O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


Mo‘g‘ullar istilosining oqibatlari



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

Mo‘g‘ullar istilosining oqibatlari.
Mo‘g‘ullar istilosi oqi-
ba 
tida Movarounnahr va Xorazmning yashnab turgan obod 
deh qonchilik viloyatlari halokatga uchradi. Gavjum va ko‘rkam 
shahar lar, ayniqsa, Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, 
Banokat, Xo‘jand va boshqalar xarobazorga aylantirildi. Marv 
vohasining sug‘orish tarmoqlarining bosh to‘g‘oni – mashhur 
Sultonband buzib tashlandi.
Samarqandliklar o‘z ona shaharlarini tark etib chiqib ket-
dilar. Marv aholisi esa suvsizlikdan qurib borayotgan qish loq- 
larni tashlab, o‘zga yerlarga borib joylashdi. Urganch suvga 
bostirilib, batamom vayron etildi. Xorazm va Movarounnahrning 
ziroatchi aholisi soni keskin kamayib ketishi oqibatida ekin 
maydonlari jiddiy qisqarib, dehqonchilik inqirozga uchraydi.
Mohir hunarmandlar g‘oliblarning yurtini obod etish uchun 
majburan Mo‘g‘ulistonga yuborildi. Butun Sharqda shuhrat 


73
topgan qurol-aslaha yasash, nafis ipak matolar to‘qish, naqshli 
shishasozlik hunarmandchiligi barham topdi.
Asrlar davomida Xitoy va Hindistondan Turkiston orqali 
Kichik Osiyo va Yevropa tomon kesib o‘tgan mashhur Ipak 
yo‘li mo‘g‘ullar bosqini davrida butunlay harakatsiz qoldi. Bu 
davrda ilm va ma’rifatga juda katta ziyon yetkazildi.
1. Jaloliddinni qanday kuch jasoratga undagan edi? 
2. Nega Muhammad Xorazmshoh xalqni dushmanga qarshi 
uyushtira olmadi?
3. Qayerdagi jang Jaloliddinning dushman ustidan qozongan 
dastlabki yirik g‘alabasi edi?
4. Parvon jangidan so‘ng nega Jaloliddinning harbiy kuchi zaif-
lashib qoladi?
5. Sind daryosi bo‘yidagi jang haqida so‘zlab bering.
6. Mo‘g‘ullar istilosi qanday oqibatga olib keldi?
Quyidagi jadvalni mavzuga oid ma’lumotlar bilan to‘ldiring.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin