O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

Ashura orolida o‘g‘li Jaloliddinni taxt vorisi etib tayinlab, 
1220-yilning dekabrida vafot etadi. 
Movarounnahrning asosiy shaharlari egallangach, mo‘-
g‘ul jangarilarining bos 
qinchilik yurishi Amudaryo janu-
bidagi yirik savdo va ma da niyat markazlari: Balx, Hirot, 
Marv va G‘azna kabi shahar larga yo‘naltiriladi. Ammo bu 
viloyatda ular Jaloliddin Man gu berdining qattiq qarshi-
ligiga uchraydi. 
Jaloliddin Valiyon qal’asini qamal qilayotgan mo‘g‘ul 
qo‘shinlariga qarshi hujum qilib, ularni tor-mor etadi. Bu 
Jaloliddinning dushman ustidan qozongan dastlabki yirik 
g‘alabasi edi.
Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu 
no‘yonni 45 minglik qo‘shin bilan jo‘natadi. G‘azna yaqinidagi 
Parvon dashtidagi jangda Jaloliddin g‘alaba qozondi. Biroq 
g‘alabadan keyin qo‘lga kiritilgan o‘ljalarni taqsimlashda 
Jaloliddinning lashkarboshilari o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik 
boshlanadi. Oqibatda lashkarboshilardan Jaloliddin_Manguberdi__72_A’zam_Malik'>Sayfuddin Ag‘roq, 
Jaloliddin 
Manguberdi


72
A’zam Malik va 
Muzaffar Maliklar qo‘shindan ajralib keta-
dilar. Jaloliddinning ularni qaytarish yo‘lidagi urinishlari naf 
bermadi. Bu voqeadan so‘ng Jaloliddinning harbiy kuchi zaif-
lashib qoladi. Fursatdan foydalangan Chingizxon G‘aznaga 
as 
kar tortadi va ajralib chiqqanlarni alohida-alohida tor-mor 
etadi. Jaloliddin tengsiz janglar olib borib, Sind (Hind) daryosi 
qirg‘oq lariga yaqinlashib boradi. Daryo bo‘yida 1221-yilning 
25-noyabrida ikki o‘rtada qattiq jang bo‘ladi. Jaloliddin 
Chingizxon qo‘shinining ilg‘orini yengadi. Mo‘g‘ullarning 
pis tir malarga qo‘yilgan 10 ming nafar saralangan askari jangni 
yakunlaydi. Jaloliddin taslim bo‘lishni xohlamay otda Sind 
daryosiga sakrab, narigi qirg‘oqqa suzib o‘tadi. U bilan birga 
uning to‘rt ming kishilik askari ham daryodan o‘tib oladi. 
Hozirgi paytda ham bu daryoning bir tomoni “Ot sakrash”
narigi tomoni “Cho‘li Jaloliy” deb ataladi. Jaloliddinning 
jasoratiga qoyil qolgan Chingizxon
uni ta’qib qilish fikridan 
qaytadi. Hatto, u o‘g‘illariga qarab: “Ota o‘g‘il mana shunday 
bo‘lishi lozim”, – degan ekan. Chingizxon bungacha hech bir 
shoh, hukmdor yoki sarkardaga tan bermagan va hech kimni 
o‘ziga munosib raqib ko‘rmagan edi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin