsatildi. Lekin ertasi kuni Abu Bakr Kalaviy bilan Xurdaki 
Buxoriylar Amir Husayn buyrug‘iga ko‘ra dorga tortiladilar. 
Bundan kech xabar topgan Amir Temur Mavlonozodaning 
hayotini Amir Husayndan so‘rab oladi va uni o‘limdan 
qutqarib qoladi. 
Shu tariqa, sarbadorlar boshliqsiz qoldirilib, harakat bosti-
riladi. Movarounnahrda Amir Husaynning hukmronligi o‘rna-
tiladi. Ammo ko‘p vaqt o‘tmay Husayn bilan Amir Temur 
o‘rtasida muno 
sabat keskinlashib, ochiqdan ochiq nizoga 
aylanadi. 1366–1370-yillar davomida ular o‘rtasida bir necha 
bor o‘zaro to‘q nashuvlar ham bo‘ladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin