69
Urganchliklar dushmanning harbiy kuch va zirhli qurollarining
ustunligiga qaramay o‘z ona shahrini
yetti oy mudofaa qiladilar.
Bu janglarda zamonining buyuk
allomasi shayx Najmiddin
Kubro nomi bilan shuhrat topgan 76 yoshli
Ahmad ibn
Umar Xivaqiy o‘z do‘st-u shogirdlari va izdoshlari bilan
ishtirok etadi. U o‘z muridlarini yovga
qarshi kurashga ilhom-
lantirib turdi.
Najmiddin Kubroning iltijo bilan
“Yo Vatan,
yo sharofatli o‘lim” deb aytgan xitobi rahnamoligida har bir
mahalla, ko‘cha-ko‘y, guzar-u rasta,
masjid-u madrasa va har
bir xonadon janggohga aylanadi. Ko‘cha janglarida minglab
mo‘g‘ul askarlari halok bo‘ldi. Mo‘g‘ullar to shu paytgacha
Movarounnahrning hech bir shah
rida bunchalik qurbon
bermagan edilar.
Chingizxon Najmiddin Kubroga ahli a’yonlari, barcha
yor-u do‘stlari bilan shahar
tashqarisiga chiqib, jon saqlashni
taklif etgan. Ammo shayx
Chingizxon
taklifini
rad qilib,
“Shu tuproqda tug‘ilibmiz, shu tuproqda o‘lamiz!” degan
ekan. Oqibat son jihatidan teng bo‘lmagan dushman bilan
olib borilgan shiddatli jangda og‘ir yaralangan
Najmiddin
Kubro o‘lim oldida tig‘ tutgan mo‘g‘ul sarboziga tashlanib,
qahramonlarcha halok bo‘ladi. Jangchi mo‘gullar
jonsiz shayx
qo‘lidan bayroqni tortib ololmaydilar.
Mo‘g‘ullar hiyla ishlatib ham ko‘rdilar. Bir cho‘ponga
100-150 qo‘y, echki berib, shahar darvozasi yonidan haydab
o‘tishni buyuradilar. O‘zlari pistirmada turadilar.
Och qolgan
aholi darvozadan chiqib suruv ketidan quvib ketadilar.
Shahardan ancha uzoqlashib qolganlarida mo‘g‘ullar ularga
hujum qiladilar. Ko‘plab odamlar qatl etildi. Mo‘g‘ullar qolgan
aholini quvib kelib shaharga kirib jang qiladilar. Biroq shahar
himoyachilari mo‘g‘ullarni shahardan
haydab chiqarishga
muvaffaq bo‘ladilar. Keyinchalik ilojsizlikdan holi tang bo‘lib,
taslim bo‘lgan
Urganch bosqinchilar tomonidan talon-toroj
qilinadi. Yuz ming nafar san’at, hunar arboblarini, yosh bolalar
va ayollarni ajratib olib, Mo‘g‘ulistonga jo‘natadilar.
Qolgan
xalqni shahardan haydab chiqib, askarlarga 24 nafardan bo‘lib
berdilar. Mo‘g‘ul jangchilari yuz ming nafardan ziyod edi.
70
Shaharning bosh ihota to‘g‘oni buzib yuboriladi. Urganchni
suv bosib vayron bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: