O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


mirihazora, yuzliklar uchun qo‘shunboshi



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

mirihazora, yuzliklar uchun qo‘shunboshi va o‘nliklar uchun 
esa aylboshi kabi harbiy mansablarni ta’sis etadi. 
Sohibqiron Sharqda birinchilardan bo‘lib qo‘shinga o‘tso-
char qurol – to‘pni olib kirgan. Tog‘li hududlarda jang hara-
katlari olib boruvchi maxsus harbiy qism va bo‘linmalar tashkil 
qilingan. Ibn Arabshohning guvohlik berishicha, Sohibqiron 
qo‘shinida ayollardan iborat bo‘linmalar bo‘lib, ular erkaklar 
bilan bir safda turgan, qahramonlik va matonat namunalarini 
ko‘rsatgan. 
Jangga kirish usuli.
 
Harbiy yurish paytida oldinda xabar­
chilar, ular orasidan yasovul bo‘linmasi, undan keyinroqda 
mang lay – avangard qism borardi. Manglay bilan qo‘shinning 
asosiy qismlari oralig‘ida esa qo‘mondonning qarorgohi va 
uning yon-atrofida zaxira (rezerv) qismlar joylashgan bo‘lib, 
u “izofa” deb yuritilgan.
Amir Temur qo‘shinining asosiy jangovar qismlari markaz
o‘ng – burong‘or va chap – juvong‘or qanotlaridan iborat bo‘l-
gan. Har bir qanotning oldida bittadan qo‘shimcha qo‘riqchi 


119
manglay – avangardi, yon tomonida esa bittadan qo‘riqchi 
askariy qo‘shilmalar – qanbullar bo‘lar edi. Shu tariqa qo‘shin 
yetti qism – qo‘llardan iborat edi. 
Sharafiddin Ali Yazdiy 
qo‘shinni yetti qo‘lga – qismga bo‘lib joylashtirish tartibini 
birinchi bo‘lib Amir Temur joriy qilgan deb yozadi. Bu qo‘llar 
janglarda mustaqil harakat qilib, faqat qo‘shin qo‘mondoniga 
bo‘ysungan. 
Amir Temur jang qilishning yangi harbiy uslublarini qo‘l-
lagan. Xususan, jang vaqtida qo‘shin qanotlarini dushman huju-
midan muhofaza qilish va o‘z navbatida, g‘anim kuchlarini yon 
tomondan aylanib o‘tib, unga ortdan zarba berish maqsadida 
tuzilgan – qanbulning joriy etilishi bo‘lgan.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin