109
V B O B
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI TARIXI
30-§. XIV ASRNING O‘RTALARIDA
MOVAROUNNAHRDA IJTIMOIY-SIYOSIY VAZIYAT
Tayanch tushunchalar: siyosiy tarqoqlik, siyosiy kurash
maydoni, mamlakat mustaqilligi uchun kurash, sarbadorlar.
Siyosiy tarqoqlik.
XIV asrning 50–60-yillarida Mova-
rounnahr 10 ga yaqin mustaqil bekliklarga bo‘linib ketgan. U
yer dagi hokimlar o‘zlarini
hokimi mutlaq deb e’lon qiladilar.
Mamlakatdagi har bir viloyat alohida hukmdorlikka ajralib,
ular o‘rtasida nizo kuchayib ketadi va qonli urushlarga
aylanadi. Siyosiy tarqoqlik, o‘zaro urush va
janjallar iqtisodiy
tanglikka sabab bo‘lib, mamlakat aholisini, ayniqsa, dehqonlar
xo‘jaligini xonavayron qilgan edi.
Buning ustiga Sharqiy Turkiston va Yettisuvda tashkil
topgan Mo‘g‘uliston xonlari
bir necha bor Movarounnahr
ustiga yurish qilib, uni talaydilar. Mo‘g‘uliston xonlarining
vayronagarchilikka olib keluvchi yurishlari, istibdodi va
zulmiga qarshi xalq hara katlari boshlanadi.
Mana shunday o‘zaro
ichki urushlar qizigan, mo‘g‘ullar
zul
miga qarshi mehnatkash xalq harakatlari boshlangan bir
davrda mamlakatda yangi siyosiy kuch yetilmoqda edi.
Dostları ilə paylaş: